MAORIFI, ILMIY VA MADANIY-MARIFIY MUASSASALARI
Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish bilan
yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—
7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan.
6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda,
ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryuji monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi
Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito)
shahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻparklar bunyod etish sanʼati,
qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht
devorlar bilan oʻraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi shakllandi. 16-
asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat
korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon
meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki
anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-
asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. Ikkinchi jahon urushi
yillari (1939—45) Yaponiya shaharlari vayron boʻldi; 50-yillardan qurilish keng koʻlamda avj oldi.
Milliy meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon meʼmorligi
jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki
shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanashi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi
Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning Shinzyuku rayonidagi maydon
ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro
konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Satio Otani). 18yozgi olimpiada oʻyinlari (1964)
va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka
markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange Kendzo;
Komadzava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange
Kenzo) qurildi. 1960-yillar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi
(Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava,
Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |