1. Soliq manbalarini budjetlararo taqsimlash va ulardan alohida foydalanish;
2. Federativ budjet daromadlarining bir qismi bo‘linishi.
3. Aynan bir manbadan birgalikda foydalanish.
Kanada federativ tuzilish modeli markazlashtirishdan chiqarish darajasining
yuksakligi bilan tavsiflanadi. Konstitutsiyaga muvofiq federal hukumat va
provintsiyalar hukumatlari teng huquqli sheriklar hisoblanadi, mahalliy hokimiyat
organlari mustaqil konstitutsiyaviy maqomga ega emas. Bu hol soliq solish bazasi,
soliq stavkasini belgilash, soliqlarni yig‘ish va ularni boshqarish borasidagi
vakolatlarning federal hukumat, provintsiyalar hamda mahalliy o‘rtasida
taqsimlanishida o‘z aksini topgan.
Xarajatlar sohasida federal hukumat vakolatlariga quyidagilar kiradi:
mudofaa, pul - kredit siyosati, temir yo‘l va havo transporti, tashqi iqtisodiy
munosabatlar va ishsizlik bo‘yicha sug‘urta.
Federal hukumat va provintsiyalar hukumatlarining qo‘shma vakolatlariga
quyidagilar kiradi: pensiya ta‘minoti, immigratsiya, sanoat hamda qishloq
xo‘jaligi.
Provintsiyalarning vakolatlariga quyidagilar kiradi: ta‘lim, sog‘liqni saqlash,
ijtimoiy ta‘minot, huquqni muhofaza qilish faoliyati (politsiya), tabiiy resurslar va
yo‘llar.
Kanadada minimal milliy standartlarni ta‘minlashga budjet mablag‘lar ini
quyidagi uch yo‘nalishda vertikal qayta taqsimlash yo‘li bilan erishiladi:
-
mavjud dasturlarni moliyalashtirish (sog‘liqni saqlash va ta‘lim sohalarida
ko‘rsatiladigan xizmatlarning federal darajada belgilangan standartlariga
asoslanuvchi aniq maqsadga qaratilgan blokli grantlar);
- Kanada yordam rejasi (ijtimoiy yordam sohasida aniq maqsadga qaratilgan
ulushli grantlar);
- Kanada budjetni tenglashtirish dasturi.
Budjetni (daromadlarni) tenglashtirish har yili soliq salohiyati standart
darajadan past bo‘lgan va ijtimoiy xizmatlarni lozim darajada moliyalashtirish
imkoniyatini bermaydigan provintsiyalarga maqsadsiz grantlar berish orqali
amalga oshiriladi.
Kanada federativ tuzilish modeli markazlashtirishdan chiqarish darajasining
yuksakligi bilan tavsiflanadi. Mazkur sharoitda soliq solinadigan bazani va soliq
stavkasini belgilash, liqlar, yig‘imlarni yig‘ish hamda boshqarish bo‘yicha
vakolatlar federal hukumat, provintsiyalar va mahalliy ma‘muriyatlar o‘rtasida
taqsimlangan.
Ayrim davlatlarda ya‘ni, Kanada, Germaniya, Frantsiya va Avstraliya
davlatlarida soliq turlari bo‘yicha tushumlarning budjet darajalari o‘rtasida
taqsimlanishini ko‘rishimiz mumkin. Kanadada umumiy soliqlarning budjet
darajalari ya‘ni, federal budjetga 48,9 foiz, hududiy budjetga 41,5 foiz, munitsipal
budjetga 9,6 foiz taqsimlanadi. Germaniyada umumiy soliqlarning budjet darajalari
ya‘ni, federal budjetga 70,7 foiz, hududiy budjetga 22,0 foiz, munitsipal budjetga
7,3 foiz taqsimlanadi. Frantsiyada umumiy soliqlarning budjet darajalari ya‘ni,
federal (markaziy) budjetga 89,2 foiz va munitsipal budjetga 10,8 foiz
taqsimlanadi. Avstraliyada umumiy soliqlarning budjet darajalari ya‘ni, federal
budjetga 77,4 foiz, hududiy budjetga 19,3 foiz, munitsipal budjetga 3,3 foiz
taqsimlanadi .