O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   362
Bog'liq
fayl

Mavzu o‘quv maqsadi: 
Ta’limiy
:  talabalarga  katta  guruhlar,  olomon  psixologiyasi,  etnik  xususiyatlar 
stixiyali, barqaror guruhlar haqida ma’lumotlar berish. 
Tarbiyaviy
:  talabalarga  katta  guruhlar,  olomon  psixologiyasi,  etnik 
xususiyatlar  stixiyali,  barqaror  guruhlar  haqida  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalari 
asosida dunyoqarashini kengaytirish. 
Rivojlantiruvchi
: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida 
talaba shaxsini rivojlantirish. 
Tayanch tushunchalar: katta guruhlar, stixiyali guruh, barqaror guruh, etnos, 
olomon. 
 
Katta guruhlar klassifikatsiyasi
 


239 
 
Katta  guruhlar  psixologiyasiga  xos  xususiyatlar  va  ularni  ilmiy  tadqiq 
qilish  prinsiplari
.  Katta  guruhlar  kishilarning  shunday  birlashmalariki,  undagi 
odamlar  soni  avvalo  ko‘pchilikni  tashkil  etib,  ma’lum  sinfiy,  ilmiy,  irqiy, 
professional  belgilar  ularning  shu  guruhga  mansubligini  ta’minlaydi.  Katta 
guruhlarni  tashkil  etuvchilar  ko‘p  sonli  bo‘lganligi  va  ular  xulq-atvorini 
belgilovchi  mexanizmlarining  o‘ziga  xosligi  tufayli  bo‘lsa  kerak,  ijtimoiy 
psixologiyada  olimlar  ko‘pincha  kichik  guruhlarda  ish  olib  borishni  afzal 
ko‘radilar.  
 
Lekin  katta  kishilar  uyushmasining  psixologiyasini  bilish  juda  katta 
tarbiyaviy  va  siyosiy-mafkuraviy  ahamiyatga  ega.  Bu  sohadagi  tadqiqotlarning 
kamligi  bir  tomondan,  aytib  o‘tilganidek,  ko‘pchilikni  qamrab  olishdagi 
qiyinchiliklar  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  katta  guruhlar  psixologiyasini 
o‘rganishga  qaratilgan  metodik  ishlar  zahirasining  kamligidir,  ya’ni,  katta 
guruhlarning  psixologiyasini  o‘rganishga  mo‘ljallangan  maxsus  metodikalar  kam 
ishlab  chiqilgan.  Masalan,  ishchilar  yoki  ziyolilar  sinfi  psixologiyasi  o‘rganilishi 
kerak,  deylik.  Avvalo  o‘sha  ishchilarning  soni  ko‘p,  qolaversa,  ishchilarning  o‘zi 
turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan 
turli  millatga  mansub  kishilardir.  Ularning  barchasini  qamrab  oladigan  yagona 
ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy  muammolarni 
Каtta guruhlar кlassifikasiyasi
Stixiyali
Аudirotiya
Оmmа
Оlomon
Barqaror
Etnos
Ellat
Хаlq
Мillat
Sinfiy 
qatlam
Каsbiy 
guruhlar


240 
 
qo‘yadi.  Shuning  uchun  ham  har  bir  katta  guruhga  taalluqli  bo‘lgan  asosiy, 
yetakchi  sifatni  topish  va  shu  asosda  uning  psixologiyasini  o‘rganish  hozircha 
ijtimoiy  psixologiyadagi  asosiy  metodologik  yo‘llanma  bo‘lib  kelmoqda. 
Qolaversa,  katta  guruhlar  jamiyatning  tarixiy  taraqqiyoti  mobaynida  shakllangan 
guruhlar  bo‘lgani  uchun  ham  har  qanday  guruhni  o‘rganishdan  oldin,  xoh  bu 
sinflar  bo‘lsin,  xoh  millatlar  yoki  xalqlar  psixologiyasi  bo‘lsin,  uning  hayot  tarzi, 
unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi.  
Ijtimoiy  psixologik  ma’noda, 
hayot  tarzini  o‘rganish 
deganda,  u  yoki  bu 
guruhga  taalluqli  bo‘lgan  kishilar  o‘rtasida  amalga  oshiriladigan  muloqot  tiplari, 
o‘zaro  munosabatlarda  ustun  bo‘lgan  psixologik  omillar,  qiziqishlar,  qadriyatlar, 
ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir 
shaxsda,  ya’ni  u  yoki  bu  katta  guruhga  mansub  bo‘lgan  shaxsda  tipik  xislatlar 
shakllanadi. Masalan, 90-yillar yoshlariga xos bo‘lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar 
o‘rtasida  keng  tarqalgan  urf-odatlar,  moda,  so‘zlashish  xususiyatlari,  qadriyatlar, 
qiziqishlar  va  hokazolar  tufayli  shakllanadi.  Shuning  uchun  ham  20  yoshli 
kishining  psixologiyasini  to‘liq  ravishda  o‘rganish  uchun  undagi  bilish 
jarayonlarining  o‘ziga  xosligi,  shaxsi,  xarakteri  va  boshqa  individual  psixologik 
xususiyatlaridan  tashqari,  yana  unga o‘xshash  yoshlarda ustun  bo‘lgan psixologik 
xislatlarning  qanchalik  namoyon  bo‘lishini,  u  mansub  bo‘lgan  va  asosan  vaqtini 
o‘tkazadigan  guruhlar  psixologiyasini,  milliy  sifatlarini  ham  nazarda  tutish  va 
ularni  o‘rganish  zarur.  Bu  degani,  har  bir  shaxs  ongida  uning  yakka,  alohida 
orttirgan  shaxsiy  tajribasiga  aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi 
millat,  elat  sinfga  mansubligiga  aloqador  psixologik  xususiyatlar  ham  mavjuddir 
va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.  

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish