Difenilamin reaksiyasi.
Ketozlar, jumladan fruktoza ham kislotali muhitda
difenilamin bilan ko’k rang beradi. Bu reaksiya fruktozani miqdoriy jihatdan aniqlashda
(Kolorometrik usul) ham qo’llaniladi.
Reaktivlar
.
Difenilaminning 20% li eritmasi, (96% li spirtda tayyorlanadi).
Xlorid kislotaning 20% li eritmasi, fruktozaning 1% li eritmasi.
Ishning borishi.
Probirkaga 1ml fruktozaning 1% li eritmasidan olib, unga 0,5
ml difenilamin va 1ml xlorid kislota qo’shiladi. Aralashma qaynab turgan suv
hammomida 5 minut davomida ushlanadi. Reaksiya natijasida ko’k rang hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |