Aksiyador nazariyasi
– korporatsiya menejerlarining asosiy
majburiyati aksiyadorlar boyligini (mulkini) maksimallashtirish;
Affillangan shaxslar
– aksiyadorlik jamiyati bitim tuzishidan
manfaatdor shaxslar;
Aksiya
– egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
Aksiyadorlar reyestri
– ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar
egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan,
ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi,
shuningdek reestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarga axborotni
yuborish imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan ro‘yxati;
Do'stlaringiz bilan baham: |