so„zining asl ma‟nosi “oshkor bo„lgan”, “haq qaror topgan” demakdir. Ayrim
lug„atlarda uning ma‟nosini “tushunarli” deb izohlanadi. Biror bir harfning “haqqi
soqit bo„lmagan” ya‟ni, hafning biror bir elementi tushib qolmaganligi uchun
“muhaqqaq” deyilga degan qarashlar ham mavjud. “Suls xati” paydo bo„lgandan
Bu davrda 35 xildan ortiq xat turlari mavjud bo„lgan va har biri muayyan sohalarda
qo„llanilgan. Xat turlari uchun Ma‟mun topshirig„iga ko„ra islohot o„tkazilgan,
so„z bo„lib, “uchdan bir qism” deganidir. Ya‟ni, bu usulda harf yozilishining
uchdan bir qismi qiyshiq, burchakli va uchdan ikki qismi to„gri va doira shaklida
yozilishi nazarda tutiladi. Sulsning asosiy xususiyati ko„pincha doira va davra
14
Arab xat turlari haqida batafsilroq ma‟lumotga ega bo„lish uchun ko„pgina
adabiyotlarga murojaat qilish lozim bo„ladi
3
. Mazkur xat turlari mazmun-mohiyati
bilan turli o„rinlarda qo„llangan. Masalan, muhaqqaq ko„proq she‟r va
qasidalarni yozishda qo„llangan. Suls turli xat yo„l-yo„riqlarida hamda ilmiy
ishlarda istifoda etilgan. Ko„fiy xati ko„proq masjid, madrasa va turli binolarning
peshtoqlarini bezashda ishlatilgan. Rayhoniy va Nasx xatlarida asosan qissa va
xabarlar yozilgan. Riqo xat uslubidan ko„pincha maktublarni, Tavqe‟dan esa
asosan buyruq va farmonlarni yozishda foydalanilgan.
Manbalardan ma‟lum bo„lishicha, keyinchalik mazkur xat uslublarining
jamidan o„ttiz olti xil xat turi ijod etilgan. Ularning ichida nasta‟liq xat turi
mashhur bo„lib, qo„lyozma yodgorliklarning asosiy qismi shu xat turida yozilgan.
Nasta‟liq nasx va ta‟liq xat turlarining birlashuvidan yuzaga kelgan. Bu yozuv
boshqa xat turlari ichida chiroyli yozilishi va oson o„qilishi bilan ajralib turadi.
Mazkur yozuvning turkiy xalqlar tiliga mos kelmaydigan jihatlari borligini
Abu Rahyon Beruniy, Z.M.Bobur (xatti boburiy) kabi bobokalonlarimiz e‟tirof
etishgan. Arab alifbosida savod chiqarishning qiyinligi sabab qilinib, 1921-yil, 1-5
yanvarda Toshkentda birinchi til-imlo qurultoyi chaqiriladi. Unda arab yozuvini
soddalashtirish yoki osonroq imloga o„tish msalasi muhokama qilinadi. Shunday
qilib, arab yozuvi isloh qilindi va ancha soddalashtirildi.
Yozuvni isloh qilish 1922, 1923-yillarda o„tkazilgan qurultoylarda yana
muhokama qilinib, unda lotin yozuviga o„tish takliflari yangradi. 1929-yilda
lotinlashtirish masalasi to„liq yakunlandi. Mazkur yozuv deyarli 11 yil davomida
amalda bo„ldi. 1940-yilning 8-mayida kirill grafikasi asosidagi yozuvga o„tish
bo„yicha qaror qabul qilindi va 1940-yilning 1-sentabridan barcha matbuot va
ta‟lim-tarbiya jarayonlari kirill yozuvida olib boriladigan bo„ldi.
Slavyan-kirill yozuvi Gretsiyaning Soluniki (rus. Solun) shahrida tug„ilgan
aka-uka Konstantin va Kirill Mefodiylar tomonidan tuzilgan. Shu bois bu yozuvlar
“kirillitsa” deb ham yuritiladi. Vizantiya imperatori Mixail III topshirig„iga ko„ra
863-yilda shu yozuvda kitoblar tayyorlangan. Hozirda mazkur yozuvdan dunyo
aholisining 10 foizi foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: