JAMI
55
-55
Aksiyadorlik jamiyatlari shaffofligi va axborotlar oshkoraligini
ta’minlash korporativ boshqauv oldida turgan muhim vazifalardan
biridir. Shu boisdan korporativ boshqaruv tizimini baholashda
mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilgan holda eng yuqori ball
(320; -170 ball) ajratilgan. Bunda davlat tilida, ingliz va rus tillarida
barcha o‘zgarishlar va qo‘shimchalar bilan AJ ustavi, "Aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida"gi nizom, "Kuzatuv kengashi
to‘g‘risida"gi nizom, "Ijroiya organi to‘g‘risida"gi nizom, "Taftish
komissiyasi to‘g‘risida"gi nizom, bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul
qilish shartlari va nomzodlarga talablar to‘g‘risida ma’lumotlar,
AJda o‘tkazilgan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar,
uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, seminarlar va brifinglar, davra
suhbatlari, rasmiy tashriflar) haqida ma’lumotlar, press-relizlar va
boshqa kundalik faoliyatga doir axborotlar, AJda ishlab
chiqariladigan mahsulotlar (ko‘rsatiladigan xizmatlar, ishlar)
ro‘yxati va ular haqida ma’lumot, AJda o‘tkazilgan ochiq tanlovlar
(tenderlar) va auktsionlar hamda ularni tashkil etish, tovarlarni
yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) haqida
ma’lumotlar, shuningdek sayt xaritasi, affillangan shaxslar ro‘yxati,
boshqa shasxlar tomonidan sayt mareiallaridan foydalanilganda
korporativ vebsayt bo‘yicha manbani majburiy tartibida ko‘rsatish
bo‘lyicha talab, tuzilmaviy bo‘linmalar, filiallar, vakolatxonalar,
sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari nomlanishi, ularning telefon
raqamlari, manzili (pocha va elektron), ulurning ish tartibi
to‘g‘risida ma’lumotlar, "Manfaatlar to‘qnashuvi vaqtida harakat
qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom, "Kuzatuv kengashi qoshidagi
qo‘mitalar to‘g‘risida"gi nizom, "Ichki nazorat to‘g‘risida"gi nizom,
"Axborot siyosati to‘g‘risida"gi nizom, "Dividend siyosati to‘g‘risida"gi
nizom, kelgusi yil bo‘yicha AJ biznes rejasi, o‘tgan yil bo‘yicha AJ
biznes rejasi, navbatdagi yil uchun AJ biznes rejasi, joriy yilda
biznes reja ko‘rsatkichlaridan har birining bajarilishi haqida
ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda jadval, o‘tgan oxirgi yilda biznes reja
128
ko‘rsatkichlaridan har birining bajarilishi haqida ma’lumotlar
ko‘rsatilgan
holda
jadval,
ikki
yil
oldingi
biznes
reja
ko‘rsatkichlaridan har birining bajarilishi haqida ma’lumotlar
ko‘rsatilgan holda jadval, yakunlangan yil bo‘yicha yillik hisobot,
yakunlangan yildan oldingi yil yillik hisoboti, ikki yil oldingi yil
bo‘yicha yillik hisobot, Ijroiya organi tarkibi FIO, BIO va lavozimlari,
elektron pochta manzillari bilan, FIO va asosiy ish joyi ko‘rsatilgan
holda kuzatuv kengashi tarkibi, FIO, BIO va asosiy ish joyi bilan
taftish komissiyasi tarkibi, FIO, BIO va lavozimi bilan ichki audit
xizmati tarkibi, AJ investitsion jozibadorligi to‘g‘risida videorolik,
oxirgi uch yilda hisoblangan dividendlar to‘g‘risida ma’lumotlar,
oxirgi uch yilda to‘langan dividendlar to‘g‘risida ma’lumotlar, oxirgi
yildagi muhim faktlar, har bitta chiqarilish uchun chiqarilish
to‘g‘risida qarorlar, har bir chiqarilish bo‘yicha emissiya risolalari,
oxirgi yakunlangan yil uchun ijroiya organi har bir a’zosiga to‘lovlar
to‘g‘risida ma’lumotlar, oxirgi yakunlangan yil uchun kuzatuv
kengashi har bir a’zosiga to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumotlar,
aksiyadorlar bilan bog‘lanish uchun ishonch telefon raqami, xorijiy
investorlar bilan bog‘lanish uchun ishonch telefon raqami kabi
ma’lumotlar
mavjudligiga
e’tibor
qaratiladi.
Shuningdek
aksiyadorlik jamiyati haqida OAV materiallarining AJ saytida
mavjudligi hamda mutaxassislar, ekspertlar va konsultantlarning
fundamental va texnik tahlil natijalari, sharhlari va prognozlari AJ
saytida joylashtirilganligiga ham e’tibor qaratiladi (6.8-jadval).
6.8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |