3.
Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
Milliy g‘oyamizning bosh g‘oyasi “Milliy tiklanishdan – milliy
yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy g‘oyamiz
harakatlar mafkurasi bo‘ladi. Milliy g‘oya odamlarga islohotlar kim uchun, nima
uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. YOtganni – o‘tqazadi, o‘tirganni – turg‘izadi,
turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. CHunki shularni
tushunmagan odamlar birlashmaydi, ko‘r-ko‘rona, yuzaki ishlaydi. Biri ishlasa,
ikkisi tomoshabin bo‘ladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan ishlaydi.
Natijada hayotidan rozi bo‘ladi.G‘oyaviy birlik odamlarning qaysi xatti-
harakatlarida ko‘rinadi? O‘zaro mehribon, hamfikr va bir-birini qo‘llab-
quvvatlayotganida, ishda, o‘qishda, innovatorlikda, tadbirkorlik, ilm, ijodda
faolliklarida va buni milliy g‘oyaga bog‘lab tushunishlarida, oila, ishxona, real va
virtual hayotda o‘zaro ahilliklarida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, milliy g‘oya
ro‘yobiga xalaqit beruvchi buzg‘unchi g‘oyaga qarshi tez va uyushishlarida.
Masalan, 2019 yil aprel-may oylarida davlat tili bo‘yicha boshlangan bahs-
munozaralar bizning birlasha olishimizni ko‘rsatdi. Baxtli, hayotdan rozi bo‘lishiga
ishonchida, so‘z va amal birligida ham milliy g‘oya yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Milliy g‘oyamizning mohiyatini bitta so‘zda aytish mumkin bo‘lsa, bu
so‘z – rozilik. Bu fikr davlatimiz rahbarining xalqimiz bilan samimiy suhbatlarida
takror va takror ta’kidlab, tushuntirilmoqda. Zero, milliy g‘oya ro‘yobi xalqning
muayyan vaqt va makonda o‘zini baxtli deb his qilishida, bu esa uning
shukronalarida – hayotdan roziligida namoyon bo‘ladi. Aslida bu jarayon boshlanib
ketdi.Milliy g‘oya har bir o‘zbekistonlikning, oddiy odamlarning mana shunday
shukronasiga vosita bo‘ladi. Mamlakatimizda rozilik, baxtiyorlik foizi borgan sari
oshib boraveradi. Ertaga odamlar bugungidan yaxshiroq baxtni orzu qiladi. Bu esa
milliy g‘oyamizni boyitadi, yangilaydi. Demak, xalqimizning o‘z hayotidan rozilik
darajasi – milliy g‘oyamiz ro‘yobining darajasini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbari “Ma’naviyat – eng ta’sirchan qurolimizdir”, degan
qat’iy fikrni bildirdi. Bu – bejiz emas. CHunki “Biz nima uchun o‘zgarishimiz,
birlashishimiz, kurashishimiz kerak?”. Bu savolga yakdil g‘oyaviy javobi yo‘q
jamiyat – quroli yo‘q qo‘shinga o‘xshab qoladi. Ma’naviyat va ma’rifat, mafkuraviy
tarbiya O‘zbekistonning turli millat, din, kasb, yoshlarga mansub xalqini g‘oyaviy
qurollantiradi. Islohotlar nima uchun, kim uchun kerakligini xalqqa uning orzulari
bilan bog‘lab uqtiradi, ko‘rsatadi. Tushungan xalq – g‘oya bilan qurollangan xalqqa
aylanadi. Har birimizdan Vatanning bir o‘g‘il-qizi sifatida o‘z lavozimimizga
munosib bo‘lib ishlash va yashash burchini eslatadi. O‘z milliy g‘oyasini anglagan
xalqni to‘xtatib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Oliy Majlisga
qilgan Murojaatnomasida barcha sohalardagi muhim masalalarga birma-bir
to‘xtalib o‘tib, jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma’naviy
va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi,
shu bois, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” dasturiy g‘oya asosida
yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik,
axloqiy fazilatlarni shakllantirish o‘ta sharafli vazifaligini alohida ta’kidladilar.
Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2020 yilga «Ilm-ma’rifat va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nom berilishi har bir fuqaroni qay lavozimda
bo‘lmasin, o‘z ustida tinmay ishlashi, ilm-ma’rifatni o‘rganishi, zamonaviy
texnologiyalardan foydalangan holda faoliyatini yanada rivojlantirib borishida
muhim ahamiyat kasb etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |