Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili
shuni anglatadiki,
psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan
bo‘lsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin.
Bu tamoyil psixologlardan P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, S.L.
Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi.
Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtai nazardan tushunish psixik
taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq
ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi
odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi.
L.S. Vigotskiy, ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degan fikrni aytib,
shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari
yaratiladi, deb ta’kidlaydi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |