1-mavzu. Sitologiya faniga kirish.
Reja:
1.
Sitalogiya fanining mazmun –mohiyati.
2.
Hujayra nazariyasining yaratilishi.
3.
Sitalogiya fanining yaratilish tarixi.
Sitologiya fanining mazmuni.Sitologiya-tirik materiya tuzilishining
elementar birligi bo‘lgan hujayralarning kelib chiqishi, ishlashi va qayta tiklanishi
haqidagi fandir. U hujayralarning strukturasi, protoplazmaning nozik tuzilishi,
undagi hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishi, muhit sharoitlariga moslashuvi va
ko‘pgina boshqa jarayonlarni o‘rgatadi. Biologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi
fanlarning tobora ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu narsa tirik materiya
tuzilishining hujayra darajasi haqidagi fanning taraqqiyotida yaqqol ko‘rinadi.
Sitologiya nisbatan yosh fan, uning boshqa biologik fanlardan ajralib mustaqil fan
bo‘lganiga 100-120 yil bo‘ldi. Ilk bor hujayralarning tuzilishi haqidagi
ma’lumotlar Karnuaning 1884 yilda bosilib chiqqan “Hujayra biologiyasi” kitobida
jamlandi. Sitologik tekshirishlarning ob’ektlari ko‘p hujayrali organizmlarning
hujayralari, bakterial hujayralar, sodda hayvon- hujayralardir. Hujayra biologik
faollikning asosiy birligi bo‘lib, u muhitda o‘zini-o‘zi hosil qilish xususiyatiga
ega. Unda hayotiy xususiyatlarning barcha xossalari jamlangan, sharoit yaxshi
bo‘lganda ularni o‘zida saqlashi va avlodlarga o‘tkazishi mumkin. Hujayra
planetamiz tabiatida elementar, funksional va genetik birlik rolini o‘ynab, barcha
organizmlar hayot faoliyatining asosini tashkil qiladi. Tabiatda hujayraviy
shakllarning prokariot va eukariot xillari mavjud. Prokariot hujayralar juda ham
mayda, 300-500 nm diametrga ega. Ularning morfologik ajralib turadigan yadrosi
yo‘q. Bunday hajayralarda membranali sistemalar, hujayra markrzi bo‘lmaydi.
Genetik apparat xalqali xromosomadan iborat, u asosli oqsil-gistonlarni tutmaydi.
Ular uchun hujayraichi harakati va amyoboid harakatlanish xarakterli emas. Bunday
hujayralar mitoz yo‘li bilan bo‘linmaydilar. Bu tip hujayralarga bakteriyalar va ko‘k
–yashil suv o‘tlari kiradi. Eukariotik hujayraviy tuzilish ikki xil bo‘ladi. Ulardan
birinchisi, bitta hujayradan tashkil topadi va fiziologik jihatidan to‘liq qimmatli
individ hisoblanadi. Shu munosabat bilan ularda organlar vazifasini bajaradigan
mayda tuzilmalar bo‘ladi, malalan, sitostom, sitofarinks, qisqaruvchi vakuolalar,
generativ va vegetativ yadrolar (infuzoriyalarda). Eukariot hujayralar ichidagi
strukturalarning yuqori darajada tashkillanishi kompartmentalizatsiya yo‘li bilan
amalga oshadi. Kompartmentalizatsiya hujayra ichidagi strukturalarning kimyoviy
tuzilishi bilan farqlanadigan qismlarga ajratadi hamda hujayrada modda yoki
jarayonlarni bo‘shliqda tarqalishini ta’minlaydi. Alohida kompartment organella
(lizosoma) yoki uning qismi (mitoxondriyaning ichki membranasidan hosil bo‘lgan
bo‘shliqlar)dir. Kompartmentlarning shakllanishida biologik membrana muhim
rolni egallaydi. Eukariot hujayralarda kompartmentalizatsiya tufayli barcha
strukturalar o‘rtasida vazifalar taqsimoti amalga oshadi. Shu bilan birga turli
organellalar birbirlari bilan muayyan aloqada bo‘ladi. Bakteriya hamda sodda
hayvonlarda “hujayra” va “organizm” tushunchalari bir-biriga mos keladi; bunda
biz mustaqil hayot kechira oladigan hujayra – organizmlar to‘g‘risida gapirishga
haqlimiz. Bir hujayrali organizmlar olamida turli yashash muhitiga moslashgan
juda murakkab shuningdek, ancha sodda tuzilgan, geterotrof va autotrof, erkin va
parazit, suvda hamda quruqlikda yashovchi formalarni uchratamiz. Ikkinchi xil
tashkillanish ko‘p hujayrali organizmlar (o‘simlik va hayvon) hujayralaridir. Ular
to‘qimalarning muvofiqlashtiruvchi ta’siriga bo‘ysungan holda tashkillanadi va
vazifa bajaradi. Tirik tabiat taraqqiyotida ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi
ularning hujayralari o‘rtasida funksiyalarning taqsimlanishi hisobiga moslanish
uchun yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Funksional mutaxassislashish natijasida
juda ko‘p xil to‘qima hujayralari vujudga keldi. Masalan, sutemizuvchilar tanasida
diametri 6-8 mk keladigan va shaklini doimo o‘zgartirib turadigan kichik
limfotsitlar bilan birga uzunligi,hattoki 1 metr va undan ham ortiq o‘simtalarga ega
bo‘lgan nerv hujayralari bo‘ladi.Hujayraning tashkil bo‘lishidagi filogenetik
jarayonlar asta-sekin murakkablashishning uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Hozirgi vaqtda
juda ko‘p bakteriya va ko‘k-yashil suv o‘tlarining orasida tipik yadro va
umumhujayraviy organoidlar kompleksiga ega bo‘lmagan turlari uchraydi. Ammo,
bularda ham yadroning asosini tashkil etuvchi DNKning oqsil bilan birikmasi
bo‘ladi. Bu esa, yadrositoplazma tizimlari shakllanishining ba’zi oraliq bosqichlarini
progressiv rivojlanishiga olib keldi. Bakteriya va ko‘k-yashil suv o‘tlarida
shakllangan yadro bo‘lmasada, ularni sitologiyada o‘rganilishi zarur. Viruslarga
kelsak, ularni sitologiyaning ob’ektlari qatoriga kiritishga asos yo‘q. Chunki
viruslarning strukturalari bilan hujayralarning tuzilishi o‘rtasida umumiylik yo‘q.
Ularda hujayra hayot faoliyatining biokimyoviy asosini tashkil qiluvchi fermentlar
bo‘lmaydi, shuning uchun o‘zlarining modda almashuviga ega emas. Viruslarning
o‘sishi va ko‘payishi faqat ular kiradigan hujayralarning fermentativ sistemasi
faoliyati hisobiga amalga oshadi. Viruslar ham hujayralar kabi ikki asosiy
komponentlardan – nuklein kislota va oqsillardan tashkil topsa ham ularni materiya
uyushmasining hujayraviy shakli deb bo‘lmaydi.
Hujayrani, organizmda sodir bo‘ladigan asosiy biokimyoviy reaksiyalarning
markazi, irsiyatni tashuvchi materialning asosi sifatidagi ahamiyati sitologiyani
muhim umumbiologik sohaga aylantirdi. Hujayra, barcha tirik sistemalar kabi
biologik evolyutsiya natijasida kelib chiqqan, taraqqiy etayotgan, o‘zining bir
butunligini ushlab turuvchi va qayta tiklovchi, tashqi muhitdan kelgan energiya va
moddalar hisobiga ko‘paya oladigan sistema hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki,
hujayrani o‘rganishda uchta asosiy muammo volyutsiya, avtoregulyatsiya va
avtoreproduksiyalarni hal qilishni ko‘zda tutish kerak. Biologiyaning har qanday
bo‘limi tirik ob’ektlarning faqat ma’lum bir aspektdamorfologik, fiziologik,
biokimyoviy, genetik va boshqalarda o‘rgansa, sitologiya o‘z ob’ekti- hujayrani har
tamonlama o‘rganadi. Hujayra barcha yashayotgan organizmlarning struktura,
funksional va genetik asosi bo‘lgani uchun hamma biologik fanlar sistemasining
markazida turadi. Sitologiya tirik tabiat haqidagi fanning “Og‘ir industriyasi”dir.
Sitologiyaning metodlari va ma’lumotlaridan foydalanmasdan havfli o‘sma,
yaralarni bitib ketishi, nurdan zararlanish mexanizmlari, dorivor va zaharli
moddalarning ta’siri, immunitet, gibridlashda pushtsizlik va boshqa amaliy jihatdan
muhim muammolarni hal qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |