3.2. MATEMATIKA FANIGA OID KOMPETENSIYALAR
Matematika fani bo‘yicha milliy o‘quv dasturini yaratishga yondashuv tizimli, y’ani
muayyan tizimga solingan.
Standartlar ta’limning boshlang‘ich davridanoq barcha o‘quvchilarni imkon qadar
keng qamrab olib, ularning o‘qish jarayonida to‘liq ishtirok etishi uchun imkoniyat va
ta’lim sohasida maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarning maksimal darajadagi
ishtirokini ta’minlash uchun tegishli sharoitlarni yaratib berishi lozim. Standartlar
barcha o‘quvchilarga kelgusida ta’limni davom ettirish va mehnat faoliyatini boshlash
uchun tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida erishilishi kerak bo‘lgan aniq marralarni belgilab
beradi. Aniqroq qilib aytganda, standartlar – o‘quvchilar nimani tushunishi va nimani
bajara olishini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |