kafedrasi mudiri: dots. A.Q. Ajabov _________
2
M U N D A R I J A
Kirish.........................................................................................................................3
I-BOB. Astroiqlimning asosiy parametrlari.........................................................7
§
1.1 Ochiq tunlar soni..............................................................................................7
§
1.2 Atmosfera shaffofligi.......................................................................................9
§
1.3 Tungi osmon foni...........................................................................................15
§
1.4 Meteorologik parametrlar va ularning fasliy o’zgarishlari.........................17
II-BOB. Samarqand observatoriyasining astroiqlimi........................................21
§
2.1 O’zbekiston observatoriyalari........................................................................21
§
2.2 Samarqand observatoriyasining astroiqlimi va meteorologik parametrlari..35
§
2.3 Samarqand observatoriyasida qo’llaniladigan teleskop haqida……….........43
III- BOB. Samarqandda tungi ochiq vaqt miqdori............................................55
§
3.1 O'zgidromet va Gismeteo veb-portali haqida umumiy ma'lumotlar..............55
§
3.2 “k” – koeffisientdi hisoblab topishda “Matlab” dasturidan foydalanish.....62
Xulosa .....................................................................................................................67
Aidabiyotlar.............................................................................................................69
3
Kirish
Ma'lumki, Yer sirtidan turib olib boriladigan astronomik kuzatuvlarning
barchasiga atmosfеra o`z salbiy ta'sirini o`tkazadi. Bunga sabab osmon
yoritkichlaridan kеlayotgan yorug’lik tеlеskop va qayd qiluvchi asbobga еtib
kеlgunicha
Yer
atmosfеrasini
kеsib
o`tadi.
Astronomik
kuzatuvlar
rеjalashtirilganda bu ta'sir minimal bo`lgan vaqtni va sharoitlarni tanlash kеrak
bo`ladi.
Yer sirtidan olib boriluvchi astronomik kuzatuvlarning sifatiga ta’sir etuvchi
atmosfera faktorlari majmuasiga astroiqlim deyiladi. Ma’lum joyga o‘rnatilgan
teleskopning astroiqlimi o‘sha joy atmosferasi holatini aniq ifodalovchi
parametrlar orqali sonli ko‘rinishda berilgan bo‘lishi kerak. Bu parametrlar bir xil
usul va asboblar yordamida o‘lchanishi kerak hamda ularni boshqa joylarda
olingan natijalar bilan solishtish imkoni bo‘lishi kerak. Bundan tashqari,
o‘lchangan parametrlar bir xil kattalikda ifodalanishi lozim. Ushbu dissertatsiya
ishi Samarqand Davlat Unversteti qoshidagi ilmiuy-o`quv observatoriyasining
astroiqlimini tadqiqot qilishga bag‘ishlangan.
Samarqand observatoriyasi 2006 yilda ishga tushirilgan ilmiy-o’quv
observatoriyadir. Unda ko’zgusining diametri 50 sm bo’lgan professional teleskop
o’rnatilgan. U yerdagi dastlabki astroiqlim tadqiqotlari 2003-2004 yillarda
boshlangan va pirovard maqsad xozirda ishlab turgan Grab Parsons teleskopi
uchun qulay joy tanlashdan iborat edi. O’sha yillar davomida, aniqrog’i 2004 yil
uchun bir yil davomida to’liq meteorologik ma’lumot to’plash va DIMM asbobi
yordamida tasvir sifatini o’lchash ishlari olib borildi. Olingan natijalar tahlili va
boshqa texnik-iqtisodiy tahlillar natijasida Grab Parsons teleskopini va 1 metrlik
Zeiss 1000 teleskopini aynan Universitet Yadro fizikasi laboratoriyasi hududida
o’rnatish maqsadga muvofiq ekanligi haqida bir qarorga kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: