O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

 


 



I bob. KORPORATIV BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI 



 

1.1. Korporativ boshqaruvning mohiyati,  

maqsadi va vazifalari 

 

Bugungi  kunga  kelib  dunyo  miqyosida  keng  qo‘llaniladigan 



tushunchalardan  biri  shak-shubhasiz  korporativ  boshqaruv 

tushunchasidir. 

“Korporativ 

boshqaruv 

oldindan 

mavjud, 


shuningdek  ushbu  atama  yangi  hamdir”

3

.  Bunga  korporativ 



boshqaruv  organlari  tomonidan  faoliyati  samarali  tashkil  etilib 

kelinayotgan 

yirik 

aksiyadorlik 



kompaniyalari, 

transmilliy 

korporatsiyalar  va  hokazolarning  milliy  va  jahon  iqtisodiyotidagi 

o‘rni  sabab  bo‘lmoqda.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  dunyoning 

deyarli  barcha  mamlakatlarida,  xususan  mamlakatimizda  ham 

korporativ  boshqaruv  tizimini  samarali  tashkil  etish  masalasiga 

jiddiy  e’tibor  qaratilib  kelinmoqda.  Keltirilayotgan  jihatlar  sabab 

korporativ  boshqaruvning  iqtisodiy  mohiyati,  uning  maqsad  va 

vazifalarini to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq.  

Korporativ  boshqaruvning  iqtisodiy  mohiyati  uzoq  yillardan 

buyon  o‘rganilib  kelinmoqda  va  bu  borada  tadqiqotchilarning 

fikrlari xilma-xilligiga guvoh bo‘lish mumkin.  

Masalan  M.Xamidulin  esa  “Korporativ  boshqaruv  –  korpo-

ratsiya  mulkdorlarining  korporatsiya  kapitalini  shakllantirishga, 

undan  foyda  olish  maqsadida  yanada  samarali  foydalanishga 

hamda  olingan  daromadlarni  korporativ  munosabatlarning  barcha 

ishtirokchilari  o‘rtasida  adolatli  taqsimlashga  qaratilgan  strategik 

muhim  qarorlarni  belgilash,  ta’riflash  va  qabul  qilishga  doimiy  va 

real  ta’sirini  ta’minlashdagi  ongli,  bevosita  ishtirokidir”

4

,  deb  izoh-



laydi.  Tashkiliy  huquqiy  shakl  sifatida  korporatsiyalar  barcha 

mamlakatlarda,  jumladan  O‘zbekistonda  qo‘llanilmaydi.  Shu 

nuqtayi  nazardan  korporatsiyalar,  kompaniyalar,  aksiyadorlik 

jamiyatlari,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlari  va  boshqalarni 

umumlashtirgan  holda  korporativ  tuzilma  tushunchasi  bilan 

ifodalaymiz. 

                                                           

3

 Bob  Tricker.  Corporate  governance:  principles,  policies  and  practices.  –  UK.:  Oxford  university  press, 



2012. – P. 4.  

4

 Хамидулин  М.Б.  Финансовые  механизмы  корпоративного  управления.  Монография.  –  Т.:  Молия, 



2008. –204 с. 


 

10 


A.Xoshimovning  ta’kidlashicha  “Korporativ  boshqaruvning 

asosiy  mazmuni  aksiyadorlik  jamiyatining  faoliyatiga  jalb  etilgan 

turli  shaxslar  manfaatlari  muvozanatini  o‘rnatishdan  iborat”

5



Mazkur  izohda  korporativ  boshqaruv  faqatgina  aksiyadorlik 

jamiyatlari  bilan  bog‘langan.  Vaholanki  korporativ  boshqaruv  yirik 

mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham joriy etilishi mumkin.  

D.Suyunov  tomonidan  “Korporativ  boshqaruv  –  bu  mulk 

shaklidan  qat’i  nazar  amaldagi  huquqiy-me’yorlarga  asoslanib, 

boshqaruvning  ma’lum  bir  tamoyillari  asosida  korxona  maqsadiga 

erishish  uchun  amalga  oshiriluvchi  faoliyat  majmuidir”

6

,  deya 



berilgan  ta’rif  korporativ  boshqaruvning  mohiyatini  nisbatan 

to‘liqroq ochib berilgan. 

Bob  Trikker  esa  korporativ  boshqaruv  tushunchasini 

operatsion,  o‘zaro  aloqadorlik,  aksiyadorlar,  moliyaviy-iqtisodiy  va 

ijtimoiy nuqtayi nazarlardan ta’riflaydi

7

.  



Xususan, 

operatsion 

nuqtayi 

nazardan 

korporativ 

boshqaruvga  kompaniyalar  boshqariladigan  va  nazorat  qilinadigan 

tizim  sifatida  qaraladi  va  bunda  direktorlar  kengashi  kompaniyani 

boshqarishga  mas’ul  hisoblanadi.  Boshqaruvda  aksiyadorlarning 

roli  esa  direktorlar  va  auditorlarni  tayinlash  va  o‘z  manfaatlarini 

qanoatlantiradigan  darajada boshqaruv  tarkibini  shakllantirishdan 

iborat. 

O‘zaro aloqadorlik nuqtayi nazaridan esa korporativ boshqaruv 

tuzilmasi  tashkilotdagi  turli  xil  ishtirokchilar  o‘rtasidagi  huquq  va 

majburiyatlar  taqsimotini  belgilab  beradi.  Bunda  aksiyadorlar, 

kengash  a’zolari,  menejerlar  va  boshqa  hissadorlar  o‘rtasida  qaror 

qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi. 

Aksiyadorlar nuqtayi nazaridan korporativ boshqaruv kengash 

faoliyati hamda uning aksiyadorlar, menejerlar, tashqi auditorlar va 

boshqalar bilan aloqadorligini nazarda tutadi. Korporativ boshqaruv 

                                                           

5

 Хашимов  А.А.  Ўзбекистонда  интеграциялашган  корпоратив  тузилмаларни  бош



қ

ариш 


методологиясини  такомиллаштириш.:  И

қ

тисод  фанлари  доктори  илмий  даражаси  учун  дисс.иши. – 



Т.: 2007. – 338 б. 

6

 Суюнов  Д.  Корпоратив  бош



қ

арув  механизми:  муаммо  ва  ечимлар.  Монография.  –  Т.:  Академия, 

2007. – 319 б. 

7

 Bob  Tricker.  Corporate  governance:  principles,  policies  and  practices.  –  UK.:  Oxford  university  press, 



2012. – P. 29-31.  


 

11 


kompaniyaning  ta’sischilar  (aksiyadorlar)  oldidagi  javobgarligi  va 

huquqlarini ifodalovchi jarayon sifatida ifodalanadi.  

Moliyaviy-iqtisodiy  nuqtayi  nazardan  korporativ  boshqaruv 

kompaniyaning  moliyaviy  ta’minotchilari  va  ularning  mablag‘lari 

qaytib  kelishi  o‘rtasidagi  munosabatlarni  ifodalaydi.  Bunda  egalik 

huquqi  va  investorlar  huquqlari  himoyasiga  alohida  e’tibor 

qaratiladi. 

Ijtimoiy  nuqtayi  nazardan  korporativ  boshqaruv  ijtimoiy  va 

iqtisodiy  hamda  jamoa  va  individual  maqsadlari  o‘rtasidagi 

muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi. 

Korporativ  boshqaruvning  asosiy  maqsadi  –  past  qiymatda 

investitsiyalar jalb qilish, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni 

maksimallashtirish, 

kompaniyaning 

bozordagi 

ulushi 


va 

kapitallashuv  darajasini  oshirib  borishdir.  Shuningdek  umumiylik 

nuqtayi  nazaridan  korporativ  boshqaruvning  maqsadini  korporativ 

tuzilma  mulkidan  samarali  foydalanish  ustidan  mulkdorlarning 

nazorati  hamda  istiqbolni  belgilab  berishi  sifatida  ham  ifodalash 

mumkin. 


Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir: 

-  korporativ  tuzilma  joriy  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyatini  nazorat 

qilib borish; 

-  aksiyadorlar  (shu  jumladan  minoritar  aksiyadorlar) 

huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; 

-  aksiyadorlik  jamiyatlari  investitsion  jozibadorligini  oshirib 

borish orqali biznes qiymatini maksimallashtirish; 

- rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib 

borish ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar. 

Korporativ  boshqaruvning  tarixan  rivojlanishi  korporativ 

boshqaruv  nazariyalari  shakllanishiga  ham  xizmat  qildi.  Bunday 

nazariyalar quyidagilar: 

- aksiyadorlar nazariyasi; 

- agentlik nazariyasi; 

- shartnomalar nazariyasi; 

- manfaatdor tomonlar nazariyasi; 

- korporativ ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi. 



 

12 


Aksiyadorlar  nazariyasiga  ko‘ra  aksiyadorlik  jamiyatida 

menejerlarining  eng  asosiy  majburiyati  aksiyadorlar  moddiy 

farovonligini,  boyligini  muntazam  oshirib  borishi  lozim.  Bunga 

sabab  sifatida  aksiyadorlik  jamiyatlari  aksiyadorlar  mulki  asosida 

faoliyat yuritishi, aksiyalar bo‘yicha yuqori risk aynan aksiyadorlar 

zimmasiga tushishi bilan izohlanadi. 

Agentlik  nazariyasi  korporativ  boshqaruvning  rivojlanib 

borishi  natijasida  mullka  egalik  qilishning  korporativ  tuzilmani 

boshqarishdan ajratilishi natijasida yuzaga kelgan (1.1-rasm). 

 

  



1.1-rasm. 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish