6. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga qanday
masalalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
a) «turli masalalar», «boshqa masalalar», «har xil masalalar»
mazmunidagi masalalar;
b) sof foydani taqsimlash, faoliyatni qayta tashkil etish;
c) aksiyadorlik jamiyatini tugatish, boshqa aksiyadorlik
jamiyatini qo‘shib olish;
d) ijroiya organi a’zosi bilan mehnat shartnomasini bekor
qilish, taftish komissiya a’zosi vakolatini muddatdan oldin tugatish.
7. Aksiyadorlik jamiyatida kuzatuv kengashining qaroriga
ko‘ra o‘z tashabbusi asosida, taftish komissiyasining yozma
talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada kamida
besh foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar
yozma talabi asosida qanday yig‘ilishlar o‘tkaziladi?
a) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi;
b) aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi;
c) kuzatuv kengashi yig‘ilishi;
d) ijroiya organi yig‘ilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |