qo’mitasiga O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozini har
jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan
96
Budjet Kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda O’zbekiston
Respublikasi respublika Budjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida
o’zgartirishlar kiritadi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Budjet Kodeksning 144,
145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda Davlat Budjeti, O’zbekiston
Respublikasining respublika budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlari
parametrlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar taqdim etadi;
Budjet Kodeksining 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda moliya yili
mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan parametrlariga
o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning manbalari kesimida to’liq
va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
budjet tizimi budjetlarining mablag’laridan maqsadli foydalanilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar, shuningdek budjet
tashkilotlari hamda budjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari
shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat
maqsadli jamg’armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobot
taqdim etadi;
budjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;
davlat budjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko’paytirish
bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlarini
maqbullashtirishni amalga oshiradi;
budjet ssudalarini beradi;
97
davlat tomonidan mablag’lar jalb qilish bo’yicha O’zbekiston
Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro’yxatdan o’tkazadi;
davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining Yagona g’azna hisobvarag’idagi va boshqa
bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini
ro’yxatdan o’tkazadi;
budjet tizimi budjetlarida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik yoki
jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga ko’ra to’lovlarni amalga
oshiradi;
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi;
davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatadi, O’zbekiston Respublikasining
davlat kafolatlarini bajaradi;
O’zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda
texnik ko’maklashish mablag’lari hisobini yuritadi;
budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir
ko’rsatuvchi
normativ-huquqiy
hujjatlarni
moliyaviy
hamda
iqtisodiy
ekspertizadan o’tkazadi;
o’z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq
Budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: