Globalization process and ethics problems



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139
Bog'liq
Ritorika

Taqdimot  –  bu
  o‘zlashtirish,  ma’lumotlarni  ko‘pchilik  oldida  ochiq  taqdim 
etishdir.  Taqdimot 
turlari:  hisobot,  ma’lumotnoma,  press-relliz,  dayjest,  axborot, 
reklama
  shaklida  bo‘lishi  mumkin.  Ochiq  taqdimot  deganda  odatda,  loyihalar, 
mahsulotlar, dasturlarning ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilishi va taqdim 
etilayotgan  narsaning  u  yoki  bu  ko‘rinishda  foydalilik  mezonlarini  ko‘rsatib  berish 
tushuniladi.  Aslida  taqdimot  bugungi  kunda  tijorat  va  siyosatda,  ma’rifat  va 
madaniyatda, ta’lim va tarbiyada keng qo‘llanilayotgan marosimlardan biridir. 
Taqdimot  yo‘nalishlariga  qarab  tijoriy  (kommersiya),  boshqaruv,  reklamali, 
ilmiy, siyosiy, pablik rileyshnz kabi turlarga bo‘linadi.
 Shunga kura taqdimot o‘z oldiga 
tinglovchilar muomalasi va muloqotiga ta’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib oladi. 


107 
 
Tijoriy  taqdimot
.  Savdo  hodimlari  o‘zlarining  tijoratga  doir  takliflari  va 
ko‘rgazmalarini  seminar  yoki  muloqot  jarayonlari  orqali  taqdim  qiladilar.  Masalan, 
tibbiyot  mahsulotlari  bilan  savdo  qiluvchilar  esa  yangifarmuskunalar  va 
farmmahsulotlarni taqdimot qiladilar. 
Boshqaruvchi taqdimoti
. Bunda rahbar o‘z hodimlariga korxonaning kelajakdagi 
vazifalari  va  global  muammolarini  miting,  majlisni  va  yig‘ilish  ko‘rinishida  taqdim 
etadi. O‘rta tabaqa xisoblangan menedjerlar o‘zlarining g‘oyalari, loyihalari va erishgan 
natijalarini yuqori tabaqa hisoblangan rahbariyatga taqdim qiladilar. 
Pablik  rileyshnz  va  reklama  taqdimoti.  Mazkur  soha  mutaxassislari 
kompaniyalarning axborot almashish strategiyasi va yangi tarmoqlarning istiqbollariga 
doir  masalalarni  ilgari  suradilar.  Jamoat  arboblari  madaniy  va  ijtimoiy  dasturlarni 
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir olib boriladigan ishlarni taqdimot qiladilar. 
Ilmiy taqdimot.
 Bunda olimlaro‘zlarining  ilmiy  g‘oyalarini, tadqiot o‘tkazishga 
oid ilmiy zahiralar manbaini taqdimot qiladilar. 
Ijtimoiy-siyosiy  taqdimot.  Bunday  taqdimot  marosimi  ko‘proq  siyosatchilar 
hamda  ijtimoiy  soha  mutaxassislari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunday  taqdimot 
davra  suhbati,  debat,  breyn  ring,  yuzma-yuz  muloqot  hamda  matbuot  konferensiyasi 
ko‘rinishida  o‘tkazilishi  mumkin.  Masalan,  deputatlar  o‘zlarining  saylovoldi 
dasturlarini  saylovchilarga  taqdim  etadilar,  davlat  arboblari  esa  taqdimot  orqali  o‘z 
konsepsiyalarini  bayon  qiladilar.  Tashabbuskorlik,  tadbirkorlik  va  liderlikning 
elementlari  mavjud bo‘lgan barcha sohalarda taqdimot eng samarali  vosita vazifasini 
bajaradi.  
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  xolda,  taqdimot  marosimi  -  shaxs  va  jamoat 
fikrini,  g‘oyasini,  qarashlari  va  konsepsiyalarini  omma  oldida  ko‘rsatish,  isbotlash 
va ishontirishga asoslangan axborot almashuvning vositasidir. 
Taqdimot  marosimi  paytida  taqdim  qiluvchi  o‘zi  ilgari  surayotgan 
g‘oyalaridan tinglovchilar xulosa qilish son bo‘lishi uchun muayyan imkoniyatlarni 
tashkil  qilishi  lozimki,  toki  ilgari  surayotgan  g‘oyalaringizni  tinglovchilar  amalda 
tadbiq  eta  olishlari,  o‘z  faoliyatlariga  qo‘llay  bilishlari tezlashsin.  Shuning  uchun 


108 
 
ham taqdimot marosimining axborot uzatishning boshqa vositalaridan farq qiluvchi 
jihatlari talaygina. Shulardan eng muhimi bilim va ma’lumotlarni uzatish usullaridir. 
Avvalo, ma’lumot namadan iborat bo‘lishi lozimligini aniqlab olish lozim. Bir 
qarashda bu jarayon juda oddiy ishdek ko‘rinadi, aslida esa ma’lumotni tushunish, 
uni  o‘zlashtirish  bir  qadar  murakkab  jarayondir.  Zero,  hech  qachon  bilmagan, 
hayotda  to‘qnash  kelmagan  narsalarni  odamlarga  tushuntirish  muayan  mahorat, 
bilim  va  aniqlikni  talab  etadi.  Shuning  uchun  ma’lumtlarni  yetkazishda  ayrim 
to‘siqlarga duch kelishimiz shubhasiz. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish