Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

I BOB. GEOGRAFIYA FANI 
VA UNING TARIXI


4
Ma’lumki,  geografiya  fani  ikkita  yirik  tarmoq  – 
tabiiy 
va
 ijti-
moiy-iqtisodiy geografiya
ga  bo‘linadi.  Birinchisi  geografik  qobiq, 
 u  
 
n  in   g  komponentlari  va  Yer  yuzidagi  geotizimlarni  tadqiq  etsa,  ik-
kinchisi  dunyo,  uning  mintaqa  va  mamlakatlari,  shahar  va  qishloqlari 
miqyosida  aholi,  uning  yashash  tarzi  va  madaniyati,  ishlab  chiqarish 
sohalari,  siyosiy  voqea-hodisalarni  o‘rganadi.
Geografi k  bilimlar  qamrovi  va  hajmining  kengayishi,  fanning  il miy-
amaliy  ahamiyatining  chuqurlashuvi  natijasida  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 
geografi ya  tarkibida  bir  nechta  mohiyatan  torroq  fan  va  ilmiy-tadqiqot 
yo‘nalishlari  shakllandi.  Jumladan,  tabiiy  geografi ya  doirasida  alohida  ta-
biat  komponentlarini  atrofl icha  o‘rganadigan  fanlar  shakllanib,  mustaqil 
fan  sifatida  rivojlanmoqda: 
geomorfologiya 
(Yer  yuzi  relyefi ni  o‘rganadi), 
iqlimshunoslik 
(iqlim  xususiyatlarini  o‘rganadi), 
gidrologiya 
(gidrosferani 
o‘rganadi, 
okeanologiya
  va 
quruqlik gidrologiyasiga
  bo‘linadi), 
glyatsi-
ologiya
  (qor  va  muzliklarni  tadqiq  etadi), 
geokriologiya 
(ko‘p  yillik  muz-
loq  yerlarni  o‘rganadi), 
tuproqlar  geografi yasi 
(tuproqlarning  tarqalishini 
o‘rganadi)  va 
biogeografi ya
  (tirik  organizmlarning  Yer  yuzida  tarqalishini 
o‘rganadi, 
geobotanika
  va 
zoogeografi yaga
  bo‘linadi).  Sayyoraviy  ahami-
yatga  ega  tabiiy  geografi k  jarayonlarni  va  geografi k  qobiqni  bir  butun 
yaxlit  tizim  sifatida 
umumiy  tabiiy  geografi ya
  o‘rganadi.  Kichik  hududlar 
tabiatining  tuzilishi  va  xususiyatlarini  tadqiq  qiluvchi 
landshaftshunoslik
 
fani  ham  tabiiy  geografi k  fanlar  qatorida  alohida  ajralib  turadi.  Tabiatga 
inson  xo‘jalik  faoliyati  ta’sirining  kuchayishi  munosabati  bilan  vujudga 
kelgan 
geoekologiya
  fani  atrof  tabiiy  muhitda  ro‘y  berayotgan  o‘zgarish 
va  ekologik  muammolarni  geotizimlar  doirasida  tadqiq  etadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  geografi ya  doirasida  ham  shunga  o‘xshash  tarmoq-
lanish  jarayoni  rivojlanib  bormoqda.  Buning  natijasida, 
aholi  geografi -
yasi,  shaharlar  geografi yasi  (geourbanistika),  siyosiy  geografi ya 
(jahon 
siyosiy  xaritasi,  davlat  chegaralari,  siyosiy  munosabat  va  jarayonlarni 
o‘rganuvchi  fan), 
sanoat  geografi yasi,  qishloq  xo‘jaligi  geografi yasi, 
transport  geografi yasi,  turizm  geografi yasi,  xizmat  ko‘rsatish  sohasi 
geografi yasi,  etnogeografi ya 
(xalqlar  geografi yasi)
,  din  geografi yasi 
va 
boshqa  geografi k  fanlar  vujudga  kelgan.  Shu  bilan  birga,  ijtimoiy-iqti-
sodiy  geografi k  fanlar  ichida  jahon  iqtisodiyoti  va  xalqaro  mehnat  taq-
simotini  o‘rganuvchi 
jahon  xo‘jaligi  geografi yasi 
hamda  dunyo  mam-
lakatlarini  har  tomonlama  tadqiq  etadigan 
mamlakatshunoslik
  kabi  keng 
qamrovli  fanlar  ham  rivojlanmoqda.


5
Yuqoridagilardan  xulosa  chiqarib  aytish  mumkinki,  geografi ya  hozir-
gi  davrda  maqsad  va  vazifalari,  o‘rganish  obyekti  va  predmeti  o‘za-
ro  bog‘liq  bo‘lgan  bir  nechta  fanlardan  iborat  bo‘lgan 
fanlar tizimi
ga 
aylandi.  Bu  fanlar  tizimi  tarkibida  tabiiy  geografi k  va  ijtimoiy  (ya’ni, 
jamiyatni  o‘rganuvchi)  geografi k  fan  guruhlari  ajralib  turadi.  Shuning-
dek,  jamiyat  va  tabiatning  o‘zaro  munosabatlarini  o‘rganish  chog‘ida 
qator  umumgeografi k  mazmun-mohiyatga  ega  fanlar  ham  tarkib  top-
gan,  masalan, 
tabiiy  resurslar  va  tabiatdan  foydalanish  geografi yasi

tibbiy  geografi ya
  (turli  hududlarda  yashovchi  aholining  salomatligi  va 
kasallanishi,  unga  ta’sir  etuvchi  tabiiy  va  ijtimoiy  omillarni  o‘rganadi). 
Geografi k  fanlar  tizimida  geografi k  xaritalarni  tuzish  va  ular  bilan  ish-
lashni  o‘rganadigan 
kartografi ya
  fani  alohida  o‘rin  va  ahamiyatga  ega. 
Geografi k  fanlar  turkumiga  kiruvchi  barcha  fanlar  o‘zaro  bog‘liq 
bo‘lib,  umumiy  ilmiy  va  amaliy  maqsadlarni  ko‘zlagan  holda  rivojlan-
moqda.  Turli  geografi k  fanlar  uyg‘unligida  Yer  yuzi  va  alohida  hudud-
lar  haqida  yaxlit  tasavvur  shakllanadi,  mamlakat  va  hududlar  rivojla-
nishining  muammo  va  istiqbollari  aniqlanadi,  tabiatni  muhofaza  qilish 
va  undan  oqilona  foydalanish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  aholi  turmush 
darajasini  yuksaltirishga  xizmat  qiluvchi  amaliy  taklif  va  tavsiyalar  ish-
lab  chiqiladi. 
Geografi yani  o‘rgana  boshlagan  paytda  bu  fanning  nomi  qadim-
gi  yunon  tilida  “
Yerning tasviri
”  degan  lug‘aviy  ma’no  berishini  bilib 
olgansiz.  Lekin  hozirgi  davr  geografl ari  turli  joylar  tabiati,  aholisi  va 
xo‘jaligini  tasvirlash  va  tavsifl ash  bilan  cheklanib  qolmasdan,  turli  ta-
biiy  va  ijtimoiy  hodisalarning  vujudga  kelish  va  hududiy  tarqalish 
qo nuniyatlarini  o‘rganadilar,  tabiat  va  jamiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  mu-
nosabat  va  ziddiyatlarni  atrofl icha  tahlil  qiladilar,  dolzarb  ahamiyatli 
ekologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  muammolarni  hududlarning  o‘zi-
ga  xos  sharoit  va  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  yechish  yo‘llari-
ni  ishlab  chiqadilar.  Zamonaviy  geografi ya 
an’anaviy tasvirlovchi
  mohi-
yatdagi  “
Nima? Qayerda? Qancha?
”  savollariga  javob  beruvchi  fandan 

Nima? Qayerda? Qancha?
 
Nima sababdan? Qanday foydalanish ke-
rak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?
”  degan  savollarga  javob 
topuvchi  keng  qamrovli 
nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
fanlar tizimiga
  aylandi.
Geografi ya  fanining  vazifasi  fan  va  jamiyatning  rivojlanishi  bi-
lan  o‘zgarib  bordi.  Bugungi  kunda  zamonaviy  geografi yaning  oldi-


6
ga  qo‘ygan  vazifalari  bir  qancha  bo‘lib,  eng  asosiy  vazifasi 
tabiat va 
jamiyat o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishdir
.
Geografi ya  fanlarida  turli  ilmiy-amaliy  masalalarni  o‘rganish  jara-
yonida  qator 
tadqiqot usullari
dan  foydalaniladi.  Bulardan  eng  muhim-
lari  – 
ekspeditsiya,  tasviriy,  kartografi ya,  statistik,  qiyosiy  geografi k,  ra- 
yonlashtirish
  usullari.  Shuningdek,  borgan  sari  geografi k  tadqiqotlarda 
matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy 
va
 
geofi zik 
kabi  zamonaviy  tadqiqot  usullarining  ahamiyati  hamda  qo‘lla-
nilish  qamrovi  kengayib  bormoqda.
Geografi ya, geografi ya fanlari tizimi, tabiiy geografi k va ijtimoiy geografi k fanlar, 
geografi k qobiq, rayon, tabiat va jamiyatning o‘zaro munosabatlari, tadqiqot usullari.
1. Geografi yaning o‘rganish obyekti nima?
2. Geografi ya fanlari tizimida qanday fanlar mavjud?
3. Geografi yada hozirgi paytda qanday masalalar ustida va qanday tadqiqot usullari  
yordamida izlanishlar olib borilmoqda?
4. Mavzudagi ma’lumotlardan foydalanib, geografi ya fanlari tizimining tuzilishini 
aks ettiruvchi chizmani daftaringizga chizing.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish