Byudjetdan mablag’ oluvchi (byudjet muasasasi) – bu ijroiya
hokimiyati organi tomonidan notijorat xususiyatiga ega bo’lgan
Funksiyalar (boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va b.)ni
amalga oshirish uchun tashkil etilgan va smeta tartibida moliyalanuvchi
tashkilot.
Byudjet daromadlari – davlatning qonun hujjatlariga muvofiq
davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining
ixtiyoriga beg’araz va qaytarishsiz tartibda kelib tushuvchi pul
mablag’lari.
Byudjetlarning soliqdan tashqari daromadlari – davlatning
iqtisodiy faoliyati yoki olingan daromadlarni byudjet tizimining darajalari
bo’yicha qayta taqsimlash natijasida hosil bo’ladi.
Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organlari vazifalari va Funksiyalarini moliyalashga yo’naltiriladigan pul
mablag’lari.