«proliferatsiya»
- gipotezalarni
ko‘paytirish prinsipini ilgari suradi. Uning fikricha, gipotezalar qancha ko‘p bo‘lsa,
shuncha yaxshi. Bilimlarni progressiv jamg‘arish jarayoni fanda mavjud emas, faqat
bir-biri bilan raqobatlashuvchi gipotezalar sonini ko‘paytirishgina bor. Xulosa qilib
shuni aytish mumkinki, kumulyativizm va antikumulyativizm fanning rivojlanish
jarayonini haddan tashqari yuzaki tasvirlaydi. Fanning rivojlanish jarayonida
an’analar va novatsiyalar, bilimlarni jamg‘arishning uzluksizligi va bu uzluksizlikka
barham berib, fanning mazmuni va tarkibiy tuzilishida tub o‘zgarishlar yasovchi
inqilobiy sakrashlar birikadi. Bunday birikish mantiqi yanada chuqurroq o‘rganishni
talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |