Ommaviy baholash –
aholining alohida guruhlarining sostiologik
tadqiqotlar jarayonida rejalashtirishning qandaydir muammosining
mohiyati yuzasidan fikrlarini aniqlash.
Prognoz –
hodisa rivojining istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan
ilmiy tadqiqot oldindan ko’ra bilishning bir shakli hisoblanadi.
Reja –
bu oldinga qo’yilgan maqsadga erishish chora-tadbirlari
to’g’risida qaror.
Rejalashtirish –
bu o’z maqsadlariga erishish uchun xo’jalik
yurituvchi subyektning oqilona xatti-harakatini iqtisodiy asoslash
jarayonidir.
Rejalashtirish –
davlat, boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi
subyektlarning mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar, mulkchilikning barcha
shakllaridagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini
ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |