Alisher Navoiy (1441-1501) -
buyuk shoir va mutafakkir, davlat
arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin
Mir Alisher. Navoiy tahallusi
ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili)
hamda forsiyda (fors tilidagi
asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda
chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish
o‘zbek adabiyotining eng yirik
namoyondasi. Umuman olganda,
butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi.
Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar,
birinchi devoni – «Badoye ul–bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni 1472–
1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485–
1486–yillarda ikkinchi devon – «Navodir un–nihoya»(«Nihoyasiz
nodirliklar») maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481–1482–yillarda
«Vaqfiya» asarini yozadi.
1483–yilda oʻz «Xamsa»sini yoza
boshlab, 1485–yilning boshida yugatadi. Shoir
ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming
misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy
tilda birinchi marotaba «Xamsa»
yaratiladi. 1480–1490–yillar Navoiy uchun
badiiy ijodda samarali davr boʻldi. Shoir
«Xamsa» dan keyin koʻp oʻtmay, ketma–ket
nasriy kitoblar yaratdi. U 1488–yilda yozgan
«Tarixi mulki ajam» («Ajam shohlar tarixi»)
shularning biri edi. Bu asar «Muhokamat ul–
lugʻatayn»da «Zubdat ut–tavoxir»(«Tarixlar qaymogʻi») deb ham
ataladi.
SINTAKSIS
So‘zlarni tilning ma’lum qoidalari asosida bir-biriga bog‘lab
so‘z
birikmasi
va
gap
hosil qilish sintaktik hodisasidir, ana shunday
hodisalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi esa
sintaksis
deb yuritiladi.
Sintaksis yunoncha
syntaxis
so‘zidan olingan bo‘lib,
yopishtirish,
bog‘lash
degan ma’nolarni anglatadi.
So‘zlarning gapdagi bog‘lanishi sintaktik aloqa deyiladi va sintaktik
aloqa
sintaksis
bo‘limda o‘rganiladi.
Gaplarda
so’zlarning o’zaro bog’lanishi ikki xil bo’ladi:
1) teng bog’lanish;
2) tobe bog’lanish.
1.
Bir mustaqil so‘z boshqasiga ergashmay, izohlamay
bog‘lansa,
teng bog‘lanish
deyiladi.
M:
opam va kitob; daftar,
qalam
So‘zlarning teng bog‘lanishi
so‘z qo‘shilmalarini
hosil qiladi.
Teng bog‘lanishda tobe va hokim so‘z bo‘lmaydi, ikkala so‘z ham
teng huquqli bo‘ladi
M:
yoshlar va kelajak, otam bilan onam, oy hamda quyosh.
Quyidagi vositalar bilan bo’g’langan mustaqil so’zlar teng
bog’lanishni yuzaga chiqaradi:
1) birikiruvchi bog’lovchilar
:
va, hamda
,
bilan-u, -yu, -da;
2) zidlov bog’lovchilar:
ammo, lekin, biroq, balki
;
3) ayiruv bog’lovchilari:
yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam
;
4) inkor bog’lovchisi:
na…na…,
5) sanash ohangi:
M:
1. Abdusattor, Qahramon, 2) yer-u osmon; 3) oy-u
quyosh; 4) Sarvinoz yoki Diyora; 5) ba’zan qor, ba’zan yomg‘ir;
6) na kitob, na daftar; 7) ko‘z hamda quloq, 8) Botir va men.