117
117-mashq.
Maqollarnini o‘qing, mazmunini tushuntiring.
Olmoshlarni aniqlab tagiga chizing.
1. Har kim o‘z uyida sulton.
2. Har kim o‘ziga – xon, o‘ziga – bek.
3. Har kimning o‘z fikri bor.
4. Har kim o‘z uyasida erkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Olmosh deb nimaga aytiladi?
2. Olmosh ma’nosiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? Ular qaysilar?
3. Olmoshning qaysi turi har uchala shaxs o‘rnida ishlatiladi?
4. Barcha, hamma, bari, yalpi, butun so‘zlari ma’nolariga ko‘ra
olmoshning qaysi turiga mansub?
5. So‘roq olmoshlari haqida gapiring.
6. Gumon olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring.
7. Bo‘lishsizlik olmoshlari qanday hosil bo‘ladi?
8. Olmoshga aloqador tovush o‘zgarishlari haqida so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: