Infiraqizil nurli sichqonchalar.
Kabelsiz sichqonchalardan bo`lib, undan tarqalgan
nur kompyuterga maxsus o`rnatilgan qabul qiluvchi qurilmaga tushgandagina o`z vazifasini bajara
oladi. Batareyka bilan ishlaydi.
Radiosignalli sichqoncha.
Kabelsiz ishlovchi sichqoncha bo`lib, o`z vazifasini
radiosignallar yordamida bajaradi. Infiraqizil nurli sichqoncha kabi ma’lum yo`nalishga qaratib
ishlatish shart emas. Batareyka bilan ishlaydi.
Tashqi qurilmalar deb, sistema blokidan tashqarida joylashgan va ma’lumotni qayta
ishlashning ma’lum bir etapida ishlatiluvchi qurilmalarga aytiladi. Tashqi qurilmalarga printer,
skaner, plotter, modem va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |