79
Insoniyat tomonidan katta miqdordagi bilimning to'planishi, turli xil axborotlarni saqlash
masalasini xal qilishni talab etadi. Bunda axborotlarni saqlash yagona maqsad hisoblanmaydi, balki
u kerakli ma'lumotlardan kerakli vaqtda foydalana olish, turli hujjatlarni qayta ishlashga
mo'ljallangan.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi,
ma'lumotlarning tez o'zgarishi kabi holatlar, insoniyatni bu ma'lumotlarni o'z va vaqtida qayta
ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun
berilganlar bazasi (BB) ni yaratish, so'ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb
muammo bo'lib qolmoqda.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida BBda kerakli axborotlarni saqlash va undan o
qilona foydalanish muhim rol o'ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga
nazar solmaylik o'zimizga kerakli ma'lumotlarni olish uchun, albatta, BBga murojaat qilishga
majbur bo'lamiz. Demak, BBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal
qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozosidir.
Ma'lumki, BB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma'lumotlardan turli ko'rinishda
foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma'lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat
qaralayotgan masala uchungina o'rinli bo'lardi. har bir yangi masalani hal qilishda ma'lumotlar
qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Hozirgi kunda berilganlar bazasining daraxtsimon, tarmoqli va jadvalli turlari mavjud.
Daraxtsimon turdagi berilganlar bazasi 1 chi va 2 chi avlod EHMlari yordamida tashkil qilingan.
Bunday berilganlar bazasidan tegishli axborotni olish uchun, avvalom-bor, yuqori xususiyatga
murojaat qilinadi. Va shu tariqa, yuqoridan pastga harakat qilish orqali tegishli ma'lumotlarni olish
mumkin. Bu usulning kamchiligi ma'lumotlarni saqlash uchun katta hajm talab qiladi. Tegishli
ma'lumotlarni olish vaqtini uzaytiradi. Yuqoridagi kamchiliklarni tugatish maqsadida tarmoqli
turdagi berilganlar bazasi hosil qilingan. Bunday berilganlar bazasi 3 chi avlod EHMlarida ish
yuritadi. Bugun tegishli ma'lumotlar olish uchun istalgan yo'nalish bo'ylab borish mumkin.
Tarmoqli turdagi berilganlar bazasi zamonaviy hisoblash texnikalarida ish yurita olmaydi. Shuning
uchun ham jadval turdagi Berilganlar bazasitashkil kilingan.
Agar BB da ishtirok etadigan jadvallar o'zaro bog‘langan bo'lsa, bunday BB ni relyatsion
turdagi BB deb atash qabul qilingan. Bunda jadvallarni o'zaro bog‘lash uchun umumiy xususiyatga
ega bo'lgan unikal maydon tushunchasi kiritilgan. Ushbu tushuncha ba'zan BBning kalitli maydoni
deb ham ataladi. Jadvalning bunday bog‘lanishi bog‘lanish sxemasi deyiladi. BB doimo o'zgarib
turadi: unga yangi yozuvlar, borlariga esa yangi elementlar qo'shiladi.
Jadval turdagi berilganlar bazasida ustun nomlari ma'lumotning identifikatoridan tashkil
topadi. Jadvalning qatorlari esa, birlamchi ma'lumotlardan iborat bo'lib, yozuvlar deyiladi. har bir
yozuv o'zining tartib nomerlariga ega. Gaplarning har biri bitta yozuvni tashkil etadi. har bir yozuv
maydon deb ataladigan bo'laklardan tashkil topadi. Maydon ma'lumotlarning imkoni boricha qisqa
to'plamidan iborat bo'lishi lozim. har bir maydon o'zi ifodalaydigan ma'lumotlarga ko'ra, biror
nomga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: