Ozod va
obod Vatan erkin va farovon hayot barpo etishdir
. Bu g‗oya xalqimizning
azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma‘no – mazmunini belgilaydi.
Har bir inson uchun muqaddas bо‗lgan Mustaqillik, Ozodlik, Vatan obodligi,
shaxsning erkinligi va farovon hayot tushunchalari, yuksak qadriyatlarni о‗zida
mujassam etadi. Milliy g‗oyaning bosh maqsadida ozodlik sо‗zining ustuvor va
yetakchi о‗rinda turishi mustaqillik barcha orzu-intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz
va yorug‗ kelajagimizning asosi ekanligidan dalolat beradi. Milliy g‗oyaning bosh
maqsadi uzviy ravishda uning mohiyatini tо‗ldiradigan, xalqimiz, jamiyatimizning
bugungi taqdiri va kelajagiga bog‗liq bо‗lgan tub manfaatlarimizni aks ettiradigan
bir qancha g‗oyalarni taqozo qiladi. Milliy g‗oyaning bosh maqsadi
mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning tub hayotiy maqsadlarini, yashash
va kelajak sari intilish yо‗lidagi say-harakatlarini ifoda etadi. Zero, bu dunyoda
yashayotgan har bir inson yо‗qki, hech kimga qaram, mute bо‗lmay, ozod va obod
yashashni, erkin va farovon hayot kechirishni orzu qiladi, chin yurakdan istaydi va
ana shu maqsadlarni diliga tugib umrguzaronlik qiladi. Milliy g‗oyaning bosh
maqsadi mamlakatimizda qonun ustuvorligi, fikrlar xilma xilligi, e‘tiqod erkinligi
ta‘minlanishi taqozo etadi. Ana shunday huquq va erkinliklar qaror topgandagina
erkin va farovon hayot kechirish sari yо‗l ochiladi. Shu bilan bir qatorda Milliy
g‗oyaning bosh maqsadi fuqarolarning ozod va obod Vatanda yashashlarini о‗zlari
ta‘min etishlari uchun ham ularning zimmalariga yuksak burch va mas‘uliyatlarni
ham yuklaydi, ularni Vatan ravnaqini ta‘minlashga, xalq farovonligiga erishishga,
о‗z farzandlarini komil inson qilib tarbiyalashga, yurt tinchligini asrashga da‘vat
etadi.
Asosiy g‗oyalar xalqning mustaqil taraqqiyot yо‗lidagi bosh g‗oyasidan
kelib chiqadi va о‗zining ma‘no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan bosh maqsadni
millat qalbi va ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Bular quyidagilardir:
Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik,
millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗rikenglik.
Vatan ravnaqi g‗oyasi har bir insonga о‗zi tug‗ilib о‗sgan, kindik qoni
tо‗kilgan muqaddas zaminini asrab avaylash, uni kо‗z qorachig‗idek asrash, vatan
uchun fidoyi inson bо‗lish mas‘uliyatini yuklaydi. Vatan ravnaqiga xizmat
qilmaydigan g‗oya hech qachon milliy g‗oya bо‗la olmaydi. Jamiyatda
tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlat iqtisodiy qudrati
ortayotgani, xalq ma‘naviyati boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani Vatan
ravnaqining asosi bо‗ladi. Vatan ravnaqi avvalo, uning farzandlari kamoliga
bog‗liq. Shoir aytganidek:
Men Vatandan paydo bо‗ldim,
Demak men ham Vatanman.
Oxir Vatan tuprog‗iga,
Qо‗shiluvchi bir jonman.
Yurt tinchligi g‗oyasi esa har bir inson uchun ulug‗ ne‘mat, ulug‗ saodat
bо‗lgan tinchlikni saqlash, atrofidagi voqea hodisalarga sergaklik bilan qarash,
ogoh bо‗lish, tinchlikni qadrlashga da‘vat etadi. Zero, tinchlik eng oliy ne‘mat. Bu
ne‘matni asray bilish har birimiz uchun ham qarz ham farz. Hech kim urushni
xohlamaydi. Birgina ikkinchi jahon urushining о‗zida 50 milliondan ortiq kishi
halok bо‗ldi. Ana shularning ichida 263005 nafar О‗zbekistonliklar bor. 132670 ta
vatandoshimiz nom-nishonsiz yо‗qoldi. 60452 kishi nogironlar safidan joy oldi. Bu
о‗tmishda edi. 199 yilgi Toshkentdagi Fevral voqealarini, 2001 yildagi
Surxondaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlaridagi xunrezliklarni, yoki 2005
yildagi Andijon voqealarini oling. Xalqimizning asl, zabardast о‗g‗lonlari
hayotdan erta kо‗z yumib, bevaqt xazon bо‗ldilar. Ular tinchligimizni asrash
uchun о‗z jonlarini qurbon qildilar. Shu bois bugun tinchlikni asrashni har birimiz
о‗z muqaddas burchimiz deb bilmog‗imiz lozim.
Xalq farovonligi g‗oyasi quyidagi qoidaga asoslanadi: har qaysi inson va
oila badavlat bо‗lsa, jamiyat va davlat ham kuchli va qudratli bо‗ladi. Farovonlik
tushunchasi aslini olganda bir qadriyat hisoblanadi. Chunki har bir yuksalishning
zamirida farovonlik tushunchasi yotadi. YA‘ni, biror bir davlat chinakkam
ma‘noda rivojlangan mamlakatlar qatoridan о‗rin olishi, iqtisodiy, ma‘naviy va
siyosiy jihatdan baquvvat bо‗lishi uchun avvalo mazkur davlat fuqarolarining
turmush darajasi kо‗tarilib, tо‗kis va farovon yashashlari ta‘min etilgan bо‗lishi
kerak. Insonning baxt saodatga erishuvida ham farovonlik eng muhim omillardan
hisoblanadi.
О‗zbek xalqida «avval iqtisod, keyin siyosat» degan naql bor. Agar
odamzotning qorni och bо‗lsa, shubhasiz unga hech narsa yoqmaydi. Qorinni
tо‗yg‗azish uchun esa avvalambor uning о‗zi harakat qilishi, sо‗nggina unga davlat
yordam berishi kerak. Albatta bu о‗rinda ishbilarmonlik, tadbirkorlik, har bir ishga
sidqidildan, vijdonan yondashish, izlanuvchanlik, aql va tafakkurga tayanib ish
yuritish kabi fazilatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, farovonlikning manbai – aql, tafakkur, bilim, malakadir. Buning
uchun esa dehqon о‗z dalasida, chо‗pon о‗z otarida, chorvador о‗z fermasida,
ishchi о‗zining ishlab chiqarish korxonasida, tadbirkor о‗zi tanlagan sohasida
fidokorona mehnat qilishi kerak. Kezi kelsa, olim ham о‗z ilmiy izlanishlarini
fidokorlik bilan, sidqidildan olib borishi lozim. Har bir kasb sohibi oqilona mehnat
qilsa, avvalo о‗z farovonligini, sо‗ng oilasining tо‗kisligini ta‘min etadi, albatta bu
bilan el-yurt farovonligiga ham ulush qо‗shgan bо‗ladi.
Komil inson g‗oyasi – odamzotga xos eng yuksak ma‘naviy va jismoniy
mukammallikni о‗zida mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan
oliyjanob umuminsoniy g‗oyadir.
Komil inson insoniyatning asriy orzusi, idealidir. Mashhur faylasuf Abu
Nasr al Forobiy komil inson haqida ajoyib ta‘rif-tavsiflar keltiradi. Komil inson
bо‗lishi uchun odamga kо‗p sifat va fazilatlar zarur ekanligini uqtiradi. Ayni
paytda komil inson haqida sо‗z yurita turib, Alisher Navoiyning mana bu ta‘rifini,
tо‗g‗rirog‗i maqsadini keltirib о‗tish lozim: « ...dunyoga kelibmizki, kamolot kasb
etmoq vazifamizdir».
Ijtimoiy hamkorlik g‗oyasi xilma xil fikr va qarashlarga ega bо‗lgan, turli
millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yо‗lidagi
hamjihatligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy hamkorlik murosa falsafasi
bо‗lib, xilma xil fikr va qarashlarga ega bо‗lgan., turli millat, irq va dinga mansub
shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yо‗lidagi hamjihatliklarini, jamiyatda
tinchlik, totuvlik, barqaror taraqqiyotni ta‘minlaydi va quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |