Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. O‘quvchilarni darsga jalb qilish, sinfda
ishchi muhitini yaratish.
Bilasizmi, ertaklardagi jodugar, yalmo g‘iz
kampirlar ertak qahramonlarining: “Assalomu
alaykum” deb bergan salomiga “Gar saloming
bo‘lmaganda, ikki yamlab bir yutardim” deb,
yovuz niyatidan qaytganligini ifodalaydi.
Yalmog‘iz
kampir
haqidagi
multfilm
parchasini namoyish qilganmisiz.
Nega yalmog‘iz kampir birgina shu so‘zdan
erib ketib, o‘z vajohatidan qaytdi?
18
Salomlashishning quyidagi qoidalari bor. Ularni bilib oling: Bolalar ertalab yuz-
qo‘lini yuvib bo‘lgach,
otaonalariga va
kattalarga salom
beradilar.
Xonaga kirgan
odam xonadagilarga
salom beradi.
Yurib ketayotgan
odam o‘tirgan
odamga salom beradi.
Odobli bola chiroyli
qilib “Assalomu
alaykum” deb
salom beradi.
19
IMEN metodi O‘qituvchi tomonidan IMEN (ijodiy masala
larni yechish nazariyasi) texnologiyasi asosida
quyidagi jadvalli topshiriq beriladi.