Microsoft Word nemis va ozbek tillarida soz birikmalari doc


 BOB. TENG BOG‘LANISH YO‘LI BILAN TUZILGAN SO‘Z



Download 439,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana21.01.2022
Hajmi439,37 Kb.
#394385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
nemis va ozbek tillarida soz birikmalari

1. BOB. TENG BOG‘LANISH YO‘LI BILAN TUZILGAN SO‘Z  

 

 

 

 

 

BIRIKMALARI 

 

1.1. Nemis va o’zbek tillari uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar 

 

 

Teng  bog‘lanish  yo‘li  bilan  tuzilgan  so‘z  birikmalari  ikki  yoki  undan  ortiq 

so‘zlardan  tashkil  topib,  funksiya  jihatidan  biri  ikkinchisidan  farq  qilmaydi,  ya’ni 

barchasi ham “teng huquqli” gap bo‘lagi bo‘lib keladi. Shuning uchun ham bunday 

bog‘lanishni  teng  bog‘lanish  deb  yuritiladi.  Bunday  so‘zlar  bir-biri  bilan 

bog‘lovchilar yordamida yoki ularsiz aloqaga kirishishi mumkin. 

 

Ma’lumki,  har  ikkala tilda  ham teng bog‘lanish  yo‘li bilan tuzilgan birikma 



tarkibidagi  so‘zlarning  hammasi  bir  xil  so‘roqqa  javob  bo‘ladi,  boshqa  gap 

bo‘lagiga bir xil munosabatda bo‘lib, u bilan ergash birikma hosil qiladi. Masalan:  

 

Zavod qurilib bo‘ldi va ishga tushirildi. 



 

 

Bluse und Rock hängen am Kleiderschrank. 



 

Bu  misollardagi  ko‘rilib  bo‘ldi,  ishga  tushirildi  komponentlari  bir  xil 

so‘roqqa  javob  bo‘ladi,  o‘zaro  teng  bog‘langan,  ikkalasi  bir  tarzda  zavod  so‘ziga 

(egasi) kesim bo‘lib kelgan. Nemis tilidagi misolda ham Bluse bilan Rock so‘zlari 

bir  xil  so‘roqqa  javob  bo‘lib,  o‘zaro  teng  bog‘langan,  ikkalasi  ham  hingen  so‘zi 

(kesim)ga bir xilda erishishgan. 

 

Komponentlari  o‘zaro  teng  bog‘langan  so‘z  birikmasining  qiyoslanuvchi 



ikki tilda yana quyidagi umumiy xususiyatlari bor: 

 

a) Bunday birikmaning  komponentlari sanash  intonatsiyasi bilan aytilib, bir 



turdagi predmet, harakat yoki holatlarni ifodalaydi. Masalan:   Mutter und Kind, 

 

Industrie und Landwirtschaft, 



 

kommen und gehen, 

 

heute und morgen. 



 

O‘qidi va yozdi, 

 

Kecha va kunduz. 



 

b) Bir komponent ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Masalan: 




 

18

 



Klein, aber mein, 

 

 



Nicht in Berlin, sondern in Leipzig, 

 

gedrängt, jedoch vollständig. 



 

Keldi, lekin ko‘rmadi, 

 

Karim emas, balki Zokir, 



 

Yoritadi, ammo isitmaydi. 

 

c) Ikki faktning biri ajratiladi. Masalan: 



 

Du oder ich, 

 

Heute oder morgen, 



 

Bücher oder Zeitschriften, 

 

Entweder alles oder nichts. 



 

Yoz yoki qishda, 

 

Baland yoki past, 



 

Sen yoki men. 

 

d) predmet yoki hodisalarning o‘rni almashib turishi ko‘rsatiladi. Masalan:  



 

ein teils ruhkender, teils belustigender Film, 

 

Bald regnete es, bald schneite es. 



 

Goh qor, goh yomg‘ir.  

 

Teng  komponentli  so‘z  birikmalarining  har  ikki  til  uchun  umumiy  bo‘lgan 



xususiyati  birikma  komponentlarining  biriktiruvchi,  ayiruvchi,  zidlovchi 

bog‘lovchilar kabi teng bog‘lovchilar bilan bog‘lanishidir. 

 

O‘zbek  tilida  uyushiq  qator  a’zolarini  shakllantiradigan  ko‘makchini 



umumlashtirish mumkin. Masalan: 

 

(o‘qituvchilarimiz bilan) va (talabalarimiz bilan) – 



 

(o‘qituvchilarimiz) va (talabalarimiz) bilan kabi. 

 

Nemis  tilida  ham  birikma  komponentlarini  shakllantiradigan  predlogni 



umumlashtirish mavjud: 

 

Für (unsere Lehrer und Studenten) kabi.  




 

19

 



Fe’llarning  analitik  shakllarida  yordamchini  umumlashtirish  har  ikki  tilda 

ham mavjud. Masalan: 

 

wird (lesen und übersetzen), 



 

möchte (arbeiten und studieren). 

 

(ham o‘qib, ham ishlab) turibman, 



 

(o‘qir, yozar) edik,  

 

(ham o‘qiyotgan, ham ishlayotgan) emish. 



 

Bu hodisa o‘zbek tilida juda ko‘p uchraydi. 

 

Demak,  nemis  tilida  umumlashtirishga  analitik,  grammatik  shakllarda  yo‘l 



qo‘yilsa,  o‘zbek  tilida  bundan  tashqari  sintaktik,  grammatik  shakllarda  ham  voqe 

bo‘ladi. 




Download 439,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish