Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan,
ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir.
Yer, suv, xomashyo
va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini
tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi
mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo
boiishi mumkin. Masalan, tabiatda o ‘sib turgan turli xil o‘simliklar,
daraxtlar, o ‘rmonlar, yer osti boyliklari va boshqalar tabiatda tay
yor uchraydigan mehnat predmeti bo‘lsa, qazib olingan temir, mis,
qo‘rg‘oshin, neft, ishlab chiqarilgan paxta g‘alla sut kabi mahsulotlar
inson mehnati ishlovidan o ‘tgan xomashyolardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |