Kodlar yozish maydoni:
Maydonda SQL kodlar hamda jadval maydonlarining mantiqiy tengligiga binoan
so’rovlar hosil qilinadi.
So’rovlarga xatcho’p tuzish maydoni:
Bu yerda yaratilgan so’rovni ma’lum bir nom ostidagi xatcho’p orqali saqlab qo’yish
nazarda tutiladi. Odatda biz bu xatcho’plardan doimo foydalana olmaymiz chunki
ushbu xatcho’p bir marta kod orqali natija beradi, keyinchalik yana o’sha kod
asosida yangi qiymatlar orqali xatcho’pdan foydalanishimiz mumkin.
Xatcho’p qo’yilgan SQL so’rovlari maydoni:
Ushbu maydonda saqlangan so’rovni bajarishni ko`ramiz.
Bajarish:
tanlangan SQL so’rovni bajarish va undan natija olish uchun ishlatiladi.
Faqat ko’rish:
Tanlangan SQL so’rovni kodini ko’rish va uni o’zgartirib natija olish
uchun foydalaniladi.
O’chirish:
Tanlangan SQL so’rovni o’chirib tashlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |