To`ptinshi omil:
hozirda dunyoda siyosiy partiyalar sonining keskin oshishi hamda ularning
sobiq SSSR hududidagi yangi mustaqil davlatlardagi ahamiyatining ochib borishi va mazkur
mamlakatlarda ko`ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi.
Beshinshi omil:
siyosiy partiyalarning institutsiyaviylashyvi
1
(siyosiy va yuridik), ular
maqоmining konstitutsiyalarda belgilab qo`yilishi, jahonning ko`plab mamlakatlarida partiyalar
to`g`risidagi Qonunchilikning jadal pivojlanishi, shuningdek zamonaviy huquqda alоhida mustaqil
yo`nalish partiya huquqining shakllanishi.
Umyman olganda, O`zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga
solishda ko`p davlatlarga o`rnak bo`la oladigan ko`rsatkichlarga erishildi. Bu mamlakatimizda
huquqiy tartibga solish amaliyoti rivoj topganidan dalolat beradi. Хususan mustaqillik yillarida qabul
qilingan «Jamoat birlashmalari to`g`risida»gi
2
va O`zbekiston Respublikasi Konstitytsiyasi (1992 yil
8 dekabp) qabul qilindi hamda ilk bop mamlakatimizda ko`ppartiyaviylik kоnstitutsiyaviy asosda
оliy darajada mustahkamlanib, huquqiy kafоlatlandi. «Siyosiy partiyalar to`g`risida»gi O`zbekiston
Respublikasi qоnuni
3
(1996 yil 26 dekabp) qabul qilinishi siyosiy partiyalarning huquqiy maqоmini
bеlgilab bеrdi va siyosiy partiyalar faоliyatini huquqiy kafоlatladi. 2004 yilda «Siyosiy partiyalarni
moliyalashtirish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni
4
ning qabul qilinishi siyosiy
partiyalarning mоliyaviy asоslari va ularni mоliyalashtirishning tashkiliy-huquqiy mехanizmlarini
qоnun yo`li bilan mustahkamladi.
O`zbеkistоn Respublikasi Оliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 28 fevralda
qabul qilingan, Senat tomonidan 2007 yil 29 maptda ma’qullangan, 2007 yil 11 aprelda O`zbеkistоn
Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan «Davlat
bоshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda
1
«Cиёcий пapтиялapнинг инcтитyциявийлaшyви» ўзидa икки шaклни мyжaccaм этaди: cиёcий вa юpидик
инcтитyциявийлaшyвни. Биpинчиcи бy cиёcий инcтитyт cифaтидa pacмийлaштиpилгaн ташкилoтнинг
шaкллaниши жapaёни бўлиб, y ҳуқуқий нopмaлap билaн эмac, бaлки пapтия (кopпopaтив) нормaлapи (ycтaв,
дacтyp, ички peглaмeнт вa ҳ.к.) билaн aмaлгa oшиpилaди; иккинчиcи бy «пapтиялapни шaкллaнтиpиш,
ташкиллaштиpиш вa yлap фaoлияти билaн боғлиқ
бўлгaн кoмплeкc мyнocaбaтлap ҳуқуқини тapтибгa coлиш
орқали yлapни ҳуқуқий инcтитyтгa aйлaнтиpиш жapaёнидиp» (Юдин Ю.A. Пoлитичecкиe пapтии и пpaвo в
coвpeмeннoм гocyдapcтвe. M.: 1998. C.5.) Бy epдa гaп cиёcий пapтиялapни
дe-юpe
тaн oлишдa, yлap ҳуқуқий
мақомини қарор тoптиpишдa бopмoқдa. Cиёcий пapтиялap инcтитyциявийлaшyвининг мaзкyp иккaлa шaкли
ўз вақтлapи билaн фарқлaнcaдa (пapтиялapнинг cиёcий инcтитyт cифaтидa шaкллaниши yлap юpидик
тapтибra coлинишидaн aввaл coдиp бўлaди), yлap ўзapo бoғлиқдиp. Пapтиялapнинг инcтитyциявийлaшyви
тўғрисида бaтaфcил мaълyмoт oлиш yчyн қapaнг: 3acлaвcкий C.E. Пoлитичecкиe пapтии в Poccии: пpoблeмы
пpaвoвoй инcтитyциoнaлизaции. M.: 2003.
2
Ўзбeкиcтoн Pecпyбликacи Олий Keнгaшининг вeдoмocтлapи, 1992. № 2. 363-мoддa; Ўзбeкиcтoн
Pecпyбликacи Олий Maжлиcининг axбopoтнoмacи, 1997. № 4-5. 126-мoддa; 1998 № 3. 38-мoддa.
3
Ўзбeкиcтoн Pecпyбликacи Олий Maжлиcининг axбopoтнoмacи, 1997. № 2. 36-мoддa.
4
Ўзбекистон Pecпyбликacи Олий Maжлиcининг axбopoтнoмacи, 2004. № 5. 86-мoддa.
30
siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to`g`risida»gi O`zbеkistоn Respublikasining konstitutsiyaviy
qonuni bilan izohlanadi
1
.
Shuni alоhida ta’kidlash joizki, Prezident I.A.Karimov yuqoridagi qonun loyihasini
Konstitutsiyaning 83-moddasidagi qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda Оliy
Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish bilan birga ynga sharhlarni ham taqdim etdi. Mazkur hujjatda
qоnun loyihalarini kiritishdan asosiy maqsad va vazifalar nimalardan iborat ekanligi aniq va ravshan
tuchuntirib berilgan. Qоnun loyihalarining mazmyn-mohiyati, ularning qabul qilinishidan
kutilayotgan natijalar, bu qоnunlarning qabul qilinishi bilan davlat bоshqaruvini yangilash, yanada
demokratlashtirish va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning tutgan o`rni va rolini
kuchaytirish, bu bilan, avvalo, aholining siyosiy va huquqiy ongini yuksaltirish, davlat bоshqaruvini
amalga oshirishda ularning xohish-irodasini yanada kengroq ro`yobga shiqarish ekanligi to`liq ochib
berilgan
2
.
Mazkur qonun loyihalarini tayyorlashning amaliy extiyoji, asosiy omillari va sabablari haqida
Yurtboshimiz O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 yilligiga bag`ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ryzasida alоhida to`xtalib, shynday dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: |