14
Budjetning ijrosi - budjetning barcha daromadlarini to’liq va o’z vaqtida
tushishini hamda barcha rejalashtirilgan budjet xarajatlarini moliyalashtirish
ta’minlanishini ko’zda tutadi. Budjetning daromad qismini ijro etish yuridik va
jismoniy shaxslardan soliq va soliqdan tashqari to’lovlar undirish hisobiga amalga
oshiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tegishli to’lovlarni qonunda
belgilangan muddatlar va tartibda mustaqil ravishda hisoblaydi va budjetga
to’laydi. Budjetning kassali ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari mazkur
budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu
budjetdan mablag’ bilan ta’minlanuvchi barcha tashkilotlarga pul mablag’lari
ushbu kassa orqali beriladi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, budjetning kassa ijrosi, aralash, g’aznachilik
va bank usuli bilan amalga oshiriladi. Budjetning ijrosi bank tizimida
mamlakatning markaziy banki orqali amalga oshiriladi. G’aznachilik tizimida
davlat g’aznasi daromadlarni qabul qiladi, xarajatlarni amalga oshiradi va qolgan
mablag’lar uning maxsus hisob raqamida qoladi. “G’azna” inglizcha “treasure”
so’zidan olingan bo’lib, insonlar tomonidan ma’lum bir maqsadlarda ega
ko’milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma podsholarga tegishli
bo’lganligini anglatadi. Boshqa iqtisodiy adabiyotlarda “g’aznachilik” –terminiga
iqtisodiy kategoriya sifatida ikki xil ta’rif beriladi. G’aznachilik–davlat budjeti
kassasini ta’minlaydigan va davlat moliyasini boshqaradigan maxsus davlat
organidir. G’aznachilik – mamlakatning moliya siyosatiga va iqtisodiyotni
boshqarishga javob beradigan Britaniya davlatidagi vazirlikdir. G’aznachilik–
ko’pgina mamlakatlarda Moliya vazirligi tarkibida faoliyat ko’rsatadigan
davlatning maxsus moliya organidir. G’aznachilik funktsiyalari tarkibiga davlat
budjeti loyihasini tayyorlash va uni ijrosini boshqarish, davlat qarzlarini
boshqarish, shuningdek, davlat qimmatli qog’ozlarini emissiya qilish kiradi.
Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi hukumati bozor munosabatlariga
asoslangan iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan izchil iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirmoqda. Islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli
dastaklarini o’z ichiga oladi. Mana shunday dastaklardan eng muhimlaridan biri-
15
davlatning izchil moliyaviy siyosati hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish
sharoitida davlat moliyaviy siyosatini olib borish va iqtisodni moliyaviy tartibga
solish muammolariga alohida e’tibor beriladi.
Nazorat uchun savollar
1.
Budjet tizimi deganda nimani tushunasiz?
2.
Budjet tizimi fanining predmeti nima?
3.
Budjet tizimi funksiyalari nimalardan iborat?
4.
Budjetning kassa ijrosi deganda nimani tushunasiz?
5.
Budjet tizimi fani boshqa qaysi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’langan?
6.
Budjet tizimi fanini o’qitishdan maqsad nima?
7.
Budjet tizimi vazifalarini sanab bering?