Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana30.01.2020
Hajmi1,73 Mb.
#38191
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
ekologiya huquqi


3§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va 
majburiyatlari. 
 
 
O`simlik 
dunyosi 
obyektlaridan 
foydalanuvchilarning 
huquq 
va 
majburiyatlari  "O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish 
to`g`risida"gi  qonunning  10-moddasida  belgilab  berilgan.  Shulardan  birinchisi 
o`simlik  dunyosi  obyektlaridan  ularni  berib  qo`yish  shartlariga  muvofiq 
foydalanishdir. O`simlik  dunyosi  obyektlari nima  maqsadda  berilgan  bo`lsa, ya'ni 
ilmiy  maqsadda  foydalanishga,  yog`och  kesish  uchunmi,  yoxud  yaylov 

maqsadidami  foydalanuvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  shu  maqsadda 
foydalanish  huquqiga  ega  bo`ladilar.  Agar  o`simlik  dunyosi  obyekti  ilmiy 
maqsadlar uchun berilgan bo`lsa, undan ovchilik uchun foydalanish mumkin emas 
va hokazo. 
 
O`simlik 
dunyosi 
obyektlaridan 
foydalanuvchilarning 
navbatdagi 
huquqlaridan  biri  bu  belgilangan  tartibda  olingan  o`simlik  dunyosi  obyektlari 
mahsulotini  tasarruf  etish  huquqidir.  O`simlik  dunyosidan  foydalanuvchilar 
ma'lumki  undan  foydalanish  jarayonida  ma'lum  mol-mulkka  -  ovchilik 
mahsulotlari,  dorivor  va  zirovorlar,  yog`och  xom  ashyosi,  pichan,  oziq-ovqat 
mahsulotlariga  ega  bo`ladilar.  Qonunda  belgilangan  tartibda  egallangan  ushbu 
o`simlik  dunyosi  mahsulotlari  undan  foydalanuvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
tomonidan mustaqil ravishda tasarruf etiladi. 
 
Yuqorida 
aytilganlardan 
tashqari 
simlik 
dunyosi 
obyektlaridan 
foydalanuvchilar  buzilgan  huquqlarini  tiklanishi  hamda  o`zlariga  yetkazilgan 
zararning  qoplanishini  talab  qilish  huquqiga  egadirlar.  Masalan,  o`rmon  xo`jaligi 
korxonalari  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  o`rmonlardan  qonunga  xilof 
ravishda  foydalanilganda  buzilgan huquqlarini sud  yo`li bilan  tiklash va o`zlariga 
yetkazilgan zararni to`la undirib olish huquqiga egadirlar. 
 
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar huquqlar bilan bir qatorda 
ba'zi majburiyatlarga ham rioya qilishlari shartdir. Shulardan eng muhimi o`simlik 
dunyosi  obyektlaridan  foydalanishning  belgilangan  qoidalariga  rioya  etishdir. 
Ma'lumki, o`simlik dunyosi obyektlari oldindan belgilangan maqsad, ya'ni yaylov 
maqsadida,  yovvoyi  o`simlik  mevalarini  terish,  ilmiy  maqsadda,  yoxud  pichan 
o`rish,  yoki  yog`och  kesish  masadlarida  berilishi  mumkin.  O`simlik  dunyosi 
obyektlaridan  foydalanuvchilar  eng  avvalo  mana  shu  talabga  rioya  qilgan  holda 
undan  foydalanishlari  lozim.  Bundan  tashqari,  yog`och  kesish,  pichan  o`rish,  ov 
qilishning o`z tartib-qoidalari mavjud bo`lib, o`simlik dunyosidan foydalanuvchilar 
shu shartlarni ham bajarishlari talab etiladi. 
 
Navbatdagi  majburiyatlaridan  biri  foydalanishga  berib  qo`yilgan  o`simlik 
dunyosi 
obyektlaridan 
oqilona 
foydalanish 
shartdir. 
O`simlik 
dunyosi 
obyektlaridan foydalanuvchi subyektlar undan ilm-fan tavsiyasi asosida, unga zarar 
yetkazmasdan,  kamyob  o`simlik  turlarini  yo`qolib  ketishga  yo`l  qo`ymasdan, 
tabiatning  umumiy  qonuniyatlariga  rioya  etgan  holda,  o`simlik  dunyosini  takror 
ko`paytirishni ko`zlab oqilona foydalanishga majburdirlar. 
 
O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish  va ularni takror ko`paytirish 
chora-tadbirlarini  amalga  oshirish  foydalanuvchilarning  asosiy  majburiyatlaridan 
biridir.  Buning  uchun  o`simlik  dunyosi  obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ularni 
ko`paytirish  qoidalari  va  normativlarini  belgilash,  O`zbekiston  Respublikasi  Qizil 
kitobiga  kiritilgan  kamyob  va  yo`qolib  ketish  xavfi  ostida  turgan  o`simliklar 
turlarini  muhofaza  qilishning  alohida  rejimini  belgilash,  o`simlik  dunyosi 
obyektlaridan  foydalanishda  cheklashlar  va  ta'qiqlashlarni  belgilash,  alohida 
muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  barpo  qilish,  o`simlik  dunyosi  obyektlari  va 
ular o`sadigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish va takror ko`paytirish 
sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, davlat ekologik ekspertizasi o`tkazish, 
davlat nazoratini amalga oshirish kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo`ladi. 

 
O`simlik  dunyosini  muhofaza  qilish  uchun  qonunda  belgilanishicha, 
o`simlik  dunyosi  obyektlari  o`sadigan  muhitga  ta'sir  ko`rsatadigan  faoliyat  shu 
obyektlarning  saqlanishini  ta'minlaydigan  talablarga  rioya  etilgan  holda  amalga 
oshirilishi  lozim  (24-modda).  O`simlik  dunyosi  o`sadigan  muhitga  salbiy  ta'sir 
ko`rsatishi  mumkin  bo`lgan  ishlab  chiqarish  obyektlarini  joylashtirish  va  ulardan 
foydalanish,  yangi  texnologiyalarni  joriy  etish,  geologiya-qidiruv  ishlarini 
o`tkazish,  foydali  qazilmalarni  qazib  olish,  chorva  mollarini  o`tlatib  boqish 
O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  va 
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  o`rmon  qo`mitasi  bilan  kelishib  olinishi  kerak. 
O`simlik  dunyosini  himoya  qilish  chora-tadbirlari  bilan  ta'minlanmagan  ishlab 
chiqarish  obyektlarini  ishga  tushirish  hamda  texnologiyalarni  qo`llash  man 
qilinadi. Mineral o`g`itlar va boshqa dorilar qo`llanilgan taqdirda o`simlik dunyosi 
obyektlarini muhofaza qilish talablari hisobga olinishi zarur bo`ladi. 
 
Yuqorida  sanab  ko`rsatilganlardan  tashqari,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
o`simlik  dunyosi  obyektlaridan  foydalanish  joylarida  yong`in  xavfsizligiga  rioya 
etishlari  hamda  o`simlik  dunyosi  obyektlaridan  foydalanganlik  uchun  haqni  o`z 
vaqtida to`lab borishlari talab etiladi. 
  
4§. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning 
chora-tadbirlari. 
 
 
O`simlik  dunyosi  obyektlarini  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish 
huquqini  himoya  qilishning  chora-tadbirlari  O`zbekiston  Respublikasining 
harakatdagi  qonunlarida  belgilangan.  Chunonchi,  O`zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasida ko`rsatilishicha, o`simlik dunyosi umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir (55-modda). Bundan tashqari 
Asosiy 
qonunimizda 
fuqarolarning  tabiiy 
atrof 
muhitga  ehtiyotkorona 
munosabatda  bo`lishlari  lozimligi  o`rnatilgan.  Bu  konstitutsion  qoidalar  o`simlik 
dunyosini  muhofaza  qilish  va  undan  foydalanish  huquqini  himoya  qilishning 
kafolatlari bo`lib hisoblanadi. 
 
Ushbu konstitutsion qoidalardan kelib chiqib  O`zbekiston  Respublikasining 
"O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi, "O`rmon 
to`g`risida"gi,  "Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risida"gi,  "Alohida  muhofaza 
etiladigan 
tabiiy 
hududlar  to`g`risida"gi 
qonunlarida  o`simlik  dunyosi 
obyektlaridan foydalanish huquqini himoya qilishning chora-tadbirlari belgilangan. 
Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va 
undan  foydalanish  to`g`risida"gi  qonunida  ko`rsatilishicha,  o`simlik  dunyosidan 
oqilona  foydalanish  zarur  va  u  davlat  muhofazasidadir  (3-modda).  O`simlik 
dunyosi  obyektlaridan  foydalanuvchilar  undan  qonunda  belgilangan  tartib-
qoidalarga  rioya  etgan  holda  foydalanishlari  shart.  Agar  shu  tartibga  rioya 
qilinmasa  o`simlik  dunyosi  obyektlaridan  foydalanish  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda cheklab qo`yilishi, to`xtatib turilishi yoki man etilishi mumkin 
(11-modda).  Bundan  tashqari,  ushbu  qonunda  o`rnatilishicha  O`zbekiston 
Respublikasi  Qizil  kitobiga  kiritilgan  kamyob  va  yo`qolib  ketish  xavfi  ostiba 
turgan  o`simlik  turlarini  yig`ish  man  etiladi.  Ulardan  foydalanishga,  savdo 

qilishga,  chet  elga  olib  chiqishga  alohida  hollarda  O`zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat 
qo`mitasining  taqdimnomasi  va  O`zbekiston  Fanlar  akademiyasining  xulosasi 
bo`yicha beradigan ruxsatnomalar asosida yo`l qo`yilgan (11-modda). 
 
O`simlik dunyosi o`sadigan muhitga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan 
ishlab  chiqarish  obyektlarini  joylashtirish  va  ulardan  foydalanish  agar  himoya 
qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlanmagan bo`lsa ishga tushirish ta'qiqlanadi. 
 
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya 
qilish fuqarolik, ma'muriy, jinoiy huquqiy vosita va usullar yordamida ham amalga 
oshirilishi  mumkin.  Fuqarolik  kodeksida  belgilangan  buzilgan  huquqni  himoya 
etish  usullari  o`simlik  dunyosidan  foydalanish  huquqini  himoya  qilishda  ham 
qo`llanilishi mumkin. Shunday usullardan biri huquqni buzishga qaratilgan bitimni 
haqiqiy  emas  deb  topish  hisoblanadi.  Masalan,  o`simlik  dunyosi  obyektlariga 
nichsbatan  g`ayriqonuniy  bitimlar  tuzilsa,  pichanzorlar  g`ayriqonuniy  ravishda 
foydalanishga  berilsa, o`rmon  fondiga  nisbatan  ijara  shartnomasi qonunni buzgan 
holda  tuzilsa  bunday  bitimlar  haqiqiy  emas  deb  topiladi  va  taraflarning  har  biri 
boshqasiga  bitim  bo`yicha  olgan  hamma  narsani  qaytarib  berishi,  olingan  narsani 
aslicha  qaytarib  berish,  olingan  daromadni,  yetkazilgan  zararni  qoplash 
harakatlarini amalga oshirishi lozim bo`ladi. 
 
Yana bir fuqarolik huquqiy himoya usuli huquqiy munosabatni bekor qilish 
yoki  o`zgartirish  hisoblanadi.  Ma'lumki,  o`simlik  dunyosi  obyektlaridan 
foydalanish  bo`yicha  huquqiy  munosabat  turli  subyektlar  o`rtasida  subyektiv 
huquqlarni amalga oshirish yoki burchlarni bajarish bo`yicha ro`y beradigan o`zaro 
ijtimoiy munosabat ma'nosida tushuniladi. Bunday huquqiy munosabat ichida eng 
keng  tarqalgani  shartnomaviy  munosabatdir.  Agar  mana  shu  huquqiy  munosabat 
jarayonida  uning  boshqa  ishtirokchilari  tomonidan  huquq  buziladigan  bo`lsa, 
bunday huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o`zgartishi mumkin. 
 
Buzilgan huquqni himoya qilish usullaridan yana biri huquqbuzar tomonidan 
burchni  aslicha  (natura)  holida  bajarishga  majbur  qilish  hisoblanadi.  Masalan, 
o`simlik  dunyosi  obyektni  takror  ko`paytirish  majburiyatini  olgan  tomon  shu 
majburiyatni bajarmasa, uni tegishli tartibda ushbu burchni bajarishga majbur etish 
mumkin. 
 
Zararni  qoplash  va  neustoyka  undirish  buzilgan  huquqni  himoya  qilish 
yo`llaridan  biridir.  Ushbu  usul  burchni  natura  shaklida  ijro  etishga  majburlash 
usulidan  shunisi  bilan  farq  qiladiki,  bunda  huquqbuzar  tomonidan  sodir  etilgan 
huquqbuzarlik  uchun  pul  ko`rinishida  tovon  to`lanishiga  rozi  bo`linadi.  O`simlik 
dunyosi  obyektlaridan  foydalanish  qoidalari  buzilganda  fuqarolik  huquqiy 
javobgarlik sifatida neustoyka undirish qo`llaniladi. 
 
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqi ma'muriy 
huquqiy  usullar  yordamida  ham  himoya  qilinadi.  Bunda  ma'muriy  qonunchilik 
chora-tadbirlari  huquq  buzilishini  tiklashga,  aybdorni  ma'muriy  yo`llar  bilan 
jazolashga  xizmat  qiladi.  Chunonchi,  O`zbekiston  Respublikaining  Ma'muriy 
javobgarlik  to`g`risidagi  kodeksining  VIII  bobida  ko`rsatilishicha,  o`rmon  fondi 
yerlaridan  foydalanish  qoidalarini  buzish  (77-modda),  kesiladigan  o`rmon 
fondidan  foydalanish  tartibini  buzish  (78-modda),  daraxtlar,  butalar,  boshqa 

o`rmon  o`simliklari  va  niholarni  g`ayriqonuniy  ravishda  kesish,  shikastlantirish 
yoki  yo`q  qilish  (79-modda),  o`rmonlarni  tiklash  qoidalarini  buzish  (80-modda), 
Qizil  kitobga  kiritilgan  o`simliklarni  yig`ish  (81-modda),  alohida  muhofaza 
etiladigan  tabiiy  hududlar  tartibini  buzish  (82-modda),  o`rmon  uchun  foydali 
faunani  yo`q  qilib  yuborish  (83-modda),  o`rmonlarda  yong`in  xavfsizligi 
talablarini  buzish  (84-modda)  kabi  ma'muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etgan 
fuqarolarga  nisbatan  eng  kam  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  tortib,  to  besh 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  bir  baravaridan,  to  yetti  baravarigacha 
jarima  solish  jazosi  qo`llaniladi.  Agar  aniq  bir  ma'muriy  huquqbuzarlik,  masalan 
Qizil kitobga kiritilgan o`simliklarni yig`ish (81-modda) huquqbuzarligini oladigan 
bo`lsak  ushbu  normada  belgilanishicha,  O`zbekiston  Respublikasining  Qizil 
kitobiga  kiritilgan  o`simliklarni  yoxud  shunday  o`simliklarning  ildizlari, poyalari, 
shoxlari,  barglari,  gullari,  mevalari  va  urug`larini  o`zboshimchalik  bilan  yig`ish 
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  ikkidan  bir  qismidan    ikki  baravarigacha, 
mansabdor  shaxslarga  esa  ikki  baravaridan  besh  baravarigacha  miqdorda  jarima 
solishga  sabab  bo`ladi.  Huddi  shunday  huquqbuzarlik  ma'muriy  jazo  chorasi 
qo`llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, fuqarolarga eng 
kam  ish  haqining  ikki  baravaridan  besh  baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa 
uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. 
 
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqini himoya 
qilishning navbatdagi vositalaridan biri jinoiy-huquqiy jazo choralari bilan himoya 
etishdir.  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  ekologiya  sohasidagi 
jinoyatlarga  bag`ishlangan  to`rtinchi  bo`limining  o`n  to`rtinchi  bobida  atrof 
muhitni    muhofaza  qilish  va  tabiatdan  foydalanish  sohasidagi  jinoyatlar  uchun 
jinoiy javobgarlik belgilangan bo`lib, bu jinoiy jazo choralari o`simlik dunyosidan 
foydalanish  qoidalarini  buzganlarga  nisbatan  ham  qo`llaniladi.  Xususan,  Jinoyat 
kodeksining  198-moddasida  ekinzor, o`rmon  yoki  boshqa  dov-daraxtlarga  shikast 
yetkazish  yoki  ularni  nobud  qilish,  199-moddada  o`simliklar  kasalliklari  yoki 
zararkunandalari  bilan  kurash  talablarini  buzish,  202-moddasida  hayvonot  yoki 
o`simlik  dunyosidan  foydalanish  tartibini  buzish,  204-moddasida  esa  alohida 
muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  tartibini  buzish  kabi  jinoiy  xatti-
harakatlar  uchun  eng  kam  oylik  ish  haqining  ellik  boravaridan  yuz  baravarigacha 
miqdorda  jarima,  uch  yilgacha  muddatda  axloq  tuzatish  ishi,  muayyan  huquqdan 
besh yilgacha muddatga mahrum qilish, mol-mulkini musodara qilish, olti oygacha 
qamo,  hamda  besh  ymlgacha  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazolari 
qo`llanilishi mumkinligi belgilangan. 
 
 
XII BOB.  O`RMONLARDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA 
QILISHNING HUQUQIY HOLATI. 
 
1§. O`rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasi. 
  
 
O`rmon  tabiatning  eng  bebaho  boyliklaridan  biridir.  U  tabiiy  atrof  muhitni 
sog`lomlashtirish,  inson  yashash  sharoitini  yaxshilash,  yer  va  suv  boyliklarini 

muhofaza  qilish,  atmosfera  havosini  tozalashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu 
bilan  birga  O`zbekistonda  o`rmonlar  xalq  xo`jaligida  mahalliy  ehtiyojlarni 
qondirishda muhim rol o`ynaydi. 
 
Statistik  ma'lumotlarga  ko`ra,  mamlakatimiz  o`rmon  fondining  umumiy 
maydoni  9.147.275  gektarni  tashkil  etadi.  Jumladan,  shu  maydonning  3002541 
gektari  o`rmon  bilan  qoplangan  bo`lib,  unda  12  mln.kub  metr  yog`och  zaxirasi 
mavjud.  Respublikamiz  hududining  5,1  foizi  daraxtzor  bo`lib,  u  har  bir  kishi 
boshiga  0,1  gektarni  tashkil  etadi. O`zbekiston  Respublikasida  jami  90  ta  o`rmon 
xo`jaligi korxonasi mavjud bo`lib, bulardan 72 tasi o`rmon xo`jaligi, 6 tasi davlat 
qo`riqxonasi,  2tasi  dorivor  va  ozuqa  o`simliklari  o`stirish  va  qadoqlashga 
ixtisoslashgan  xo`jalik,  2  tasi  o`rmon  ovchilik  xo`jaligi,  2  tasi  Zoomin  va  Ugam-
Chotqol milliy istirohat bog`lari va 2 tasi xo`jalik hisobidagi o`rmon uchastkalari, 
1ta ixtisoslashtirilgan o`rmon xo`jaligi,  2 ta bosh o`rmon korxonasi va 1tasi ishlab 
chiqarish o`quv markazidir. 
 
O`rmon  deganda,  o`rmon  fondiga  ajratilgan,  davlat  ro`yxatiga  olingan, 
asosan  ekologik  vazifalarni  bajaradigan  va  cheklangan  darajadagi  foydalanish 
ahamiyatiga ega bo`lgan daraxtlar, butalar va boshqa o`simliklardan tarkib topgan 
tabiat obyekti majmuini tushunish kerak. 
 
Yuridik adabiyotlarda o`rmondan foydalanish huquqining tushunchasi ishlab 
chiqilgan  bo`lib,  unga  ko`ra  bunday  huquq  deb,  o`rmondan  foydalanish  va  qayta 
tiklash tartibi va shartlarini belgilovchi, o`rmondan foydalanuvchilarning huquq va 
majburiyatlarini  o`rnatuvchi  hamda  o`rmonni  muhofaza  qilish  qoidalarini 
mustahkamlovchi huquqiy me'yorlar yig`indisiga aytiladi.
1
  
 
yuridik adabiyotlarda berilgan o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasida 
bir  muhim  salbiy  tomoni  bor,  ya'ni  uning  asosini  bu  huquqning  jamiyat  iqtisodiy 
talablarini  qondirish  maqsadlariga  amal  qilishdir.  O`zbekistondagi  o`rmonlarning 
o`ziga xos vazifalari va foydalanishidan kelib chiqib, bunday yondashuv noto`g`ri 
ekanligini  aytib  o`tmoqchimiz.  O`zbekistondagi  o`rmonlardan  jamiyat  iqtisodiy 
talablarini qondirish maqsadlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emasligi va bu 
holatni  o`rmon  to`g`risidagi  qonun  hujjatlarida  mustahkamlab  qo`yish  lozim 
ekanligi to`g`risidagi fikr ham aytilgan.
1
  
 
endilikda  "O`rmon  to`g`risida"gi  Qonunning  3-moddasida  o`rmondan 
foydalanish  huquqining  pirovard  maqsadi  iqtisodiy  talabni  qondirish  emas,  balki 
asosan  ekologik  vazifa  ekanligi  va  xo`jalik  muomalasiga  cheklangan  miqdorda 
tortilishi  belgilab  qo`yilgan.  Mana  shu  nuqtai  nazardan  yuridik  adabiyotlarda  
mavjud o`rmondan foydalanish huquqi tushunchasini O`zbekiston sharoitida to`liq 
qo`llab  bo`lmaydi.  Bu  tushuncha  bizning  sharoitimiz  uchun  eskirgan  hisoblanadi. 
Qolaversa,  mavjud  tag`riflarda  o`rmondan  foydalanish  huquqi,  o`rmon  huquqi, 
huquq  tarmog`ining  asosiy  instituti  ekanligidan  kelib  chiqib  berilga.  Bu  esa  o`z 
navbatida  subyektiv  huquqni  xaspo`shlashlikka  olib  kelgan.  Shu  boisdan  bir 
o`rmondan  foydalanish  huquqini  ikkita  to`rga  bo`lamiz:  u  flora  (o`simliklar 
dunyosi) huquqi asosiy instituti va subyektiv huquqdir. 
                                                 
1 Krassov O.I. Pravo lesopolzovaniya v SSSR. M.: Nauka, 1990. -S.26. 
1 Jurayev YU.A. Problemi pravovogo rejima i oxrani gosudarstvennix pamyatnikov prirodi. T.: Fan, 1990. S.17.  

 
Yuqorida  aytilgan  fikrlardan  kelib  chiqib,  o`rmondan  foydalanish  huquqi 
deb,  tegishli  huquq  tarmog`ida  berilgan  o`rmon  uchastkalaridan  foydalanish  va 
muhofaza  qilish  munosabatlarini  asosan  ekologik  vazifalar  hamda  cheklangan 
xo`jalik  yuritish  masadlarida  tartibga  soladigan,  subyektlarning  o`rmondan 
foydalanish  sohasida  huquq  va  majburiyatlarini  ta'minlaydigan  me'yorlar 
yig`indisiga aytiladi. 
 
O`rmonlardan  foydalanish huquqi tushunchasini  to`liq tasavvur  etish uchun 
o`rmonlardan  foydalanish  turlari  haqida  to`xtalib  o`tish  lozim.  O`rmonlardan 
foydalanish  turlarini  to`g`ri  turkumlash  o`rmonlardan  oqilona  foydalanish  hamda 
ularni  muhofaza  qilishni  amalga  oshirish  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Shu 
o`rinda  "O`rmon  to`g`risida"gi  Qonunning  25-moddasi  diqqatga  sazovordir. 
O`rmonlardan  foydalanishni  turkumlashning  asosi  bo`lib,  ularning  tabiat  obyekti 
sifatida  roli  hisoblanadi.  Shundan  kelib  chiqib,  o`rmonlardan  foydalanishni 
quyidagicha  turkumlash  mumkin:  daraxtzorlar  va  butazorlarni  kesish;  o`rmondan 
qo`shimcha  foydalanish:  pichan  o`rish,  mol  boqish,  asalari  uyalari  va  qutilarini 
joylashtirish,  asal  yig`ish,  daraxt  po`stlog`i,  to`nka,  to`plash  yovvoyi  o`simliklar 
dorivor  xom-ashyosini  tayyorlash  (yig`ish)  va  oziq-ovqat  maqsadlari  uchun 
yovvoyi  o`simliklarni  tayyorlash  (yig`ish);  davlat  o`rmon  fondi  uchastkalaridan 
ovchilik  xo`jaligi  ehtiyojlari  uchun  foydalanish;  davlat  o`rmon  uchastkalarida 
ilmiy-tadqiqot  maqsadlarida  foydalanish;  davlat  o`rmon  fondi  uchastkalaridan 
madaniy-mag`rifiy, 
tarbiyaviy, 
sog`lomlashtirish, 
rekreatsion 
va 
estetik 
maqsadlarda foydalanish. 
 
O`rmonlardan  foydalanishni  tartibga  soluvchi  harakatdagi  qonunchilikni 
tahlil  qilish  o`rmondan  foydalanish  huquqini  amalga  oshirishning  huquqiy 
shakllarini ko`rsatib beradi. "O`rmon to`g`risida"gi Qonunning mazmuniga binoan 
o`rmonlardan  foydalanish  huquqi  doimo  birlamchi  bo`lib  hisoblanadi.  O`rmon 
xo`jaligi  yurituvchi  korxonalar  hamma  holatlarda  o`rmonlardan  birlamchi 
foydalanuvchi  va  egalik  qiluvchi  subyektlar  sifatida  harakat  qiladilar.  O`rmon 
fondi yerlari ijara asosida  foydalanishga topshirilganida esa ijarachilar o`rmondan 
ikkilamchi  foydalanuvchi  bo`lib  hisoblanadilar.  Oldingi  qonunlarga  ko`ra, 
o`rmonlardan  birlamchi  subyekt  sifatida  foydalanayotganlar  uni  ikkilamchi 
foydalanish  uchun  berishlari  mumkin  emas  edi.  Endi  esa  tartib  bir  muncha 
o`zgardi. O`rmonlardan foydalanuvchilar tomonidan qonunda belgilangan tartibda 
yer  uchastkalarini  pichan  o`rish  va  mol  boqish,  xizmat  uchun  chek  yerlar 
berishlarini  agar  ular  ijara  shartnomasi  asosida  amalga  oshirilsa,  o`rmonlardan 
ikkilamchi foydalanish huquqi deb qarash mumkin. 
 
O`zbekiston 
Respublikasi  "O`rmon 
to`g`risida"gi  qonuniga  ko`ra, 
o`rmonlardan  foydalanish  huquqi  doimiy  va  vaqtinchalik  bo`lishi  mumkin  (19-
modda).  O`rmon  fondi  yerlari  doimiy  egalik  qilishga  berib  qo`yilgan  o`rmon 
xo`jaligi 
korxonalari, 
muassasalari, 
tashkilotlari 
o`rmondan 
doimiy 
foydalanuvchilardir.  O`rmondan  vaqtinchalik  foydalanish  qisqa  muddatli  uch 
yilgacha va uzoq muddatli o`n yilgacha bo`lishi mumkin. 
 
O`rmonlardan 
foydalanish 
O`zbekiston 
Respublikasida 
pullikdir. 
O`rmondan foydalanganlik uchun to`lov haqi belgilangan tartibda Davlat budjetiga 
o`rmon daromadi sifatida kelib tushadi va o`rmon muhofazasi, uni qayta tiklash va 

sifatini  oshirish,  o`rmon  xo`jaliklarini  rag`batlantirish,  o`rmon  tuzish  ishlari  kabi 
maqsadlarda  ishlatiladi.  O`rmondan  foydalanganlik  uchun  to`lov  haqi  yoki  ijara 
haqi  har  yillik  yoki  bir  martalik  yoxud  ijara  haqi  shakllarida  bo`lishi  mumkin. 
Ularning  hajmi  o`rmonlardan  foydalanish  turlariga  ko`ra  o`rmon  bilan 
qoplanmagan yerlarning holati va sifatiga ko`ra belgilanadi. 
  
Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish