O’quv fanining maqsad va vazifalari Ilmiy bilimlarni hosil qilish va rivojlantirish yo’llari, usullaridan xabardor
bo’lgan, ilmiy tadqiqot ishlarining o’ziga xos murakkab jihatlarini to’g’ri anglay
olgan, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlarini o’z ilmiy ishida qo’llash
malakasiga ega bo’lgan magistr-pedagoglarni tayyorlashdan iborat.
Fanning vazifalari: magistrlarni ilmiy izlanishning o’ziga xos jihatlari bilan
tanishtiradi; ularda magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlash, uni tayyorlash va talab
darajasida rasmiylashtirish malakasini shakllantirishni ko’zda tutadi.Ilmiy
izlanishda umumfalsafiy, umumilmiy hamda maxsus fan metodlarini qo’llash
yo’llarini o’rgatadi; magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan talablarni to’g’ri
anglash imkoniyatini yaratadi.