Ishlab chiqarish jarayonlarni va ishlarni mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
qator kasblar borki, bularda mehnat muskullar va alohida organlar (analizatolar)ning
ortiqcha zo'riqishi bilan bog'liq bo'ladi. Ortiqcha zo'riqish kichik tezkor harakatlarni bajarish
zarur bo’lgan uzoq bosimdan, bir xil holatdagi ma’lum pozada davomli ravishda bo’lishidan
Evolyutsion va ijtimoiy rivojlanishning million yillik davri ichida insonda o'zi uchun
xavflardan himoyalashning tabiiy tizimi yaratilib kelingan. Bu tizim takomillashishi bilan
farq qiladi, ammo ma'lum miqdordagi chegaralarga egadir. Mohiyati bo'yicha, HFX fani
insonni xavflardan himoyalashga yo'naltirilgandir. Bir vaqtning o'zida shuni eslash
kerakki,o'zi ham potensial xavflarni olib yuruvchi hisoblanadi.Hayot va mehnat faoliyati
jarayonida inson o'zidan zaharli narsalar va nurlanuvchi issiqliklar ajratib turadi, bular uning
noto'g'riharakati
oqibatida
, har xil turdagi ko'ngilsiz hodisalarning sababchisi bo'lishi
mumkin. Bundan tashqari, shuni eslash zarurki, shov-shuv sharoitida ko'pchilik halq
ommasining xulqi, bitta odamning xulqidan farq qiladi va o'zining qonuniyatlariga egadir.
Xavfli holatlarni (ayniqsa ekstremal) tahlil qilgandl, guruhlarning psixologik
qonuniyatlarini hisobga olish zarurdir.
Psixologik ilm odamning xulq-atvor reaksiyalarini tartibga solish va favqulodda
vaziyatlarda qanday harakat qilish bo'yicha ayrim ko'rsatmalarni beradi. “Inson – muhit”
tizimining xavfsiz holatini ta'minlash uchun inson tavsifi bilan muhit elementlari o'rtasidagi
kelishishlik muhimdir.Bunday kelishish mavjud bo’lmaganda, quyidagi ko'ngilsiz oqibatlar
sodir bo'lishi mumkin: inson ish qobiliyatining pasayishi, umumiy va kasbiy
kasallanishlarning rivojlanishi; avariya, yong'in va portlashlarning bo’lishi; ishlab chiqarish
jarohatlanishlarning sodir bo'lishi va boshqalar. Inson o'zining analizatorlari yordamida
atrof- muhit bilan bevosita aloqalarni amalga oshiradi, ba'zan bu analizatorlar insonning
sezuvchi priborlari deb ham ataladi. Xavfsiz tizimlarni yaratishda odam analizatorlarining
tavsifmi hisobga olish muhimdir.
Buyuk rus fiziologi I.P. Pavlovning analizator haqidagi ta’limoti sezgi organlari
faoliyatini o’rganishda katta rol o’ynaydi. U funksional jihatidan bir-biri bilan bog’langan
uch elementdan iborat yagona tizimni - analizatorlar deb atagan. Uch elementning biri
analizatorning periferik qismi - retseptor bo’lsa, ikkinchisi -o’tkazuvchi qism va uchinchisi
markaziy qism yoki bosh miya po’stlog’ining tegishli sohasidagi - sezuvchi nerv
hujayralaridir. Analizatorlarning har bir qismi o’ziga xos funksiyani bajaradi.
Analizatorlarning periferik qismi yoki retseptorlari sezgi organlari deyiladi. O’tkazuvchi
qism retseptorlarda xosil bo’lgan qo’zg’alishni periferiyadan markaziy nerv tizimiga (miya
po’stlog’ iga) o’tkazadi. Analizatorlarning markaziy, ya’ni miya po’stlog’idagi qismi
ularning oliy bo’limi bo’lib, unda qo’zg’alish tahlil va sintez qilinadi. Retseptorlar asosan
ikki xil bo’lib: tashqi va ichki retseptorlarga bo’linadi. Ichki retseptorlar organizmda sodir
bo’lgan taassurotlarni, tashqi retseptorlar esa tashqi muhitdagi taassurotlarni sezadi. Tashqi
retseptorlar yordamida atrofdagi muhit haqida tasavvur xosil bo’ladi. Retseptorlar va miya
po’stlog’ o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud bo’lib, analizatorlarning o’z-o’zini
boshqarishini ta’minlab beradi. Odam analizatorlarining afzallik tomonlaridan biri ularning
juftligidir. Ular signallarni takrorlash hisobiga ishning yuqori ishonchliligini ta’minlaydi.
Analizatorlarning asosiy tavsifi sezuvchanlikdir. Analizatorga ta’sir qiluvchi hamma
qo’zg’atuvchi ham tuyg’u (his) xosil qilmaydi. Buning ro’yobga chiqishi uchun
qo’zg’atuvchining jadalligi ayrim chegaralangan kattalikka ega bo’lmog’i kerak.
Qo’zg’atuvchi jadalligining oshishi bilan shunday payt keladiki, bunda analizator o’zining
bir xil ishlashini to’xtatadi. Jadalligi bo’yicha ayrim chegaraga ko’tariluvchi har qanday
ta’sir ogriqni olib keladi va analizator faoliyatini buzadi. Bir xil sezishning minimaldan
maksimalgacha bo’lgan oraliq qiymati analizatorning sezuvchanlik diapazonini aniqlaydi.
Uning minimal qiymati sezuvchanlikning pastki mutlaq bo’sag’asi deb qabul qilingan.
Maksimali esa-yuqori.
Sezuvchanlikning mutlaq bo’sag’alari qo’zg’atuvchining mutlaq kattaliklarida
o’lchanadi. Ikkita qo’zg’atuvchi o’rtasidagi minimal farq sezishning zo'rg'a bilinadigan
farqini chaqirib keltiradi u differensial bo'sag'a yoki farqlanishning bo'sag'asi deb ataladi.
Psixofizik tajribalar bilan aniqlanganki, sezishning kattaligivg qo'zg'atuvchining kuchiga
qaraganda sekin o'zgaradi. Taxminiy qiymatga ega bo'lgan Veber-Fexerning asosiy
psixofizik qonuni quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: