O`zbekiston respublikasi oliy va


Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/229
Sana18.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#386224
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

 

2.Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari.  

Bizga ma’lumki, moliyaviy nazoratning dastlabki, joriy va so’nggi nazorat 

kabi shakllari mavjud. Budjet nazoratini tashkil etish jarayoni ham nazoratning ana 

shu shakllari orqali amalga oshiriladi.  

Dastlabki  moliyaviy  nazoratturli  darajadagi  budjetlar  loyhalarini  tuzish, 

ko’rib  chiqish,  tasdiqlash;  daromad  va  xarajatlar  smetasi,  budjet  bilan  bog’liq 

qonun  loyihalarini  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  jarayonida  amalga  oshiriladigan 

nazorat  shaklidir.  U  moddiy  va  moliyaviy  resurslarni  noratsional  ishlatilishining 

oldini olishga xizmat qiladi. Dastlabki nazorat chog’ida qo’shimcha  mablag’larni 

jalb  qilish  imkoniyatlari,  ko’zda  tutilgan  xarajatlarning  asoslanmaganligi 

                                                           

14

Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace 



USA, 2016. 

p. 15

 

Hindistonda  Moliyaviy  mablag’lar    ustidan  Qonuniy  Nazorat  organi 



tomonidan olib boriladi. 

Hindistonda qonuniy nazorat instrumentlari bo’lib: 

 



Budjetni tasdiqlash orqali nazorat qilish 

 



Audit orqali nazorat qilish 

 



Parlament qo’mitalari orqali nazorat qilish 

Demokratiya  amal  qiladigan  mamlakatlarda  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat 

soliqlarni to’plashda hukumatga huquq beradigan qonuniy vakil hisoblanadi. 

 

 



 

 

 



aniqlanishi  mumkin.  Nazoratning  bu  shakli  xo’jalik  operatsiyalarining  budjet 

yilining  boshlanishidan  oldinoq  qonunlar  va  me’yoriy  xujjatlar  talablari 

buzilishining  oldini  oladi.  Masalan,  moliya  organlari  har  budjet  yilining  birinchi 

choragida  barcha  budjet  tashkilotlarining  xarajatlar  smetalarining  to’g’ri  tuzilishi, 

tasdiqlanishi va o’z vaqtida molyalashtiruvchi organga etkazilishi ustidan dastlabki 

nazoratni  o’tkazadilar1.  Umuman,  amaldagi  qonunchilikka  asosan,  budjet 

mablag’larini  ishlatish  yuzasidan  olib  boriladigan  operatsiyalar  ustidan  dastlabki 

va joriy nazorat bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning 

joylardagi hududiy bo’linmalari, Moliya vazirligi G’aznachiligi (davlat budjetining 

g’azna ijrosini amalga oshirish chog’ida) organlariga yuklatilgan.  

Joriy  budjet  nazoratioperatsiyalarni  amalga  oshirish  chog’ida,  ssudalar  va 

budjet  subsidiyalarini  ajratish  paytida,  ajratilayotgan  moliyaviy  mablag’larning 

rejaviy  ko’rsatkichlarga  muvofiqligini  aniqlashda  amalga  oshiriladi.  Nazoratning 

bu  shakli  moliyalashtiruvchi  organlar  tomonidan  ajratilgan  va  sarflanayotgan 

mablag’larning o’zlashtirib olinishini, su’iste’mol qilish holatlarining oldini oladi, 

moliyaviy  intizomga  rioya  qilishni,  pullik  hisob-kitoblarning  o’z  vaqtida  amalga 

oshirilishini  ta’minlaydi.  Bunda  buxgalteriya  hizmatlari  faoliyati  alohida 

ahamiyatga  ega.  Yaxshi  yo’lga  qo’yilgan  joriy  nazorat  budjet  resurslarini  iqtisod 

qilish imkonini beradi.  

So’nggi  nazorathisobot  davri  va  budjet  yili  tugagandan  so’ng  amalga 

oshiriladi.  So’nggi  nazorat  hisobot  yilida  budjet  mablag’larining  ishlatilishi, 

rejaviy  ko’rsatkichlarning  bajarilishi,  xarajatlar  smetasining  bajarilishi,  budjet 

limitlari  va  normativlariga  rioya  qilinganligi,  buxgalteriya  hisobi  va  yakuniy 

moliyaviy  natijalarni  tahlil  va  taftish  qilish  asosida  o’tkaziladi.  Ko’p  hollarda 

so’nggi nazorat natijalari keyingi moliyaviy davr uchun dastlabki nazoratga zamin 

yaratadi.  

Davlat  moliyaviy  nazorati  taftish,  tekshirish  (shu  jumladan  budjet 

to’g’risidagi  qonun  hujjatlarining  avvalgi  taftishda  yoki  tekshirishda  aniqlangan 

buzilishi  hollarini  bartaraf  etish  yuzasidan  nazorat  tartibidagi  tekshirish)  va 

o’rganish shaklida amalga oshiriladi.  

Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi : 

dastlabki  nazorat  —  moliyaviy  operatsiyalar  bajarilguniga  qadar 

g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan



 

 

 



joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik 

bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 

oshiriladigan; 

yakuniy  nazorat  —  moliyaviy  operatsiyalar  bajarilganidan  so’ng  davlat 

moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir. 

 

 




Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish