3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


- MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINING SCHYOTLARINI TURKUMLARGA



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/124
Sana19.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#391880
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
Bog'liq
buxgalteriya hisobi asoslari

3- MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINING SCHYOTLARINI TURKUMLARGA  
AJRATISH VA SCHYOTLAR REJASI 
 
3.1. Buxgalteriya hisobining schyotlarni turkumlarga ajratish to’q’risida tushuncha. 
3.2. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va to’zilishiga qarab turkumlarga ajratish. 
3.3. Schyotlar rejasi. 
 
3.1.Buxgalteriya hisobining schyotlarni turkumlarga ajratish to’q’risida tushuncha. 
Korxona,  tashkilot  muassasalarda  o’z  xo’jalik  faoliyatini  amalga  oshirish  davomida 
xo’jalik  mablag’larini  va  ularning  tashkil  topish  manbaalarini,  xo’jalik  jarayoni  va  sodir 
bo’layotgan  turli-tuman  xo’jalik  operatsiyalarini  aks  ettirish  uchun  bir  kancha  buxgalteriya 
hisobi schyotlaridan foydalaniladi. 
Buxgalteriya  hisobining  barcha  schyotlari  korxonadagi  xo’jalik  mablag’lari  yoki 
ularning  tashkil  topish  manbalariga  yoki  xo’jalik  jarayonining  hisobini  olib  borishga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


mo’ljallangan  bulsada,  ularning  ko’pchiligini  umumiy  xususiyatlariga  qarab  bir  xil 
guruhlarga    yig’ish      mumkin.  Buning      natijasida      xo’jalik  operatsiyalarining  hisobini 
yuritish  uchun  kerakli  miqdordagi  buxgalteriya  hisobi  schyotlaridan  foydalaniladi. 
Buxgalteriya  hisobi  schyotlari  o’zlarining  xususiyatlariga  qarab  quyidagi  turkumlarga 
ajratiladi. 
1 .Schyotlarning tayinlanishi va to’zilishiga qarab. 
2.Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab. 
Buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  tayinlanishi  va  to’zilishga  qarab  turkumlarga 
ajratilganda  bu  schyotlarning  nima  uchun  xizmat  qilishi,  ularning  debet  oboroti  bilan  kredit 
oboroti hamda qoldig’ining qanday mazmunga egaligi hisobga olinadi. Bunday turkumlarga 
ajratish  schyotlardan  xo’jalik  operatsiyalarini  yozish  uchun  to’q’ri  foydalanish,  kerakli 
ko’rsatkichlarni  olish  uchun  qaysi  schyotlardan  foydalanish  zarurligini  aniqlashga  yordam 
beradi. 
Schyotlarning        tayinlanishi        va        strukturasiga        kura  guruhlashtirishni  urganish 
buxgalteriya schyotlarida ikki yokdama yozish usulini uzlashtirishga katta yordam beradi. 
Buxgalteriya  schyotlarini  iqtisodiy  mazmuniga  qarab  turkumlarga  ajratishda  bu 
schyotlarda  nimalar  hisobga  olinishi  hisobga  olinadi.  Bunday  guruhlash  xo’jalik 
mablag’larini  va  ularning  tashkil  topish  manbalarini  hamda  xo’jalik  jarayonining 
mavjuddigini,axvoli va harakatini tasvirlash.ma'lumotlar olish uchun    qaysi    schyotlardan    
foydalanish        zarurligini  ko’rsatadi.Shuning  uchun  ham  buxgalteriya  hisobining  schyotlar 
rejasi iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishga asosan ishlab chiqiladi.  
Buxgalteriya  schyotlarini  ikki  xususiyatiga  qarab  turkumlarga  ajratish  schyotlarning 
tayinlanishi.strukturasi  va  iqtisodiy  mazmunini  tula  aks  ettiradi.  Buxgalteriya  hisobi 
schyotlarini  iqtisodiy  mazmuniga  qarab  turkumlarga    ajratishning      zaminida      buxgalteriya  
hisobi  ob'ektlarining  xo’jalik  mablag’lariga.va  ularning  tashkil  topish  manbaalariga  va 
xo’jalik  jarayoiniga  bulinishi  hamda  bu  schyotlarda  nimalar  hisobga  olinishi  yotadi.  Agar 
buxgalteriya 
hisobida 
qo’llanilayotgan 
schyotlar 
ktisodiy 
mazmuniga 
qarab 
guruhlashtirilsa.ular ikki guruhga bo’linadi. 
1 .Xo’jalik mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar. 
2-Xo’jalik jarayonini hisobga oluvchi schyotlar. 
Xo’jalik  mablag’larini  hisobga  oluvchi  schyotlardan  xo’jalik  mablag’larining  holati  va 
harakatini aks ettirish va ular o’stidan nazoratni olib borish uchun foydalaniladi. 
3.2.  Buxgalteriya  hisobi  schyotlarini  tayinlanishi  va  to’zilishiga  qarab  turkumlarga 
ajratish. 
Buxgalteriya  hisobi  schyotlarini  tayinlanishi  va  to’zilishiga  qarab  quyidagilarga 
bo’linadi. 
1 .Asosiy schyotlar. 
2.Tartibga soluvchi schyotlar. 
3.Yig’ib taqsimlovchi schyotlar.  
4.Kalkulyatsiya schyotlari.  
5.Taqqoslovchi schyotlar.  
6.Balansdan tashqari schyotlar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


1.Asosiy    schyotlar      xo’jalik      sub’ektlarining      xo’jalik  faoliyatini  olib  borish  uchun 
ma’lum  miqdorda  xo’jalik  mablag’lariga  ega  bo’lishi  kerak.  Shuning  uchun  buxgalteriya 
hisobi  xo’jalik  faoliyati  o’stidan  nazorat  qilish  maqsadida  schyotlar  yordamida  korxona 
qanday mablag’larga ega va ular qanday mablag’lardan tashkil topganligi hamda hisob kitob 
munosabatlari haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashi kerak. Bunday vazifani asosiy schyotlar 
yuritiladigan  schyotlar  guruhi  bajaradi.  Asosiy  schyotlar  uz  navbatida  korxonaning  mehnat 
vositalari.oborot  mablag’lari  va  muomala  munosabatlarini  hisobga  olish  uchun  atalgan  uch 
guruh  schyotlarga  bo’linadi.  Keltirilgan  bu  uch  guruh  schyotlari  aktiv  schyotlardir.  Bu 
schyotlarning debetida xo’jalik mablag’larining ko’payishi aks ettirilsa, kreditida esa xo’jalik 
mablag’larining  kamayishi  aks  etgiriladi.  Bundan  tashqari  asosiy  schyotlar  o’z  navbatida 
ikkiga bo’linadi. 
1.Asosiy aktiv schyotlar. 
2.Asosiy passiv schyotlar. 
1.Asosiy    aktiv    schyotlar    guruhi    moddiy    va    pul  mablag’larining  harakatini  hamda 
debitorlar  bilan  hisob-kitob  ishlarini  olib  borishga  mo’ljallangan  («Asosiy  vositalar», 
«Materiallar», «Tayyor mahsulotlar», «Kassa» va boshqalar.). 
2.Asosiy  passiv  schyotlar  fondlar  holatining  o’zgarishini,  kreditorlar  bilan  hisob  kitob 
hisobini  olib  borishga  mo’ljallangan  («Ustav  fondi»  kreditorlar  bilan  hisob-kitob  schyotlari 
va boshqalar) schyotlar kiradi. 
2.Tartibga soluvchi schyotlar hisobga olinadigan xulalik mablag’lari va ularning tashkil 
topish manbaalarining bahosini tartibga  solishga  mo’ljallangan  schyotlar  kiradi. («Asosiy 
vositalarning  eskirishi»,»Arzon  baholi  va  tez  eskiruvchi  buyumlarning  esikrishi»  va 
boshqalar.) 
3.Yig’ib  taqsimlovchi  schyotlar guruhiga umumishlab  chqarish  xarajatlari va boshqalar 
kiradi. 
4.Kalkulyatsiya  schyotlari  guruhi  mahsulot ishlab  chqarish uchun ketgan xarajatlarning 
umumiy  summasini  aniqlash  va  tannarxni  hisoblashga  mo’ljallangan  schyotlar    kiradi 
(«Asosiy ishlab chqarish», «yordamchi ishlab chqarish» va boshqalar).  
5.  Taqqoslovchi  schyotlar  guruhiga  kiruvchi  schyotlar  bo’yicha  schyotning  debet  va 
kredit  tomonlariga  yozilgan  yozuvlar  taqqoslanib,  xo’jalik  jarayonlarining  natijalari 
aniqlanadi.  
6.Balansdan tashqari schyotlar korxonada vaqtincha foydalanishda bo’lgan mablag’larni 
hisobga olishga mo’ljallangan schyotlar kiradi.  
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish