4.2. Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari
Rejalashtirish
vazifalarini
yoritishda
rejalashtirishning
qator
usullariga to’xtalib o’tiladi. Mazkur usullari ro’yxati va ularning
rejalashtirish bosqichlariga mos kelishi 1-jadvalda keltirilgan.
Rejalashtirish
jarayonining
birinchi
bosqichi
maqsadlarni
shakllantirishdan iborat.
Maqsadlarni shakllantirish
– bu keyingi harakatlar uchun aniq,
tarkiblangan va amalga oshirish uchun yaroqli bo’lgan me’yorlar tizimini
yaratish.
Rejalashtirishda, agar aniq ifodalangan maqsadlar tizimi mavjud
bo’lmasa, ushbu bosqich alohida ahamiyatga ega. “Maqsadlarni
shakllantirish” bosqichi vazifalarining hal etilishi keyingi harakatlar uchun
me’yorlarni aniq belgilashga yordam beradi. Agar, aksincha, maqsadlar
tizimi mavjud bo’lsa, u holda rejalashtirish jarayonining birinchi
bosqichidan, odatda, voz kechish mumkin. Maqsadlarni shakllantirishdagi
asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: maqsadlarni topish, maqsadlarga
aniqliklar kiritish, maqsadlarni tarkiblash, maqsadlarning amalga oshirilish
imkoniyatini tekshirish, maqsadlarni tanlash.
Ularda yuqori tartibdagi boshlang’ich maqsadlar belgilanadigan
tadbirlarga maqsadlarni topish deyildi. Boshlang’ich maqsadlardan turli
darajadagi quyi tartibning alohida maqsadlari ajratiladi. Quyi maqsadlar
yuqori
maqsadlarga
bo’ysunadi. Ehtimoliy maqsadlar ularning
boshlang’ich maqsadlarga mos kelishini o’lchash orali muntazam
tekshirilib turiladi.
Maqsadlarga aniqliklar kiritish maqsadlar mazmuni, shakllari,
atamalar, alohida maqsadlar cheklovlarini yanada aniq belgilashni
anglatadi. Maqsadlarga aniqliklar kiritish va maqsadlarni topish o’zaro
70
uzviy bog’langan. Aniq ifodalanadigan maqsadlar ancha aniq rejalashtirish
va nazorat qilish imkonini beradi va bu bilan boshqaruvning barcha
vositalarining ta’sirchanligini oshiradi.
Maqsadlarni tarkiblashda barcha topilgan maqsadlarni ko’p pog’onali
tartibga keltirishga intilinadi. Bunda turli maqsadlar maqsadlar ierarxiyasi
(maqsadlar tizimi) bo’lishi mumkin. Maqsadlarning «teleologik»
ierarxiyasi yuqori va quyi tartib maqsadlarli “maqsad va vosita”
munosabatida bo’lgan holatda yuzaga keladi. Maqsadlarning mantiqiy
ierarxiyasi tushunchalarning muayyan tizimini qo’llashdan kelib chiqadi.
Agar R davrining foydasi quyidagicha aniqlansa:
R = (davr daromadi) – (davr xarajatlari),
u holda davr foydasi daromad va xarajatlarga qaraganda yanada
yuqori tartib maqsadi hisoblanadi. Ustuvor yo’nalishlar bo’yicha ierarxiya
maqsadlarning yana bir ierarxiyasi bo’lib, unda yuqori tartib maqsadlari
sifatida ularni amalga oshirishda yuqori ustunlik beriladigan maqsadlar
ko’rib chiqiladi. Qarorlar qabul qilishdagi maqsadlar nisbatiga ko’ra
maqsadlar ierarxiyasi qarorlar qabul qilish modeli uchun maqsadlarning
ahamiyatini hisobga olish asosida shakllanishi mumkin. Bunda asosiy
maqsadlar ikkinchi darajali maqsadlardan farq qiladi. Va, nihoyat,
korxonani boshqarish unsurlari bilan shakllanadigan va korxona
maqsadlari, bo’linmalar maqsadlari, bo’limlar maqsadlari va lavozim
maqsadlarining ajralishiga olib keluvchi maqsadlarning tashkiliy
ierarxiyasi haqida ham to’xtalib o’tish lozim. Agar boshqaruv tizimi bilan
maqsadlar tizimini o’zaro muvofiqlashtirish zarur bo’lsa, maqsadlarning
ushbu ierarxiyasi dastlabki o’ringa chiqadi.
Maqsadlarni tanlash (maqsadlar bo’yicha qarorlar qabul qilish)
deganda qarorning pochta orqali qabul qilinishiga olib keluvchi
harakatlarni tushunish lozim. Agar maqsadlarning bir necha muqobil
tizimlari ishlab chiqilgan bo’lsa, u holda yuqori tartib maqsadlariga
erishishni yaxshiroq ta’minlaydigan maqsadlar tizimini tanlash zarur.
Maqsadlarning amalga oshirilish imkoniyatini tekshirish tamoyili
alohida maqsadlar texnik-iqtisodiy shartlar, maqsadlar tizimining tarkibi,
xodimlarning mavjudligi nuqtai nazaridan erishilajakligini, amalga
oshirilajakligini aniqlashga yo’naltirilgan. Tarkibiy-maqsadli jihat
maqsadlarning ularning birgalikda mavjud bo’la olishligi bo’yicha
munosabatlarini qamrab oladi. Bunda maqsadlar birgalikda mavjud bo’la
olishi ham, bo’la olmasligi ham mumkin. Birgalikda mavjud bo’la
oladigan maqsadlar xolis (betaraf) va bir-birini to’ldiruvchi maqsadlar
bo’lishi mumkin. Birgalikda mavjud bo’la olmaydigan maqsadlar haqida
71
Do'stlaringiz bilan baham: |