O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish va



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

5.3. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish va 

o‘tkazishning amaldagi holati 

 

Aksiyadorlik  jamiyatlari  tomonidan  o‘tkazilgan  aksiyadorlar 

umumiy 

yig‘ilishi 

bilan 

yaqindan 



tanishish 

maqsadida 

O‘zsanoatqurilishbank  aksiyadorlik  tijorat  banki  aksiyadorlarining 



 

107 


2017-yil  28-aprelda  o‘tkazilgan  navbatdagi  hisobot  umumiy 

yig‘ilishi bayonnomasi bilan tanishib chiqamiz

37



Aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  bankning  bosh  binosi 



manzilida  2017-yil  28-aprelda  soat  11.00  dan  13.00  ga  qadar 

o‘tkazilgan.  

Yig‘ilishni Bank Kengashi a’zosi – A.Kamalov ochdi.   

Bank  Kengashi  tomonidan  2017-yil  5-aprelda  O‘zbekiston 

Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini 

himoya  qilish  to‘g‘risida”gi,  “Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida”gi 

Qonunlari  hamda  “O‘zsanoatqurilishbank”  ATB  Ustaviga  binoan, 

Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishini  chaqirish  to‘g‘risida  qaror 

qabul qilingan. 

Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy yig‘ilish 

o‘tkazish  to‘g‘risidagi  xabar  Bankning  rasmiy  veb-saytida 

joylashtirildi,  “Birja”  iqtisodiy  gazetasining  2017-yil  6-apreldagi 

sonida  e’lon  qilindi  hamda  aksiyadorlarning  elektron  pochta 

manziliga yuborilgan. 

“Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlar  huquqini  himoya 

qilish  to‘g‘risida”gi  Qonunning  61-moddasiga  hamda  Bank 

Kengashining  qaroriga  binoan,  Umumiy  yig‘ilishda  ishtirok  etish 

huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzish sanasi 2017-yil 

24-aprel deb belgilangan. 

Aksiyadorlar  Umumiy  yig‘ilishining  vakolatli  ekanligi  (kvorum 

to‘planganligi)  bo‘yicha  so‘z  Sanoq  komissiyasining  raisi  -  Azizxon 

Nodirovga  berildi.  “O‘zsanoatqurilishbank”  ATB  aksiyadorlarining 

reyestriga  ko‘ra,  2017  yil  24  aprel  holatiga  Umumiy  yig‘ilishda 

ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga jami 204 

365  135  (ikki  yuz  to‘rt  million  uch  yuz  oltmish  besh  ming  bir  yuz 

o‘ttiz besh) dona oddiy aksiyalar egasi bo‘lgan 5 250 (besh ming ikki 

yuz ellik) ta aksiyador kiritilgan. 

Aksiyadorlar  ro‘yxatining  to‘g‘ri  rasmiylashtirilganligi  va 

aksiyadorlar  nomidan  Umumiy  yig‘ilishda  ishtirok  etish  huquqiga 

ega bo‘lgan vakillarning vakolatlari tasdiqlandi. 

Sanoq  komissiyasi  raisi  yig‘ilishda  ishtirok  etish  uchun 

umumiy ovoz beruvchi aksiyalarning 177.456.421 (bir yuz yetmish 

yetti million to‘rt yuz ellik olti ming to‘rt yuz yigirma bir) dona yoki 

86,8  foiziga  egalik  qiluvchi  18  (o‘n  sakkiz)  nafar  aksiyador  va 

aksiyadorlarning vakillari  ro‘yxatdan  o‘tganligi va Umumiy  yig‘ilish 

vakolatli, ya’ni kvorum mavjudligini ma’lum qildi. 

Sanoq  komissiyasi  bayonnomasi,  aksiyadorlar  va  ularning 

vakillari ro‘yxati, Sanoq komissiyasi ma’lumoti matni ilova qilinadi. 

                                                           

37

 Ўзсаноат



қ

урилишбанк АТБ расмий вебсайтидан олинди (http://www.uzpsb.uz/ru/node/2422). 




 

108 


Yig‘ilishga  raislik  qiluvchi  Bank  Kengashi  a’zosi  -  A.Kamalov 

bank  Aksiyadorlarining  Umumiy  yig‘ilishini  ochiq  deb  e’lon  qildi 

hamda  yig‘ilishda  bankning  yirik  aksiyadorlari  Tiklanish  va 

taraqqiyot  jamg‘armasi  nomidan  -  Ijrochi  direktor  o‘rinbosari 

Sh.Vafayev, 

boshqarma 

boshlig‘i 

o‘rinbosari 

U.Muxtarov, 

“O‘zbekiston  temir  yo‘llari”  AJ  nomidan  -  boshqarma  boshlig‘i 

o‘rinbosari  I.Subanov,  “Uzneftmahsulot”  AKnomidan  -  bosh 

buxgalter I.Abidov, boshqa aksiyadorlar va ularning vakillari hamda 

Bankning  mas’ul  xodimlari  ishtirok  etayotganligi  to‘g‘risida  xabar 

berdi. 


Aksiyadorlar  Umumiy  yig‘ilishining  Ishchi  organlari  quyidagi 

tarkibda tuzildi: 

Yig‘ilish  hay’ati:  A.Kamalov  (Raislik  qiluvchi),  Sh.Vafayev, 

U.Muxtarov, I.Abidov, O.Almardanov. 

Yig‘ilish kotibiyati: Z.Baymuradova, K.Xasanova. 

Sanoq  komissiyasi:  B.Anarkulov,  D.Rasulev,  A.Nodirov, 

Z.Bekova. 

Aksiyadorlar  Umumiy  yig‘ilishining  kun  tartibiga  quyidagi 

masalalar kiritilgan: 

1. Bank Kengashi va Boshqaruvining yillik hisobotini, bankni 

rivojlantirish  strategiyasiga  erishish  bo‘yicha  ko‘rilayotgan  chora-

tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish. 

2. Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish. 

3.  Bankning  2016-yil  yakunlari  bo‘yicha  yillik  hisobotini 

tasdiqlash. 

4.  Bankda  o‘tkazilgan  korporativ  boshqaruv  tizimini  mustaqil 

baholash natijalarini ko‘rib chiqish. 

5. Bank foydasini taqsimlash. 

6. Bank Kengashi a’zolarini saylash. 

7. Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash. 

8. Bank Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan 

mehnat shartnomalarini 1 (bir) yil muddatga uzaytirish. 

9. Bank aksiyalarini maydalash. 

10. Bankning e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini 

belgilash. 

11. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish. 

12.  Bankning  tashkiliy  tuzilmasiga  o‘zgartirishlar  kiritish  va 

qayta tasdiqlash. 

Umumiy yig‘ilishni ish tartibi quyidagicha belgilab olindi: 

Kun tartibiga kiritilgan masalalar buyicha hisobot va axborot 

berish,  muzokaralarda  so‘zga  chiqish,  ovoz  berish  uchun  quyidagi 

reglament o‘rnatildi: 




 

109 


- Bank 

Kengashi  va  Boshqaruvining 

yillik hisoboti

 

bo‘yicha ma’ruzachiga – 20 daqiqagacha; 



- Taftish komissiyasining hisoboti bo‘yicha ma’ruzachiga – 20 

daqiqagacha; 

- Ma’ruzalar bo‘yicha muhokamalar uchun – 35 daqiqagacha; 

-  Kun  tartibidagi  masalalar  bo‘yicha  ovoz  berish  uchun  –  20 

daqiqagacha. 

Kun  tartibiga  kiritilgan  masalalar  bo‘yicha  ovoz  berish  tartibi 

ham belgilanib olindi. 

Kun  tartibidagi  birinchi  masala  -  «Bank  Kengashi  va 

Boshqaruvining yillik hisobotini, bankni rivojlantirish strategiyasiga 

erishish 

bo‘yicha 

ko‘rilayotgan 

chora-tadbirlar 

to‘g‘risidagi 

hisobotlarini  eshitish»  masalasi  yuzasidan  Bank  Boshqaruvi  Raisi 

o‘rinbosari – O.Almardanov ma’ruza qildi (ilova etiladi). 

Kun 

tartibidagi 



ikkinchi 

masala 


– 

«Bank 


Taftish 

komissiyasining  xulosasini  eshitish»  masalasi  bo‘yicha  Taftish 

komissiyasi a’zosi – O.Xudoyberdiyev ma’ruza qildi (ilova etiladi). 

Kun  tartibining  qolgan  masalalari  bo‘yicha  yig‘ilishga  raislik 

qiluvchi 

A.Kamalov 

batafsil 

to‘xtalib 

o‘tdi 

va 


tegishli 

tushuntirishlarni berdi. 

Kun  tartibiga  kiritilgan  masalalarni  ko‘rib  chiqish  natijalari 

bo‘yicha  hamda  kiritilgan  takliflar  va  ovoz  berish  yakunlarini 

hisobga 

olgan 


holda, 

Aksiyadorlar 

Umumiy 

yig‘ilishi 

“O‘zsanoatqurilishbank”  ATBni  respublika  iqtisodiyoti  va  bank 



tizimini  isloh  etish  hamda  milliy  iqtisodiyotdagi  islohotlarni 

chuqurlashtirish  bo‘yicha  Hukumat  qarorlarini  bajarish  yo‘lida 

barqaror faoliyat yuritayotganligini qayd etdi. 

2016-yil  yakunlari  bo‘yicha  “O‘zsanoatqurilishbank”  ATB 

“Axbor-Reyting” milliy reyting kompaniyasining “uzA+” darajasidagi 

«Ijobiy»  prognoz  bilan  yuqori  raqobatbardoshlik  reytingini  qo‘lga 

kiritdi. 

Shuningdek,  bankning  barqaror  rivojlanib  borayotganligi 

xalqaro  reyting  kompaniyalari  tomonidan  ham  tasdiqlanmoqda. 

Jahonda katta nufuzga ega “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi 

“O‘zsanoatqurilishbank”  ATB  reytingini  “B+”  darajada  “Barqaror” 

istiqboli  bilan  qayta  tasdiqladi.  Hisobot  yilida  yana  bir  nufuzli 

reyting  agentligi  “Standard&Poor’s”  ham  “O‘zsanoatqurilishbank” 

ATBga  “B+”  darajada  “Barqaror”  bo‘lgan  xalqaro  reytingini  qayta 

tasdiqladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Hukumatining 

iqtisodiyot  real  sektori  korxonalarini  qo‘llab-quvvatlash,  ularning 

barqaror  ishlashini  ta’minlash  va  eksport  salohiyatini  oshirish, 

oziq-ovqat  va  nooziq-ovqat  iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarishni 



 

110 


kengaytirishni  rag‘batlantirish,  bankning  kapitallashuv  darajasini 

yanada  oshirish  va  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  bo‘yicha 

investitsion  jarayonlardagi  ishtirokini  faollashtirish,  bozor  va  bank 

infratuzilmasini  kengaytirish,  moliyaviy  ko‘rsatkichlarni  yanada 

yaxshilash,  aholining  bank  tizimiga  bo‘lgan  ishonchini  oshirishga 

qaratilgan 

qarorlar 

va 


dasturlarni 

bajarishda 

O‘zsanoatqurilishbankning  faolligini  oshirish  maqsadida,  kun 

tartibidagi  masalalarni  ko‘rib  chiqib,  Bank  Aksiyadorlarining 

umumiy yig‘ilishi tomonidan quyidagi qarorlar qabul qilingan: 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish