Soliq bazalarining kengayishi, soliq tizimiga o’zgartirishlar kiritilishi, yangi
soliq turlarining joriy etilishi yoki amaldagi soliqlarning bekor qilinishi,
68
shuningdek, davlat oldidagi vazifalarning o’zgarishi bilan budjet xarajatlari
tarkibining o’zgarishi amaldagi budjet tasnifiga tegishli o’zgartishlar kiritilishini
taqozo etadi. Shu sababli budjet amaliyoti taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga
kelib, mavjud budjet tasnifnomasiga o’zgartishlar kiritib turiladi. Budjet tasnifi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Budjet ko’rsatkichlarining milliy
tasniflash tizimini ishlab chiqishda xalqaro tasniflash tamoyillariga rioya qilinishi
kerak.
1-rasm. Muhim tasniflash tizimlari.
Bunda budjet tashkiliy birliklar, bo’limlar, qismlar hamda xarajatlarga
ko’ra ikki guruhga bo’linib, har bir kategoriyada ish haqi, maoshlar kabi
tavsiflanadi.
Afzalliklari:
Obyekt muhimligi tasnifi boshqarishni va hisobga olishni
qulaylashtiradi.
U mablag’larni aniq joylashtirishni namoyon etib beradi, masalan, ish
haqiga, safar xarajatlariga qancha foiz xarajat ketishi va boshqalar.
Obyekt muhimligi tasnifi safar xarajatlari, chet elga chiqish va boshqa
asosiy muhim xarajatlarni o’z vaqtida moliyaviy jihatdan aniqlashga imkon beradi.
Kamchiliklari:
Obyekt muhimligi tasnifi asosini tashkil etuvchi budjet mazmuni
shundan iboratki, budjetni joylashtirishning o’zi saxiylikka olib keladi. Faoliyatga
Muhim tasniflash tizimlari quyidagilar:
Obyekt muhimligi tasnifi;
Funksional tasnif
69
bog’lanmagan boshqaruv sababli u isrofgarchilik va ortiqcha sarflarni ko’paytiradi,
faoliyat ikkinchi darajaga o’tib qoladi.
Obyekt muhimligi tasnifida urg’u xarajatlarda qaror qabul qilishni,
qonuniylikni, tartibga amal qilishni o’zida ifodalovchi jarayon qarorlariga
asoslanadi va ular doimiy audit bahosi, to’g’rilashi va puldan samarali foydalanish
ahamiyatsiz bo’lib qoladi.
Davlat ma’lumotlarida va dasturlarida yetarli bo’lmagan ma’lumotlar
mavjud bo’ladi. Dasturni boshqarish, dasturni me’yorlashtirish va resurslarni
samarali joylashtirish e’tiborga olinmaydi.
Har qanday ko'p nusxalik, to’liq bo’lmagan faoliyat va xarajatlarning
oldini olish mushkul.
Budjetni yaratuvchilar uchungina ushbu talab eng muhim hisoblanadi.
Uzoq muddatli samaradorlik maqsadidagi siyosat yildan yilga kechiktirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: