3. RAHBARLIKNING BOSHQARUV USLUBI TUSHUNCHASI
Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi о‘ziga xos yо‘l, usul ma’nosini
anglatadi. Shu nuqtai nazardan kuyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
- boshqaruv uslubi;
- ish uslubi;
- raxbarning ish uslubi
Boshqaruv uslubi - bu ma’lum bir rahbarning boshqaruv jarayonida
qо‘llovchi о‘ziga xos va о‘zgarmas usul va harakatlari yig‘indisidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida
biror bir organning yoki rahbarning bо‘ysunuvchilarga aniq va nisbatan
barkaror ta’sir qо‘rsatish usuli va yо‘llari majmuasidir. Masalan: -
mamlakat boshqaruv organlarining;
- vazirlik, qо‘mita, hokimiyatlarning;
- sud, prokuraturalarning;
- korxona, sexlarning;
- ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar.
Mutlaqo о‘xshash kishilar bо‘lmagani kabi vazifalar kо‘pligi sababli
mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bо‘lmaydi. Rahbar faqat о‘ziga xos
xususiyat va sifatlar vositasida faqat о‘ziga xos, mansub uslubda ish
yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki
faoliyati xususiyatlarini ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar
jamoaning natijaviy maqsadi kо‘ra biladi va uni shu maqsad sari
yо‘naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chukur urgangan
holda mutaxassislar faoliyatini mohirona birlashtirish va yо‘naltirishi
kerak.
Ishlab chiqarishni boshqarish uslubi boshqaruv apparati, barcha rahbar
va mutaxassislarning katta va murakkab faoliyatini aks ettiradi.
Boshqaruvning har bir vazifasi о‘ziga xos xususiyatlarga ega va shu
sababli unga kо‘p usullarni talab etadi. Nazariy jihatdan boshqaruv
apparatining umumiy uslubi alohida boshqaruv tashkilotlari uslublari
yig‘indisidan iborat bо‘lishi kerak. Lekin amalda alohida tashkilotlarning
219
turli uslublari о‘zaro birlashib, bir-birini boyitadi, butun boshqaruv
apparatiga xos bо‘lgan о‘zga xos boshqarish uslubi vujudga keladi.
Hisobchining yuksak darajadagi aniqligi, mexanikaning ehtiyotkorligi,
iqtisodchining rejaliligi va hakazolar bilimlarni boshqaruv uslubini
belgilovchi majmuaning tarkibiy qismlaridan iborat bо‘ladi. Jamoaning har
bir a’zosi о‘z uslubini kiritadi va shu yо‘l bilan ushbu jamoaning
boshqaruv uslubi vujudga keladi.
Kо‘pincha jamoadan biror xodim ketib, о‘rniga yangi kishi keladi. U
odatda
Jamoada undan oldingi xodim egallagan joyni egallamasligi mumkin.
U mavjud uslubga moslashishi, jamoa ish yuritish uslubiga tо‘g‘ri keluvchi
uslub yaratishi lozim. Albatta, uning ishlash uslubi mehnat jamoasi
uslubiga ham ta’sir kо‘rsatadi.
Zamonaviy uslub jamoaning xar bir a’zosi oldiga katta talab kuyadi,
va shu bilan birga о‘z-о‘zidan mamnun bulish, ma’muriyatchilik,
rasmiyatchilikni inkor qiladi. uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab
chiqarishni boshqarish tamoyil va usullarini bilishi asosida shakllanadi va
boshqaruv malakasi yigindisi kishilarni tashkil etish kunikmasi,
shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan xarakterlanadi. Va, nihoyat, uslub
boshqaruv xodimlarining ruxiy va psixologik xususiyatlari, kuchli iroda,
kat’iylik, va kurkmaslik, boshka kishilar faoliyati ni yunaltira olish
kabilarni kamrab oladi. Bundan tashkari rahbar tasavvur etish, anik fikr
yuritish, kayishkoklik, ilmiy fikrni tushuna olish va yetkaza olish
qobiliyatiga ega bulishi kerak.
Rahbar menejment, iqtisodiyot va moliya, huquq, sotsiologiya va
pedagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar butun menejmentga ilmiy
karashlar tizimini yaratish imkonini beradi. Boshqaruv fakat ilmiy
bilimlariga ega bulishni emas, balki boshqarish san’atini bilishni xam talab
qiladi. Boshqaruv tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi avvalo о‘z-о‘zini
tarbiyalay olishi, о‘zini boshqara olishi zarur. Buning uchun u doimo va
muntazam о‘zini-о‘zi tarbiyalashi kerak.
Rahbarlarning shaxsiy madaniyati, shu jumladan:
-professionallik va mahorat darajasi;
-axloqiy tarbiya;
-shaxsiy gigiyena va tashqi kо‘rinish;
-boshqaruv uslubi va usullari;
-boshqaruv faoliyatining barcha elementlari bо‘yicha ish vaqtini
oqilona taqsimlashi;
-ommaviy tadbirlarni о‘tkazish madaniyati;
220
- nutq va aloqa madaniyati;
-tashkiliy madaniyat ishni tashkil etish qobiliyati sifatida namoyon
bо‘ladi.
Rahbar uslubi eshitish va о‘qish, sо‘zlash va yozish, ya’ni axborotni
qabul qilish va uni boshqalarga о‘zatish malakasida ifodalanadi. Rahbar
uchun zarur bо‘lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik qobiliyati, ish
qobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi.
Bozor sharoitida faoliyat kо‘rsatuv rahbar va mutaxassislar oldiga
qat’iy talablar qо‘yadi. Ular yuqori ishbilarmonlik va ahloqiy sifatlarga,
tadbirkor bо‘lishi, ahil jamoa tashkil etish va mehnat jamoasi bilan davlat
manfaatlarini о‘zaro mutanosiliklarini ta’minlay olishlari kerak.
Zamonaviy rahbarlar yuqori malakaga ega bо‘lishliklari, istiqbolga
kо‘ra olishi va samarali xо‘jalik yuritishga imkon yaratuvchi iqtisodiy fikr
yuritish, shaxsiy intizomga ega bо‘lishi, tashabbuskorlik kо‘rsatish,
tavakkalchi bо‘lishi kerak.
Javobgarlik oldidida qо‘rqish- kuchsizlik beligsidir! Javobgarlikdan
qо‘rqan kishi rahbar bо‘la olmaydi. Rahbar qо‘l ostidagilar bilan shunday
munosabatda bо‘lishlari kerakki, toki ular uning oldiga maslahat uchun
bemalol kirsinlar. Rahbar о‘z qо‘l ostidagilarni yaxshi bilishi, ular bilan
suhbatlashishi, ular qobiliyati, bilimi, malakasi egallagan lavozimiga
mosligini va aksincha, ular bilim, qobiliyat, malaka va ahloqiy sifatlaridan
foydalanish yetarli ekanligini aniqlash lozim.
Obrо‘ga ega bо‘lmay muvaffaqiyatli rahbarlik qilish mumkin emas,
lekin obrо‘ga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni о‘z misolida
kо‘rsatish bilan, uni qanday bajarish haqida sо‘zlash bilan, faqat
talabchanlik va qat’iylik bilan emas, bilim va kо‘nikma orqali erishish
mumkin. Boshqaruv san’atiga ega bо‘lmagan rahbar qabul qilingan
qarorlar samarali bо‘lishini ta’minlay olmaydi. Lekin inson rahbar bо‘lib
tug‘ilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi.
Rahbar ish uslubi korxona faoliyati yakuni natijalariga ishlab
chiqarishni boshqarish vazifalari vositasida ta’sir kо‘rsatadi. Ularning har
biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog‘liq holda ta’sir qiladi va uslubning
foyda hamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlarga ta’sir
etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi bog‘lovchi bо‘g‘in
vazifasini bajaradi.
Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari о‘zaro aloqasi tizimi rahbarlar
bilim va kо‘nikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mehnat intizomi
vositasida amalga oshadi va rahbar tomonidan qо‘llaniluvchi boshqaruv
usuli bilan bog‘liq bо‘ladi.
221
Boshqaruv uslubi tushunchasi. Menejmentda uchta asosiy uslub
ajratib kо‘rsatiladi:
1.
Avtoritar (yoki buyruk, avtokrat);
2.
Demokratik (yoki kollegial),
3.
Liberal.
Menejmentning
avtoritar
uslubida xodimlar faqat ularga buyurilgan
vazifani bajarishlari lozim, bunda ular faqat eng kam zarur axborotga ega
bо‘lishlari kerak. Rahbarlikning avtoritar usuli armiya va flotda
qо‘llaniladi. U rasmiy tizim, nizomda kо‘rsatilgan xarbiylar huquq va
burchlariga tayanadi. Avtoritar uslubning afzal tomoni bо‘ysunuvchilarga
ta’sir etishning markazlashgan bо‘lishidir. Shu sababli, avtoritar uslubda
ta’sirlar tezkor va maqbul uslubda ta’sirlar tezkor va maqbul bо‘lishga
oson
erishiladi.
Lekin
bu
uslub
xodimlar
tashabbuskorligini
rag‘batlantirmaydi. Rahbar о‘z xodimlari mehnati samaradorligini
oshirishda kiyinchilikka duch keladi. Bunday rahbarning eng katta
kamchiligi - tashabbusni bо‘g‘ish, qо‘l ostidagilar ijodiy kuchlaridan
foydalanmasligi, ish bir tartibda bajarilishidir.
Rahbarlik qilishning
demokratik
uslubi qarorlar qabul qilish va
yechishda jamoa a’zolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda
muxokama qilishning muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jamoa
shakllaridan kо‘proq foydalaniladi, rahbar о‘z vakolatiningbir qismini qо‘l
ostidagilarga topshiradi. Rahbarlik qilishning demokratik uslubida
xodimlar о‘z ishi istikboli haqida tushunchaga ega bо‘lish uchun yetarli
axborot
oladilar.
Demokratik
uslubning
afzalligi
-
xodimlar
tashabbuskorligi va о‘z ishidan mamnun bulishi uchun kulay sharoit
yaratilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |