Infraqizil klaviatura.
Bunday klaviaturalar kabelsiz bo`lib, ma’lumotlarni infraqizil
nurli signallar yordamida uzatishga mo`ljallangan. Buning uchun monitorga shu signallarni qabul
qiluvchi maxsus qurilma – priyomnik o`rnatiladi. Ma’lumotlarni 7 metr masofagacha uzoqlikdan
turib kiritish mumkin.
Egiluvchan rezinali klaviatura.
Bunday klaviaturalarning korpusi turli rangdagi
rezinalardan ishlangan bo`lib, juda chiroyli ko`rinishga ega. Shovqinsiz va ishonchli tarzda ishlaydi.
Turli texnik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli. Korpuslari juda ham yupqa bo`lgani uchun ularni
tsilndr shaklida o`rash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |