Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


§. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana30.01.2020
Hajmi1,73 Mb.
#38191
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
ekologiya huquqi


5§. Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari. 
 
Yer  resurslaridan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  etish  munosabatlarini 
tartibga soluvchi qonunlar yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlarini 
belgilaydi. Bu chora-tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik, 
Jinoyat,  Ma'muriy  javobgarlik,  Mehnat,  Yer  Kodekslari,  shuningdek  boshqa 
me'yoriy hujjatlarda o`rnatilgan. 
Yerlarni  muhofaza  qilish  huquqiy  chora-tadbirlari  deganda  qonun 
normalarida  o`rnatilgan  yerdan  foydalanish  va  muhofaza  qilishga  oid  buzilgan 
huquqlarni tiklash hamda huquqbuzarliklarni jazolashga taalluqli bo`lgan qoidalar 
yig`indisi tushuniladi. 
Yerlarni  muhofaza  qilishning  huquqiy  chora-tadbirlari  O`zbekiston 
Respublikasining  Ma'muriy  javobgarlik,  Jinoyat,  Fuqarolik,  Mehnat,  Yer 
Kodekslari normalarida o`z ifodasini topgan. Bu normalarda yerlardan foydalanish 
qoidalarini  buzganlik,  yerlarni  muhofaza  qilish  bo`yicha  qonun  talablarini 
bajarmaganlik uchun tegilshicha jazo choralari belgilangan bo`ladi. 
Chunonchi,  yerlarni  muhofaza  qilishning  jinoiy-huquqiy  choralari 
O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  Kodeksining  to`rtinchi  bo`limida  (193-204  -
moddalar)  o`rnatilgan.  Masalan,  JKning  196-moddasida  ko`rsatilishicha,  yerlarni 

ifloslantirish  yoki  buzish  odamlarning  ommaviy  ravishda  kasallanishi,  hayvonlar, 
parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og`ir oqibatlarga sabab 
bo`lsa, eng  kam  oylik  ish haqining  ellik baravaridan  yuz  baravarigacha  miqdorda 
jarima  yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha 
ahloq  tuzatish  ishlari  yoxud  uch  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan 
jazolanadi.  Yoki  shu  kodeksning  197-moddasida  yerdan  foydalanish  shartlarini 
yoki  ularni  muhofaza  qilish  talablarini  buzish  og`ir  oqibatlarga  sabab  bo`lsa,  eng 
kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima, yoki 
uch  yilgacha  ahloq  tuzatish  ishlari  yoxud  uch  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish 
bilan jazolanadi. 
Yerni  huquqiy  muhofaza  qilishda  ma'muriy  qonunlarning  roli  alohida 
ahamiyatga  ega  O`zbekiston  Respublikasi  Ma'muriy  javobgarlik  to`g`risidagi 
Kodeksida  yer  muhofazasiga  qarshi  qaratilgan  bir  qator  hatti-harakatlar  uchun 
javobgarlikni  belgilovchi  normalar  o`z  ifodasini  topgan.  Chunonchi,  ushbu 
kodeksning  60-moddasida  yerdan  o`zboshimchalik  bilan  foydalanish  yoki  yerga 
egalik  huquqini  bevosita  yoki  yashirin  shaklda  buzuvchi  bitimlar  tuzish,  yerdan 
foydalanish huquqini boshqalarga berish, yer uchastkalarini o`zboshimchalik bilan 
egallab  olganlik  uchun  fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  besh  baravaridan  o`n 
besh baravarigacha miqdorda jarima yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma'muriy 
qamoq jazosi belgilangan. 
Yoki ushbu kodeksning 65-moddasida yerlardan xo`jasizlarcha foydalanish, 
ularni  yaroqsiz  holga  tushurish,  66-moddasida  yer  berish  tartibini  buzish,  67-
moddasida vaqtincha  egallab  turilgan  yerlarni o`z vaqtida qaytarib bermaslik, 68-
moddasida xo`jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga 
chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, 69-moddada esa chegara va 
cheklov  belgilarini  yo`q  qilish  yoki  shikastlantirish  hatti-harakatlarini  sodir 
etganlik uchun ma'muriy javobgarlik ko`rsatilgan. 
Yerlardan  xo`jasizlarcha  foydalanish  deganda  yer  ustida  qurilish  obyektlari 
qurish  paytida  tuproqning  unumdor  qatlamini  olmaslik,  yer  maydonlaridan 
belgilanganidan  boshqa  maqsadlarda  foydalanish,  yerlarni  ishdan  chiqarish, 
hosildorligini  pasaytirish  kabi  holatlar  tushuniladi.  Yer  maydonlarini  shunday 
holatga  tushirib  qo`ygan  fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  uch  baravaridan  besh  baravarigacha 
miqdorda jarima solinadi (O`zR MJTK 65-modda). 
Yer  berish  tartibini  buzish  deganda  yerlarni  qonunda  belgilangan  shartlarni 
buzgan  holda,  shuningdek  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  yer  berishga  to`sqinlik 
qilish  tushuniladi.  Bu  ma'muriy  huquqbuzarlik  uchun  mansabdor  shaxslarga  eng 
kam  oylik  ish  haqining  uch  baravaridan    yetti  baravarigacha  miqdorda  jarima 
solinadi (66-modda). 
Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo`lmay  turib 
chetga  chiqish,  tegishli  davlat  organlari  bilan  kelishmay  turib  obyektlarni 
joylashtirish, ichidan yer tuzish loyihalaridan o`zboshimchalik bilan chetga chiqish 
deb  tushuniladi.  Shunday  harakatlar  uchun  fuqarolar  va  mansabdor  shaxslarga 
O`zbekiston  Respublikasi  Ma'muriy  javobgarlik  to`g`risidagi  Kodeksining  68-
moddasi  sanksiyasida  fuqarolarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  uchdan  bir 

qisminidan  bir  baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  ea  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha miqdorda jarima solish mumkinligi ko`rsatilgan. 
Yerlarni huquqiy muhofaza qilishda yer qonunchiligida o`rnatilgan qoidalar 
alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  O`zbekiston  Respublikasi  Yer  Kodeksining  41-
moddasida ko`rsatilishicha, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer  uchastkalari 
ijarachilari  va  mulkdorlarining  buzilgan  huquqlari  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutilgan  tartibda  tiklanishi  kerak.  Ular  huquqlarining  buzilishi  natijasida 
yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to`la hajmda qoplanishi kerak. 
Yer  qonunchiligi  avvalo  qishloq  xo`jaligiga  mo`ljallangan,  ayniqsa 
sug`oriladigan  yerlarni  muhofaza  qilishga  alohida  e'tibor  beradi.  Chunonchi,  Yer 
Kodeksining  43-moddasida  o`rnatilishicha,  qishloq  xo`jaligiga  mo`ljallangan 
yerlarni  qishloq  xo`jaligidan  o`zga  ehtiyojlar  uchun  boshqa  toifadagi  yerlarga 
o`tkazishga  alohida  hollarda  yo`l  qo`yiladi.  Alohida  qimmatga  ega  bo`lgan 
unumdor  sug`oriladigan  yerlar  maxsus  muhofaza  qilinishi    lozim  va  ularning 
sug`orilmaydigan yerlar jumlasiga o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi (45-modda). 
Yer  qonunchiligi  yerlarni  holatiga,  ekologiyasiga  salbiy  ta'sir  etadigan 
obyektlar,  imorat  va  inshootlarni  joylashtirishning  alohida  tartibini  belgilaydi. 
Yerlarni  hosildan  qolishdan  yoki  buzilishdan  himoya  qilish  choralari  bilan 
ta'minlanmagan  hamda  ekologiya  ekspertizasining  ijobiy  xulosasi  bo`lmagan 
obyektlarni  foydalanishga  topshirish  va  bunday  texnologiyalarni  qo`llash 
ta'qiqlanadi (80-modda). 
Yer  qonunchiligida  yerlarni  muhofaza  qilish,  yer  egalari,  yerdan 
foydalanuvchilar  huquqlarini  muhofaza  qilish  chora-tadbirlari  belgilangan.  Yer 
Kodeksining  90-91-moddalarida  ko`rsatilishicha,  yerga  nisbatan  tuzilgan  g`ayri 
qonuniy  bitimlar  haqiqiy  emas  deb  hisoblanadi;  o`zboshimchalik  bilan  egallab 
olingan  yerlar  qaytarib  olinadi;  yer  uchastkalari  olib  qo`yiladi.  Demak,  yerga 
nisbatan g`ayri-qonuniy bitimlar tuzilsa, yer qonunchiligi talablari buzilsa yuqorida 
sanab ko`rsatilgan choralar qo`llaniladi. Biz bu choralarni yer-huquqiy javobgarlik 
jazo choralari deb aytishimiz mumkin. 
Yerlarni  oqilona  muhofaza  qilganlik  uchun  Yer  Kodeksida  (82-modda) 
iqtisodiy rag`batlantirish choralari o`rnatilgan. Iqtisodiy rag`batlantirish yer solig`i 
to`lash  bo`yicha  imtiyozlar  berish,  kredit  berish  bo`yicha  imtiyozlar  berish, 
budjetdan  mablag`lar  ajratish  kabi  tadbirlardan  iborat  bo`lib,  bu  tadbirlar  tuproq 
unumdorligini  saqlash  va  tiklash,  yerlarni  salbiy  holatlardan  muhofaza  qilish, 
meliorativ  holatini  yaxshilash,  yangi  texnologiyani  joriy  qilish  bo`yicha  ishlarni 
amalga oshirganlarga nisbatan qo`llaniladi. 
 
 
 
IX BOB. SUV RESURSLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN 
FOYDALANISHNING HUQUQIY HOLATI. 
 
1§. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy 
holatining tushunchasi va xususiyatlari. 
  

 
Tabiat  boyliklari  orasida  suv  alohida  o`rin  tutadi.  Chunki  barcha  tirik 
jonzotlar  hayotining  asosiy  manbai  suvdir.  Suvsiz  hayot  bo`lishi  mumkin  emas. 
Hattoki ota bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida 
e'tibor  berganlar. Shuning uchun ham  ular  "Suv  zar  - suvchi  zargar",  "Suv uchun 
kurash  -  hayot  uchun  kurash",  deb  bejiz  aytishmagan.  Demak,  planetamizda  suv 
paydo bo`lganidan keiyngina hayot paydo bo`lgan. 
 
Zero,  insoniyat  hayoti  davom  etishi  uchun  odamlar  suvni,  yerdagi  suv 
manbalarini, avvalo chuchuk suvni ehtiyot qilishlari lozim. 
 
Sahron  Kabirdagi  qabilalardan  biriga  mehmon  bo`lgan  sayohatchilarning 
yuvinayotganini  ko`rib,  mezbonlar  ancha  ranjishgan.  Chunki,  ular  butun  qabilaga 
bir necha kunga yetadigan suvni bir pasda tugatishgan. Ma'lum bo`lishicha, suv bu 
yerda eng aziz ne'mat hisoblanib, uni qat'iy nazorat ostida tarqatishar ekan. 
 
Yaponiyaday  rivojlangan  mamlakatga  borgan  bir  mutaxassisimizning 
dastlabki olgan maoshi foydalangan suviga yetmagan. 
 
Hindistondagi  qadimgi  shaharlardan  biri  Moxendjo-Darodagi  xarobalar 
tekshirilganda diametri 0,5 dan 2,5 metrgacha keladigan quduq topilgan, chamasi u 
ayrim  uylarni  suv  bilan  ta'minlagan  hamda  jamoat  joylarida  odamlar 
cho`miladigan  hovuzlar shu  suv bilan to`ldirilgan. Qadimgi  Rimda  suvning  yangi 
manbalari haqida muntazam qayg`urishgan. 312 yilda shaharga 16,5 km uzoqdagi 
toza  suv  manbaidan  vodoprovod  o`tkazilgan.  Taxminan  oradan  50  yil  o`tgach, 
shaharga  Anion  daryosidan  vodoprovod  o`tkazilgan.  Uning  uzunligi  63  km  dan 
ortiq  bo`lgan,  biroq  keyingi  vodoprovod  uzunligi  91  km  edi.  Shunisi  qiziqki, 
vodoprovod  suvi  maxsus  rezervuarlarda  yig`ilib,  tindirilgan.  Unda  suv  bosimi  
kerakligicha  bo`lib,  shu  bosim  tufayli  jamoat  hovuzlari,  fontanlar,  hammomlar, 
shuningdek shaxsiy uylar suv bilan ta'minlangan. 
 
Peruda  "Suv  xudosi"  ibodatxonasi  topilgan.  Unda  fontan  va  kanallar 
bo`lgan,  ular  ibodatxona  yaqinidagi  sharshara  suvi  bilan  to`ldirilgan.  Afinada  esa 
eramizdan  oldingi  VI  asrdayoq  quduq  suvidan  foydalanish  tartibini  belgilaydigan 
qonun chiqarilgan. 
 
Yunonlar  o`z  davrida  Feodesiyada,  Kerchda,  Yevpatoriyada  ajoyib 
vodoprovod  qurganlar.  Qadimgi  Misrda  fir'avnlar  davrida  parmalab  qovlangan 
quduqlar mavjud bo`lgan. 
 
Ichimlik  suvining  odam  organizmi  uchun  ahamiyatini  Sharqning  ko`pgina 
olimlari  yaxshi  bilishgan.  Masalan,  Abu  Ali  ibn  Sino  "Tib  qonunlari"  kitobining 
birinchi  jildida  "Suvning  sifati"  haqida  ko`pgina  ma'lumotlar  keltirilgan,  suvning 
inson  hayoti  uchun  zarur  elementlardan  biri  ekani,  suvning  xususiyatlarini 
yaxshilaydigan bir necha usullarni bayon qilgan. 
 
Ibn Sino o`sha davrdayoq suvni toza saqlash, uni qaynatib ichish kerakligini 
odamlarga uqtirgan. U suvni qaynatib ichishga qarshi nodon tabib va duoxonlarga 
e'tiroz bildirgan. 
 
Ko`rinib  turibdiki,  har  doim  odamlarni  suv  bilan  ta'minlash  masalasi 
muammo  bo`lib  kelgan.  Hattoki,  hozirgi  paytda  ham  Gretsiya,  Gollandiya, 
Germaniya,  Shveysariya,  AQSH  va  boshqa  ko`plab  mamlakatlarda  ichimlik  suvi 
bilan ta'minlash bosh masaladir. 

 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ekologik tanglik bor paytda mustaqil 
O`zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  tabiatning  barcha  boyliklar  qatori,  suv 
resurslariga ehtiyojlari benihoya katta. Kelajak avlodimizning taqdiri, baquvvatligi, 
sog`ligi  obi-hayotimiz  bilan  bog`liq  ekan,  demak,  ayni  shu  kunlarda  qabul 
qilinayotgan suv to`g`risidagi qonun, qaror va farmonlar, suv boyliklaridan oqilona 
foydalanish, uni bulg`anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash ishiga 
ko`maklashishi  lozim.  Asosan  suv  resurslarini  huquqiy  ekologik  muhofaza  qilish 
maqsadida huquqiy ilmiy yo`nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. 
 
Yuqoridagi  talablar  hamda  suv  resurslaridan  foydalanish  va  ularni  huquqiy 
muhofaza qilish, umuman olganda suv resurslari bilan bog`liq barcha muammolar, 
O`zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi 1993 yil 6 
mayda qabul qilingan qonunida
1[1]
 o`z aksini topdi. 
 
O`zbekiston  Respublikasining  1993  yil  6  mayda  qabul  qilingan  "Suv  va 
suvdan  foydalanish  to`g`risida"gi  qonunning  3-moddasiga  asosan,  "Suv 
O`zbekiston  Respublikasining  davlat  mulki  -  umummilliy  boylik  hisoblanadi, 
suvdan oqilona foydalanish lozim bo`lib, u davlat tomonidan qo`riqlanadi." 
 
Ushbu  qonunga  asosan,  O`zbekiston  Respublikasining  yagona  davlat  suv 
fondi: 
 
daryolar,  ko`llar,  suv  omborlari,  boshqa  yer  usti  suv  havzalari  va  suv 
manbalari, kanal va havuzlarning suvlaridan; 
Yer  osti  suvlari  va  muzliklardan  iboratdir.  Davlatlararo  daryolar  -  Amudaryo, 
Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Orol dengizi va boshqa suvlardan foydalanish huquqi 
davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi. 
 
Mazkur  qonunning  18-moddasida  ko`rsatilganidek,  "mulkchilikning  barcha 
shaklidagi  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  dehqon  xo`jaliklari  va 
O`zbekiston  Respublikasi  fuqarolari,  boshqa  davlatlarning  fuqarolari  hamda 
fuqaroligi  bo`lmagan  shaxslar  suvdan  foydalanuvchilar  bo`lishlari  mumkin. 
Qonunlarda  nazarda  tutilgan  hollarda  boshqa  tashkilotlar  va  shaxslar  ham  suvdan 
foydalanuvchi bo`lishlari mumkin." 
 
O`zbekiston  Respublikasining  "Yer  Kodeksi"
1
ning  39-moddasi  "Yer  egasi, 
yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari" sifatida 
barcha  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchichlar,  yer  uchastkalari  ijarachilari  va 
mulkdorlari  ham  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanishlari  va  ularni  muhofaza 
qilishlari shart. 
 
Shuningdek,  O`zbekiston  Respublikasining  "Qishloq  xo`jalik  kooperativi 
(shirkat  xo`jaligi)  to`g`risida"
2
  gi  1998  yil  30  aprelda  qabul  qilingan  qonunining 
16-moddasida  qishloq  xo`jaligi  kooperativlari  (shirkat  xo`jaliklari)  uchun  suvdan 
foydalanishlari, "Fermer xo`jaligi to`g`risida"
1
 gi qonunning 14-moddasida fermer 
xo`jaliklari  uchun  suvdan  foydalanish,  "Dehqon  xo`jaligi  to`g`risida"
2
  gi 
                                                 
1[1] Karang: Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993 yil, 5-son, 221-modda. 
1 Karang: Uzbekiston Respublikasining "Yer Kodeksi", 1998 yil 30 aprel. 
2 Uzbekiston Respublikasining "Kishlok xujaligi kooperativi (shirkat xujaligi) tugrisida"gi konuni, 1998 yil 30 
aprel. 
3 Uzbekiston Respublikasining "Fermer xujaligi tugrisida"gi konuni 1998 yil 30 aprel. 
4 Uzbekiston Respublikasining "Dexkon xujaligi tugrisida"gi konuni 1998 yil 30 aprel. 

qonunning  11-moddasida  dehqon  xo`jaliklari  uchun  suvdan  foydalanishning 
huquqiy tartiblari ko`rsatilgan. 
 
Bundan  tashqari  O`zbekiston  Respublikasi  "Tabiatni  muhofaza  qilish 
to`g`risida"
3
 gi qonunining 19-moddasida "Suvlar va suv havzalaridan foydalanish 
shartlari" ham aniq ko`rsatilgan. 
 
Jumladan,  unda  O`zbekiston  Respublikasi  hududidagi  yer  usti,  yer  osti  va 
dengiz  suvlaridan  zarur  miqdordagi  suvning  tabiiy  aylanishini  saqlash,  uning 
normativida  ko`rsatilgan  darajada  tozaligini  ta'minlash,  suv  o`simliklari  va 
hayvonlarini  asrash,  suv  havzalarning  ifloslanishiga  yo`l  qo`ymaslik,  ularda 
ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon 
yetkazmaslik sharti bilan yo`l qo`yiladi. 
 
Mahalliy  hokimiyat  idoralari,  o`rmon  va  suv  xo`jaligi  idoralari  daryo 
irmoqlari  hosil  bo`ladigan  joylarda,  suv  havzalari  sohili  mintaqalarida 
daraxtzorlarni  tiklashlari  va  dov-daraxtni  ko`paytirishlari  hamda  ularni  saqlashini 
ta'minlashlari shartdir. 
 
Suv  resurslarini  huquqiy  ekologik  jihatdan  muhofaza  qilish  O`zbekiston 
Respublikasining  "Suv  va  suvdan  foydalanish  to`g`risida"gi  Qonunning  XXIV 
bobi, 97-102 moddalarida ko`rsatilgan. 
 
Mustaqil respublikamizda suvni muhofaza qilish vazifalari shundan iboratki, 
"Hamma  suvlar  (suv  obyektlari)  aholi  sog`lig`iga  zarar  yetkazishi,  shuningdek 
baliq  zahiralarining  kamayishi,  suv  ta'minoti  sharoitining  yomonlashishi  hamda 
suvning  fizikaviy,  kimyoviy  va  biologik  hossalari  pasayishi,  suvning  tabiiy 
tozalanish  xususiyati  kamayishi,  suvning  gidrologik  va  gidrogeologik  rejimining 
buzilishi  natijasida  kelib  chiqadigan  boshqa  ko`ngilsiz  hodisalarga  olib  kelishi 
hollaridan muhofaza qilinishi kerak. 
 
Shunisi  e'tiborliki,  suv  to`g`risidagi  ushbu  yangi  qonunda,  suvni  muhofaza 
qilishni, shuningdek  uning holati va  rejimini  yaxshilashni ta'minlovchi  tadbirlarni 
amalga oshirish, faoliyati suvlarning holatiga ta'sir etuvchi korxonalar, tashkilot va 
muassasalar, mahalliy hokimiyat organlari, tabiatni muhofaza qilish, suv xo`jaligi, 
sanitariya  nazorati  organlari  hamda  boshqa  manfaatdor  idoralar  bilan  kelishilgan 
holda  texnologiya,  o`rmon  melioratsiya  va  agrotexnika,  gidrotexnika,  sanitariya-
texnika tadbirlarini o`tkazishlari shart"-deb ko`rsatilgan. 
 
Hozirgi  sharoitda  suvlarni  ifloslantirish  asosan  chiqit  va  chiqindilarni 
befarqlik  oqibatida  tashlash,  oqizish  natijasida  bo`lmoqda.  Ayni,  mana  shu 
muammo  ushbu  qonunning  99-moddasida  ifodalangan.  Korxonalar,  tashkilotlar, 
muassasalar va fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi: 
 
-  ishlab  chiqarish  chiqitlari,  maishiy  va  boshqa  xil  chiqitlar  hamda 
chiqindilarni suv obyektlariga tashlash;  
 
-  moylarning,  yog`ochlarning,  kimyoviy  va  neft  mahsulotlarining  hamchda 
boshqa  mahsulotlarning  to`kilib-sochilishi  natijasida  suvni  bo`lg`atish  va 
ifloslantirish; 
 
-  suv  havzalarining  yuzi,  suv  havzalarini  qoplab  turgan  yaxlar  va 
muzliklarning  yuzasi,  sanoat  chiqitlari,  maishiy  chiqindi  va  boshqa  tashlandiq 
                                                 
5 Uzbekiston Respublikasining "Tabiatni muxofaza kilish tugrisida"gi konuni 1992 yil 9 dekabr


chiqitlar,  shuningdek,  yer  usti  va  yer  osti  suvlarning  sifatini  yomonlashtirib 
yuboradigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg`atish va ifloslantirish; 
 
- suvni o`g`itlar va zaharli ximikatlar bilan bulg`atish. 
 
Oqindi  suvlarni  suv obyektlariga  oqizishga  ushbu  qonunning 73, 74 va  75-
moddalarida ko`rsatib o`tilgan talablarga rioya qilingan taqdirdagina yo`l qo`yiladi. 
Shuningdek  amaldagi  qonunda,  aynan  yer  osti  va  kichik  daryolarni  suvlarini 
huquqiy ekologik muhofaza qilishga e'tibor berilgan. 
 
Mazkur qonunning 101-moddasida, yer osti suvlarini muhofaza qilish  tartibi 
ifodalangan. 
 
Yer  osti  suvlari  chiqarish  va  undan  foydalanish  bilan  shug`ullanuvchi 
idoralar suv chiqarilayotgan uchastka va unga tutash hududlarda yer osti suvlariga 
doir  rejimlarga  rioya  etilishini  kuzatib  borishlari,  shuningdek  foydalanilayotgan 
suvning miqdori va sifatining hisobini yuritishlari shart. 
 
Basharti  foydali  qazilmalar  konlarini  qidirish,  ularni  o`rganish  va  ulardan 
foydalanish  bilan  bog`liq  burg`ilash  hamda  boshqa  kon  qidiruv  ishlarini  bajarish 
chog`ida  yer  osti  suvyalari  bor  qatlamlar  aniqlangan  taqdirda,  bu  haqda  tabiatni 
muhofaza  qilish,  suv  xo`jaligi  organlariga  ma'lum  qilinishi  hamda  belgilangan 
tartibda  yer  osti  suvlarini  muhofaza  qilishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  ko`rilishi 
lozim.  Sanoat  oqindi  suvlarini  oqizish  uchun  qaziladigan  quduqlar  suvli 
qatlamlarni  ifloslantirish  manbaiga  aylanishi  mumkin  bo`lsa,  bunday  quduqlar 
qazish hollari man etiladi. 
 
O`z-o`zidan  suv  chiqarib,  suvi  foydalanish  uchun  yaroqsiz  bo`lgan 
quduqlarga  suvni  boshqarish  uskunalari  o`rnatilishi,  ular  qonunlarda  belgilangan 
tartibda to`xtatib qo`yilishi yoki tugatilishi lozim. 
 
Sifatli  yer  osti  suvlari  to`planadigan  manbalar  tegrasida  qattiq  va  suyuq 
chiqindilar  to`plash,  axlatxonalar  barpo  etish,  yer  osti  suvlarining  ifloslanish 
manbaiga  aylanish  ehtimoli  bo`lgan  sanoat,  qishloq  xjalik  obyektlari  va  boshqa 
obyektlar  qurilishiga  yo`l  qo`yilmaydi.  Yer  osti  suvlarini  muhofaza  qilish  chora-
tadbirlarini ko`rish, shu jumladan quduqlarni kuzatish tarmog`ini yaratish faoliyati 
yer  osti  suvlarining  holatiga  ta'sir  ko`rsatuvchi  korxonalar  tomonidan  amalga 
oshiriladi. 
 
qO`rinib  turibdiki,  ushbu  moddada  yer  osti  suvlarini  huquqiy  ekologik 
muhofaza qilishga har tomonlama e'tibor berilgan. 
 
Yoyinki, xo`jalik faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta'sir 
ko`rsatuvchi  korxonalar,  tashkilotlar,  muassasalar,  dehqon  xo`jaliklari  suv 
xo`jaligi,  tabiatni  muhofaza  qilish  organlari  bilan  birgalikda  suvni,  uning 
musaffoligi va sifatini saqlash chora-tadbirlarini ko`rishlari lozim. 
 
Kichik  daryolarning  suvini  muhofaza  qilish  mintaqalari,  bu  mintaqalardagi 
korxonalar,  tashkilotlar,  muassasalarning  xo`jalik  faoliyati  rejimi  qonunlar  bilan 
belgilanadi. 
 
Suv  manbalarini  ifloslanishdan  muhofaza  qilishning  eng  yaxshi  yo`li 
markazlashgan suv ta'minotini tashkil qilishdan iborat. 
 
Ochiq  suv  havzalaridan  suv  olinadigan  joyni  tanlashda  suvning 
ifloslanmasligi,  suv  havzasiga  yetarli  miqdorda  suv  tushib  turishini,  suv  havzasi 
atrofining  to`silganligini,  qirg`oqning  buzilmasligini  hisobga  olish  kerak.  Suv 

olinadigan  joyni  tanlash  har  safar  murakkab  sanitariya  masalasi  hisoblanadi. 
Muhimi, suv olinadigan joy oqava suvlar tushadigan joydan va aholi yashaydigan 
territoriyadan  ancha  yuqori  yerda  bo`lishi  kerak.  Bunda  aholi  yashaydigan 
punktning  istiqboli, ya'ni  kengayishi nazarda  tutiladi. Shuningdek, suv  olinadigan 
joy  daryo  irmoqlari  va  soylardan  yuqorida  bo`lishi  lozim.  Suv  daryo  qirg`og`i 
chuqurligi  kamida  2,5  metr  bo`lgan,  qirg`og`i  yuvilmaydigan  joydan  olinadi.  Bu 
qoida suv omborlariga ham tegishlidir. 
 
Har  qanday  suv  manbai,  ayniqsa  ochiq  suv  havzalari  tashqi  muhit  bilan 
bog`langanligi va suv sifatiga suv oqimi hosil bo`lishi sharoitlari, tabiiy hodisalar, 
sanoat  va  kommunal  qurilishlar,  aholining  xo`jalikdagi  va  turmushdagi  faoliyati 
ta'sir qilishni hisobga olib, vodoprovod qurilishida albatta sanitariya zonasi tashkil 
etish kerak. 
 
Mavjud  qonunchilikka  asosan  vodoprovodi  bor  tashkilotlar  barcha 
vodoprovodlar uchun sanitariya muhofazasi zonasi tashkil qilishlari kerak. 
 
Suvni  muhofaza  qilish  tadbirlarini  barcha  ochiq  suv  havzalari,  yer  osti  suv 
manbalarida  ular  markazlashgan  yoki  markazlashmagan  suv  ta'minoti  uchun 
foydalaniladimi-yo`qmi,  bundan qat'iy nazar, amalga oshirish shart. 
 
Sanitariya  maishiy  suv  ta'minotidan  foydalanadigan  rayonlarda  sanitariya 
muhofaza  zonasi  yaratish  zarur.  Bunday  hollarda  sanitariya  nazorati  organlari  va 
shu  territoriyadagi  suvdan  foydalanishni  va  muhofaza  qilishni  boshqaradigan 
organlarga quyidagi hajmda yer ajratiladi: 
- ochiq suv havzalari uchun 100 m. Suvning ikkala qirg`og`iga inspektorlik yo`llari 
qilinadi,  ko`kalamzorlashtiriladi,  shahar  doirasida  esa  qirg`oqlar  qo`shimcha 
ravishda obod qilinadi; 
-  o`zanli va  suv  quyilib  turadigan suv  ombori uchun  300  m  chor  atrofi  muhofaza 
qilinadi; 
-  artezian  quduq  uchun  foydalaniladigan  ayrim  quduqlar,  buloqlar  va  chashmalar 
yoki yer osti suvlari usti 30 m radiusda suvga chidamli materiallar bilan tom qilib, 
yopiladi, maydoni kamida 0,25 ga bo`ladi; 
- ayrim quduqlar uchun yer osti suvi yoki infiltratsion suvdan foydalanganda 30 m 
radiusda usti yopiladi, maydoni kamida 0,75 ga bo`ladi. 
 
Ayrim  rayonlarda,  masalan,  yirik  shaharlar  yoki  korxonalarida  qishloq 
xo`jaligida  zaharli  ximikatlar  ko`p  ishlatilganda  sanitariya  nazoratining  tegishli 
organlari talabiga ko`ra bu zonalar  kengaytirilishi mumkin. 
 
Shuningdek,  hozirgi  sharoitda  qishloq  xo`jaligi  va  boshqa  korxona, 
muassasa,  tashkilotlarda  hamda  respublikamizda  suvdan  foydalanish  va  uni 
huquqiy  muhofaza  qilishning  bir  qator  ilmiy  huquqiy  ekologik  yechimlari  ayrim 
huquqiy adabiyotlarda yoritilgan. 
 
Ammo  hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  va  turmush  tarzi  yana  yangi-yangi 
huquqiy-ilmiy va ekologik yechimlarni qo`llashni talab qiladi. 
 
Zero,  suv  resurslarini  huquqiy  ekologik  muhofaza  qilish  aholini  toza 
ichimlik  suvi  bilan  ta'minlashga  xizmat  qilib,  gigiyenik  jihatdan  muhim 
ahamiyatga  ega,  hattoki  kasallik  tarqalishining  oldini  olishda  ham  ahamiyati 
kattadir. 

 
Suv manbalarini ekologik muhofaza qilish, hayoti suv bilan bog`liq bo`lgan 
butun  jonzotni  o`simliklar  va  hayvonot  dunyosini,  umuman  olganda  ona  tabiatni 
saqlab qolishga yordam beradi. 
 
Xullas, suvdan huquqiy ekologik foydalanish, suvdan foydalanish huquqiga 
ega  bo`lish,  uni  tasarruf  etish,  undan  oqilona,  tejamkorlik  bilan  foydalanish,  uni 
ekologik  muhofaza  qilish,  foydalanilayotgan  suv  manbalaridan  tegishli  qonunlar 
asosida  foydalanish,  suvni  sanitariya  -epidemiya  qoidalari  asosida  saqlash  va 
undan  foydalanish,  agarda  yuqoridagi  talablarga  rioya  qilinmasa  hattoki  suvdan 
foydalanish huquqidan mahrum qilish kabi elementlar bilan chambarchas bog`liq. 
Umuman  olganda  suvni  ekologik  muhofaza  qilish  ishini  yanada  yaxshilash  - 
demak bu hayotni yaxshilash, uzoq-umr ko`rishdir, desak xato qilmaymiz. 
Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish