Militsiya, xarbiylarga, o‗t o‗chiruvchilarga tibbiyot tez yordam hodimlariga, qutqarish va
27
Obektda yong„in havfsizligi masalalari.
Yong‗in xalq xo‗jaligiga moddiy zarar keltiradi. Bir necha minut yoki soat ichida juda katta
miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong‗in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat
angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosferaga ko‗tarilib, xavoning tarkibini buzadi. Bundan
tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o‗limiga sabab bo‗ladi.
Hozirgi paytda respublikamiz binolarda yong‗in havfini kamaytirish borasida bir qator ishlar
amalga oshirilgan. Xususan, yong‗in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr
uskunalari ishlatilmoqda. O‗t o‗chirishning mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan tizimlari tobora
kengroq qo‗llanilmoqda.
Yong‗inni kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‗lishi mumkin:
a) isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi;
b) olovni extiyotsizlik bilan ishlatish;
c) yashin yoki statik elektr razryadlar, mashinalar va ishlab-chiqarish jixozlarining nosozligi
hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan
uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning yerga ulanib qolishi, elektr simlarida
zo‗riqishning yo‗l qo‗yilmaydigan darajada ortib isitishi, kontaktlari yomon bo‗lgan joylarning qizib
ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug‗ qozonlarining portlashi);
d) qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining yoki yonilg‗ini saqlash qoidalariga rioya qilmaslik natijasida
o‗z-o‗zidan yonib ketishi sabab bo‗ladi.
Yonish - yonuvchi moddaning xavo kislorodi yoki boshqa oksidlovchi modda bilan
oksidlanishining tez kechadigan kimyoviy reaksiyasi bo‗lib, bunda yorug‗lik va issiqlik ajraladi.
Yong‗indan xabar bergichlar yong‗inga qarshi kurashishda eng muhim vositachi hisoblanadi.
Xabar bergich tizimi quyidagi talablarni bajarishi kerak: mahalliy yong‗in muxofazasiga tez va
uzluksiz xabar berish, elektr yong‗indan xabar bergich qo‗llanilganda elektr zanjirida uzilish ro‗y
berganda qabul apparatiga avtomatik tarzda xabar berish va boshqalar. Xabar berishni eng ishonchli turi
elektr tarmog‗i (tizimli) hisoblanadi. elektr yong‗indan xabar bergichlar tizimi yong‗inni aniqlash va
uning joyini xabar berish uchun belgilanadi.
Obektimizda yong‗in xavfsizligi bo‗yicha mas‘ul tayinlangan. U shu binoning yong‗in
xavfsizligini ta‘minlash uchun mas‘ul hisoblanadi. Binoda ―yong‗inga qarshi qalqon‖ va o‗t o‗chirgichlar
ko‗zga ko‗rinadigan joyga joylashtirilgan, shu bilan birgalikda yong‗in xavfsizligiga doir targ‗ibot va
tashviqot materiallari joylarga o‗rnatilib qo‗yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: