karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini, Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u
obod ustina»
yoki «Aylansun» radifli g‘azalidagi
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig‘a bergil,
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun
kabi baytlarda buni kuzatish mumkin. Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy
qarashlari devondagi muxammas, musaddas, ruboiy, tarji’band va qasidalarida ham
u yoki bu darajada o‘z aksini topgan. Xususan, «Dahr uyi bunyodikim, suvuzradur,
mahkam emas» tarji’bandi tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan ijtimoiy-falsafiy
ruhdagi asardir. Tarji’bandda dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga,
jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va insonni unga ko‘ngil berib, aldanib
qolmaslikka chaqiradi.
«Qasidai nasihat» esa Ogahiyning siyosat va davlatga munosabati, hukmdor
fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari bayon etilgan pandnomadir.
Odatda qasidalarda biron-bir voqea yoki shaxs ulug‘lanadi, har tomonlama vasf
qilinib, benuqson, ideal qiyofada tasvirlanadi. Ogahiyning asidasi esa odatdagi
maqtovlar tizmasidan iborat bo‘lib qolmadi. U mazkur asarni yozishda o‘z oldiga
aniq maqsad qo‘ygan edi. Shunga ko‘ra adib qasida vositasida ko‘pni ko‘rgan
donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh xonga nasihatlar
qiladi, davlatni boshqarish san’atidan saboq beradi. «Qasidai nasihat» adabiyotimiz
tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning yorqin namunasi bo‘lib qoldi.
Ogahiyning kichik she’riy janrlar: ruboiy, tuyuq, ta’rix, fard kabi shakllarda
ham benazir ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, musoviyattarafayn (ikki
tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she’ri adabiyotimiz tarixida juda ham
uchraydigan hodisalardan deyish mumkin. She’rni ikki xil — odatdagi yon tarafga
hamda yuqoridan pastga tomon o‘qisangiz, bir xil matn hosil bo‘laveradi. Bu she’r
bilan tanishing.
Ul
sho‘xki
ochildi
xat-u
ruxsori
Ochildi
rayohinda
yuzi
gulnori
Xat-u
yuzi
besabr-u
qarori
man man
Ruxsori
gulnori
man man
zori
Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi mumtoz
adabiyotimiz yorqin siymolari an’analarini davom ettirdi, rivojlantirdi, yangi
badiiy kashfiyotlar bilan boyitdi. Uning ijodi shoirlarimizning bir necha avlodi
uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, darslikda Ogahiy lirikasidan namunalar keltirilgan. Jumladan,
shoirning “Navro`z”, “Ustina” radifli g`azali va uning tahlili, “Aylansun” radifli
g`azali, tarji`bandi, tuyuqlaridan namunalar va “Ogahnoma” qasidasi keltirilgan.
Mavzu so`ngida savol va topshiriqlar hamda nazariy ma`lumot sifatida tashxis
san`ati keltirilgan
38
.
Darslikdagi “Ustina” radifli g`azali tahlili quyidagicha berilgan:
“Ustina” radifli g’azali.
Mushkin qoshin
Do'stlaringiz bilan baham: |