va
sintetik
kartalarga bo’linadi. Analitik kartalar hodisalarning (jarayonlarni)
ayrim tomonlarini yoki xususiyatlarini, bu hodisalarning boshqa
tomonlari yoki xususiyatlari bilan aloqalari o’zaro bog’liqligini
hisobga olmagan holda butundan ajratib ko’rsatadi. Havo harorati,
shamollar,
yog’in-sochinlar
yoki
balandlik
mintaqalari,
yonbag’irlarning qiyaligi, parchalanib ketganligi va boshqalar. Ular
iqlim, relefning ayrim xususiyatlarini alohida qayd etadi. Sintetik
kartalar kartaga olinayotgan hodisalar haqida to’liq tasavvur beradi,
ularda ushbu hodisalarning o’ziga xos komponentlari, xususiyatlari,
ichki va tashqi aloqalari hisobga olinadi hamda ularni integral
tavsiflari beriladi, lekin bularning har birini kartada alohida aniq va
analitik tarzda ko’rsatmaydi. Masalan, landshaft kartalari, iqlim
rayonlashtirish kartalarida qator ko’rsatkichlarning majmui asosida
(harorat, yog’in-sochinlar, ularning bir yillik o’zgarishi va boshqalar)
iqlimiy jihatlar ajratiladi.
Hodisalarning bir qancha xususiyatlarini birgalikda yoki bir
qancha o’zaro bog’langan hodisalarni, lekin ularning har birini
alohida o’zining ko’rsatkichida ko’rsatadigan kompleks kartalar
alohida toifani tashkil etadi. Masalan, sinoptik kartalar, topografik
kartalar va boshqalar. Kartalar ularni o’rganish, hisobga olish, saqlash
va boshqa maqsadlar uchun tasniflanadi. Kartalarni ilmiy asosda
tasniflash ularning alohida turlariga xos bo’lgan xususiyatlar va
qonuniyatlarni o’rganishni osonlashtiradi. Shuningdek, u kartografik
ishlab chiqarishni tashkil etishda o’z aksini topadi va korxona ishini
samarali yo’lga qo’yishga yordam beradi. Kartalarning kataloglarini
tuzish, ularni kartalar saqlanadigan xonalarda tizimli ravishda
joylashtirish va saqlash uchun zarur. Kartalar saqlanadigan joylar,
masalan, kutubxonalar uchun tasniflash muhim hisoblanadi. Karta
yoki atlasning dasturi loyihalashning negizi hisoblanadi va u quydagilarni
o’z ichiga oladi: karta tuziladigan hudud nomi, kimlar uchun
mo’ljallanganligi, daraja to’ri, tipi karta va atlaslarningi mavzulari,
matematik asosi, kartalarning mazmuni, genaralizatsiya tamoyillari,
tasvirlash usullari va shakllari, statistik va kartografik manbalari, ulardan
foydalanish tartibi hamda karta yoki atlas tayyorlash texnalogiyalari.
Ushbu ko’rsatilgan ishlar bajarilib, mutaxasislar va buyurtmachilar
tomonidan muhofaza qilinib, tasdiqdan o’tgandan so’ngina u asosiy hujjat
bo’lib hisoblanadi va undan amaliyotda foydalanish yo’lga qo’yiladi.
2. Umumta’lim maktablari atlaslari tahlili.
Respublikamizda umumta’lim maktablarida geografiya fanini
o’qitishda nazariy bilimlar berish bilan birgalikda, amaliy mashg’ulotlarni
olib borish ham tasdiqlangan dastur asosida olib borishi lozimligi
belgilangan. Dastur asosida har bir sinfda boblar bo’yicha amaliy
mashg’ulotlar olib boriladi. Bunda sinflarga belgilangan geografiya
fanlarida alohida devoriy va yozuvsiz kartalardan, geografik atlaslardan
keng foydalaniladi. Ta’lim beruvchi o’qituvchi tomonidan fanning
nazariy
jihatlarini amaliyot bilan bog’lab olib borish o’quvchilarning
geografiya faniga qiziqishini oshirishi bilan birgalikda, atlaslardan
foydalanish darajasi va ko’nikmasini shakllantiradi.
Quyida umumta’lim maktablarida foydalaniladigan geografik
atlaslarning tahlili berilgan.
4-sinflar uchun - “Tabiatshunoslik” faniga mo’ljallangan atlaslar
bo’lib, geografiya to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar tasvirlangan. Unda
shartli belgi, plan, karta, atlas to’g’risida tushunchalar berilgan.
5-sinf atlasi “Tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursi”ga
bag’ishlangan bo’lib, unda geografiyaning asosi bo’lgan umumgeografik
manbalar, kartada mahsus belgi modellar yordamida tasvirlangan. Unda
insonlarning yer shakli va uning yuza qismi haqidagi tasavvurlarnig
o’zgarishi, buyuk geografik kashfiyotlar, yarimsharlar kartalari, buyuk
geografik kashfiyotlar kartalari, yerning shar shaklini isbotlovchi
tasvirlar, gorizontning kengayishi, oy tutilishi, quyosh sistemasi, joy plani
va qisqa plan olishni bajarish, shartli belgilar, kartada masshtabning
o’zgarishi, yerning kosmik suratlardagi tasviri, joyda kompas,
yulduzlarga qarab, quyosh va soatlarga qarab mo’ljal olish, joy planini
tuzish, yer yuzasining geografik kartada tasvirlanishi, yerning
o’lchamlariga oid tasvirlar, geografik globus va kartalardagi xatoliklar,
meridian va parallellar, ularning globus va kartalarda tasvirlanishi, globus
va kartaning farqlari, joyning kartadagi ko’rinishi haqida ma’lumotlar
berilgan. Shuningdek, litosferaning umumiy tuzilishi, uning tarkibida yer
qobig’ining harakati va tuzilishi, gidrosfera qismida dunyo suv zahiralari
to’g’risida, suvning tabiatda aylanishi, daryo vodiysi, okean tubi va relefi,
atmosfera qismida atmosferaning tuzilishi, havo tarkibi, bulutlarning
hosil bo’lishi va turlarig’aqidagi ma’lumotlar berilgan. Yerning quyosh
atrofidagi harakati va quyosh nuri bilan yoritilishi, O’zbekistonning tabiiy
kartasi, okeanlar tabiiy kartasi, dunyoning siyosiy-ma’muriy kartasi,
dunyo irqlari, tabiat zonalari, o’simliklar, hayvonot dunyosi kartalari
hamda geografiya faniga oid eng muhim ma’lumotlar geografik tasvirlar
orqali keltirilgan.
6-sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” faniga
mo’ljallangan. Atlasida Yer sharini bir butun shaklda va ularni materiklar
va okeanlarga bo’lib o’rganish mumkinligini va ularning relefi,
geologiyasi, tuproq, o’simliklari, iqlimi, hayvonot dunyosi va aholisi
to’g’risida ko’rgazmali shaklda ma’lumot beradi. Atlasda kartalar
quyidagi tartibda keltirilgan: yer po’stining tuzilishi va litosfera plitalari,
dunyoning tabiiy, iqlim, iqlim mintaqalari va o’lkalari, tabiat zonalari,
siyosiy, xalqlar va aholi zichligi kabi kartalar berilgan. Materiklarning
tabiiy, iqlim, tabiat zonalari va kompleks kartalari hamda okeanlarning
tabiiy kartalari keltirilgan.
7-sinfda “O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy geografiyasi”ni
o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, unda O’rta Osiyo va O’zbekistonning
siyosiy, tabiiy, geologik, tektonik, iqlim, ichki suvlari, tuproq, o’simlik,
zoologik va tabiiy geografik rayonlashtirish kartalari berilgan.
Shuningdek bu atlasda O’zbekistonning tabiatni muhofaza qilish,
qo’riqlanadigan hududlar, landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish
kartalari alohida tasvirlangan.
8-sinf uchun mo’ljallangan “O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy
atlasi”da O’zbekistonning tabiiy, siyosiy ma’muriy, aholi va mehnat
resurslari, yoqilg’i, elektroenergetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo,
mikrobiologiya, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish
materiallarini ishlab chiqarish, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq
xo’jaligi, donli ekinlar, paxtachilik, uzumchilik, meva rezavor ekinlar,
sabzovot poliz va oziq-ovqat ekinlari, kartoshka yem-hashak ekinlari,
chorvachilik, irrigatsiya va melioratsiya, tashqi iqtisodiy aloqalar,
umumta’lim maktablar, litsey, kollej, oliy o’quv yurtlari, sog’liqni
saqlash, kutubxonalar, turistik va xalq hunarmandchiligi, transport,
iqtisodiy kartalar to’liq ravishda keng ma’lumotlar asosida berilgan.
SHuningdek, bu atlasda respublikamizdagi viloyatlarning iqtisodiy
kartalari alohida berilgan.
9-sinf uchun mo’ljallangan “Dunyoning iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasi” atlasida dunyoning tabiiy, siyosiy, yer resurslari, suv
resurslari, o’rmon resurslari, ekologik, aholi, til oilalari va xalqlar, dinlar,
irqlar, urbanizatsiya, yashash hayot darajasi, mineral xom-ashyo
resurslari, yoqilg’i, elektr-energiya, qayta ishlovchi, qora-rangli
metalurgiya, kimyo, mashinasozlik, to’qimachilik sanoati, agroiqlim
resurslari, qishloq xo’jaligi, donli ekinlar, texnik ekinlar, chorvachilik,
transport va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi,
rivojlangan davlatlar va regionlarning kartalari berilgan.
Bulardan tashqari 1963 yilda O’zbekiston tabiiy atlasi, 1980 yilda
O’zbekiston o’quv o’lkashunoslik atlasi, 1983-1985 yillarda 2 jildli atlasi,
2000 yilda Toshkent geografik atlasi yaratilgan. Mustaqillikka
erishilgandan so’ng 1999 yilda “O’zbekiston geografik atlasi” chop
etilgan. Unda 56 ta karta bo’lib lanlshaftlar, atrof muhitni muhofaza
qilish, Orol dengizi, mehnat resurslari, yoqilg’i energetika va neft-kimyo
sanoat kartalari, g’allachilik, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqa kartalar
mavjud. Shu bilan birgalikda 8 ta tabiiy-geografik va 8 ta iqtisodiy
rayonlar kartalar berilgan. Ochiq joylarida karta mazmunini boyituvchi
tabiiy manzaralar va iqtisodiyotiga tegishli suratlar bilan boyitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |