1.1 Sanoat korxonalarining ijobiy ko‘rsatkichlarini ortishi.
Bir narsani ehtirof etib o‘tishimiz ham farz, ham qarz: hozirda madaniy
turmush arzimiz, hayotimiz bundan 15-20 yillaroldingisidan juda katta farq qiladi.
Zamonaviy texnika vositalari kundalik turmushimizda mustahkam o‘rin egallagan.
Bularga televidenie, radio, video, kompyuter o‘yinlari va shu kabilar kiradi. YOki
boshqacha qilib izohlaganda, «suvni loyqadan tozalashga ko‘proq kuch sarflab, toza
suv bilan ishlashga» kamroq ahamiyat berilish hollari ham mavjud.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonlariga tadbiq etilishi
va ulardan o‘rinli hamda samarali foydalanish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past
bo‘lgan talabalarni yuqoriroq pog‘onalarga olib chiqish, iqtidorli talabalar bilan esa,
yanada samaraliroq shug‘ullanish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi bo‘yicha belgilangan
vazifalardan kelib chiqib, hamda ta’lim tizimini axborotlashtirish borasida oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim
jarayonlariga tadbiq etish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. SHulardan
ayrimlarini keltirib o‘tish joizdir:
- Oliy o‘quv yurtlarining (OO‘YU) barchasida internetga chiqish imkoniyati
yaratildi;
- Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar o‘rniga ilmiy ishlar va axborot
texnologiyalari
buyicha
prorektorlar,
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARI bo‘yicha tayanch OO‘YUlarida esa alohida axborot
texnologiyalari bo‘yicha prorektorlar, hamda dekan muovinlari lavozimi tashkil
etildi;
- Ta’lim muassasalarining Internet orqali kerakli ma’lumotlarni olishlarida bir
qator qulayliklar yaratib beruvchi E-Collektor tizimi yaratildi (Toshkent davlat
texnika universiteti) va unga barcha OO‘YU uchun imtiyozli foydalanish
imkoniyatlari yaratib berildi;
- Respublika «Ustoz» jamg‘armasi bilan birgalikda «YOzgi Axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari
ab»
ruknida,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va mazkur texnologiyalar asosida masofaviy o‘qitishni tashkil etish
yo‘nalishida doimiy ishlovchi, mintaqaviy seminar-trening kurslari tashkil etildi.
- Vazirlik tomonidan vazirlik tasarrufidagi barcha (33 ta) malaka oshirish
institutlari, markazlari va fakultetlari uchun eng yangi kompyuterlar ( IV) bilan
jihozlangan kompyuter sinflari tashkil etib berildi. Bundan tashqari kutubxonalar
alohida zamonaviy kompyuterlar bilan qo‘shimcha ta’minlandi.
- OO‘YUlarining Veb-saytlarini yaratish va ulardan ta’lim resurslarini
rivojlantirishda samarali foydalanish bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar va tavsiyalar
ishlab chiqildi va hozirga kelib aksariyat OO‘YUlari o‘z Veb-saytlarini
faollashtirishga erishdilar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimida ajralmas bir bo‘lak
bo‘lib, ta’lim sifatini keskin oshishida, nafaqat ta’lim tizimini, balki jamiyatimizni
ham axborotlashtiriluvida, respublika iqtisodiyotini rivojlanishida va jahon axborot
makonida vatanimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib
hisoblanar ekan, yangi o‘quv yili arafasida, ushbu sohaning rivojlanishi bilan
qadamba-qadam tashlab borish, ulardan samarali foydalanish har birimiz uchun ham
qarz, ham farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |