B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

7.
 
O’zbekiston  iqtisodiyoti.  Axborot  tahliliy  sharh,  2007  y,  2008  y 
“O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.
 


 
99 
6-bob.  
INDIKATIV REJALASHTIRISH VA IQTISODIY 
HODISALARNING TAMOYILLARI  
 
 
6.1. Indikativ rejalashtirish funksiyalari. 
6.2.  Indikativ  rejalashtirish  metodologiyasining  asosiy 
qoidalari. 
6.3. Iqtisodiy inqirozlar va rejalashtirish tajribalari. 
6.4. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari. 
 
 
6.1. Indikativ rejalashtirish Funksiyalari 
 
 Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  bilan  davlat  va  nodavlat  sektorlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  ongli  ravishda  boshqarish  usuli  sifatida 
indikativ rejalashtirish rivojlanadi.  
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan 
mutanosib  asoslarda  rivojlanish  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirishga  jalb  qilish  usuli  hisoblanadi.  U  tovar  ishlab  chiqaruvchilar, 
xaridorlar  va  umuman  bozorga  ta’sir  etishning  iqtisodiy  vositalaridan 
foydalanishga  asoslanib,  davlat  va  xususiy  sarmoya  manfaatlarini 
uyg’unlashtirish imkonini beradi.  
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki 
alohida  ko’rsatkichlarni  ishlab  chiqish  uchun  yo’naltiruvchi  axborot 
hisoblanadi.  Bu  borada  u  tavsiyaviy  xususiyatga  ega:  ko’rsatkichlar 
strategiya  yoki  iqtisodiy  harakat  to’g’risida  qarorlar  qabul  qilishda 
indikatorlar  sifatida  foydalaniladi.  Indikativ  reja  qamrab  olgan  xo’jalik 
yurituvchi  subyektlar  uchun  uning  ko’rsatkichlari  majburiy  hisoblanadi, 
chunki ularni bajarmaslik rejada  qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga 
olib keladi.  
Indikativ  rejalar  ustuvor  yo’nalishlarga  asoslanadi,  ularning 
ayrimlari  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  siyosati  bilan 
belgilansa,  boshqalari  rejalashtirish  jarayonida  aniqlanadi.  Asoslangan 
ustuvor yo’nalishlar zamirida tegishli rag’batlantirish mexanizmlari ishlab 
chiqiladi;  milliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  yirik  loyihalar  bo’yicha  o’rta 
muddatli  dasturlar  doirasida  davlat  va  xususiy  sektorning  birgalikdagi 
sa’y-harakatlari evaziga investistiya kelishuvlari tuziladi.  


 
100 
Indikativ  rejalashtirishda  korxonalar  muvofiqlashtiruvchi  organga 
(bu  ijro  etuvchi  hokimiyat  organi  bo’lishi  mumkin)  o’zining  mahsulotni 
sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul 
qilinsa, bu ikkala tomon uchun  ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a) 
muvofiqlashtiruvchi  organ  hajmlarni  amalga  oshirish  va  rag’batlantirish 
tizimiga  kiritadi;  b)  korxona  olingan  majburiyatni  bajarishga  majbur 
bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va 
quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal  qilgan, farq 
faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki 
u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.  
Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  indikatorlari  sifatida  iqtisodiyotning 
dinamikasi,  tarkibi  va  samaradorligini;  moliya-kredit  siyosatining 
holatini;  tovarlar  va  qimmatli  qog’ozlar  bozori,  valyuta  bozorining 
holatini;  narxlar  harakatini;  aholining  bandligi  va  turmush  darajasini 
tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.  
Ko’rsatkichlarning  o’zaro  bog’liq  va  muvazanatlashgan  tizimi 
davlatning  ta’siri  choralari  bilan  to’ldiriladi,  shu  jumladan  byudjet 
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona 
bojlari,  listenziyalar  va  kvotalar,  davlat  buyurtmalari  va  boshqalardan 
foydalaniladi.  
Indikativ  rejalashtirish  bozor  iqtisodiyotining  faoliyat  ko’rsatishiga 
ta’sir  etishning  asosiy  usuli  hisoblanadi.  U  faqat  bozor  usullari  bilan 
amalga  oshirishning  iloji  bo’lmagan  yoki  qiyin  bo’lgan  ko’plab 
masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv 
organlari  tizimi  barcha  bo’g’inlarining  ham  o’zaro,  ham  mintaqaviy 
organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir.   
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish