Elementar matematikadan yechilmagan muammolar.
Elementar matematikadan yechilmagan muammolar fani talabalarning matematik
ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, talabalar ushbu fanni o‘rganish jarayonida
sonlar nazariyasiga, geometriyaga, geometrik yasashlarga, kombinatorikaga, graflarga,
tenglamalar va tengsizliklarga oid yechilmagan muammolar haqida tanishadi,
muammolar ustida ijod qiladi va tushunchalar haqida to‘liq tasavvur qiladi. O‘rgangan
metodlarni elementar matematika masalalarini yechishga tatbiqlari haqida bilimlarga
ega bo‘ladi. Bundan tashqari, elementar matematikadagi muammolar bilan tanishib,
ularni yechishda ijod qilish natijasida olgan tushuncha va metodlaridan foydalanib,
elementar matematika masalalarini yechish ko‘nikmasiga ega bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |