44
Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o‗rtasida muloqot qilish mumkin
bo‗lgan hisoblash mashinalari yaratish zaruratini tug‗dirdi. Bu imkoniyat yangi paydo
bo‗layotgan to‗rtinchi avlod mashinalarida amalga oshirildi.
EHMlarning to‘rtinchi avlodi
(1975 yildan boshlab). Ularda element bazasi sifatida katta
integral sxemalar, ya‘ni 1sm. kub hajmda 100 mingtagacha elementni birlashtirgan
mikrosxema qo‗llaniladi.
Hozirgi kunda beshinchi avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qilinyapti.
Ayniqsa, bu sohada XX asrning 80-yillarida Yaponiya olimlari taklif etgan beshinchi avlodning
loyihasi diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko‗zda tutgan.
Yaponiya olimlarinig ta‘biricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila
oladigan, og‗zaki gaplarni "eshitadigan" va "tushinadigan", matnlarni o‗qiyotgan tezlikda
tarjima qila oladigan hamda "ko‗ra" oladigan, "tushunadigan" bo‗lishi kerak.
Bunday kompyuterlar katta va o‗ta katta integral sxemalar asosida qurilishi nazarda
tutilgan. Oxirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda oqsil molekulalari
bilan tajriba o‗tkazilmoqda. Ular kompyuterlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy
element ikkilik sano q sistemasida xotirlovchi katakchalar vazifalarini o‗tayapti. Albatta,
ushbu yo‗nalish bo‗yicha EHM qurish haqida gap yuritishga erta albatta, lekin tajribalar
yaxshi natijalarga olib kelsa, kompyuterlarning yangi davrini boshlaydigan biokompyuterlarga
ega bo‗lishimiz ham mumkin. Hisoblash texnikasi vositalarining tuzilishi va ularni ishlab
chiqarishning takomillashuvi bilan elektron hisoblash mashinalarining yangilari paydo bo‗laveradi.
Hozirda EHMlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: mikro, shaxsiy, mini, o‗rtacha tezlikda
ishlaydigan, katta tezlikda ishlaydigan super EHMlar. Hozirgi kunda EHMlardan fizika,
matematika, astronomiya, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalarida turli xil
murakkab amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, jumladan, atom
energetikasi, gidrotexnika inshootlarini qurish, kemasozlik, kosmik fazoni zabt etish va boshqa
shu kabi ko‗plab sohalarning beqiyos darajada tez rivojlanib ketishi, shak-shubhasiz hisoblash
texnikasining keng ko‗lamda samarali qo‗llanilayotganligi natijasidir. Hozirgi kunda EHMlar
qo‗llanilmayotgan biror sohani topish qiyin, yaqin kelajakda uning yana ham kengroq
rivojlanishi va inson faoliyatiga chuqurroq kirib borishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: