Microsoft Word majmua Ta'lim sifati 2


Bog‘liqlik  va  ketma-ketlik



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/181
Sana18.01.2022
Hajmi2,21 Mb.
#385257
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   181
 
Bog‘liqlik  va  ketma-ketlik: 
sujetning  mantiqiy  tuzilishiga  rioya  qilish 
muhimdir.  Axborot  matnda  matnning  tuzilishi  va  ma’lumotning  mantiqiy  ketma-
ketligini  sarlavhalar,  jadvallar,  grafiklar  kabi  vizual  elementlar  bilan  bog‘liqligini 
kuzatish shartdir. 
Yodda  tutish  lozimki,  yuqorida  keltirilgan  muddatlarni  belgilash  bo‘yicha 
barcha  ishtirokchi  mamlakatlar  bilan  muhokamalar  asosida  xalqaro  tashkilotlar 


tomonidan qaror qabul qilinishi oson kechmadi. Ma’lumki, Prezidentimiz  tomonidan 
yurtimizda  ushbu  tadqiqotlarga  tayyorgarlik  bo‘yicha  bir  qator  ustuvor  vazifalar 
belgilab  berilgan.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  tizimini  2030-
yilgacha  rivojlantirish  konsepsiyasida  PISA  (The  Programme  for  International 
Student 
Assessment) 
Xalqaro 
o‘quvchilarni 
baholash 
dasturi 
reytingida 
O‘zbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025-yilda  60 talikka  va 2030-yilga 
kelib  esa,  birinchi  30  ta  ilg’or  mamlakatlar  qatoriga  kirishi  ko‘zda  tutilgan. 
           Shunday  ekan,  ushbu  muddatlarning  o‘zgarishi  bir  tomondan  olganda, 
umumta’lim 
muassasalari 
uchun 
tayyorgarlik 
ko‘rishlariga 
qo‘shimcha 
imkoniyatlarni  yaratib  beradi.  Endilikda  tayyorgarlikni  susaytirmasdan,  tadqiqotda 
munosib  ishtirok  etish  uchun  barcha  kerakli  harakatlarni  amalga  oshirish  hamda 
tayyorgarlikni  yuqori  darajaga  olib  chiqish  barchamizning  oldimizda  turgan  ustuvor 
vazifadir.  Lekin,  har  qanday  qabul  qilingan  qarorlarning  o‘z  kuchida  qolishi  va 
belgilangan tadbirlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi dunyoda va yurtimizda hukm 
surayotgan  murakkab  karantin  sharoitining  barqarorlashuviga  bog’liq  bo‘lib 
qolaveradi. O‘tgan davr mobaynida Ta’lim inspeksiyasi va Milliy markaz tomonidan 
Xalq  ta’limi  vazirligi  bilan  hamkorlikda  bir  qator  ishlar  amalga  oshirildi.  Xalqaro 
tadqiqotlarni  joriy  etish  bo‘yicha  xalqaro  tajribalar  o‘rganilgani,  30  nafarga  yaqin 
mas’ul  xodimlarning  xorijiy  mamlakatlarda  malaka  oshirishlari,  7  nafar  xalqaro 
ekspertlarni 
jalb 
qilish, 
Respublika 
bo‘yicha 
260 
nafar 
trenerlarning 
tayyorlanganligini 
birinchi 
qadamlar 
sifatida 
e’tirof 
etish 
mumkin. 
Shuningdek,  o‘qituvchilar  va  o‘quvchilar  uchun  PISA  va  PIRLS  dasturlari  haqidagi 
umumiy  tushunchalar,namunaviy  topshiriqlar,  ularni  bajarish  bo‘yicha  tavsiyalar  va 
baholash mezonlarini o‘z ichiga olgan 4 nomdagi metodik qo‘llanmalar yaratilib, har 
biri  10  000  nusxadan  chop  etildi  hamda  barcha  umumta’lim  muassasalariga  va 
ta’limni 
boshqaruv 
organlariga 
yetkazib 
berildi. 
Dasturlarning  tegishli  yo‘nalishlari  bo‘yicha  topshiriqlar  to‘plami,  mashq  daftarlari 
ishlab  chiqildi.  Mazkur  topshiriqlarda  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlab,  nostandart 
vazifalarni  yechish  bo‘yicha  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  yordam  berishga 
mo‘ljallangan  onlayn  trenajyor  dasturning  dastlabki  versiyasi  ishga  tushirildi. 
Umumta’lim  maktablari  o‘qituvchilari  va  o‘quvchilarini  xalqaro  baholash 
dasturlariga  tayyorlash  maqsadida  Respublika  bo‘yicha  348  ta  tayanch  maktablar 
belgilab 
olindi 
va 
qolgan 
umumta’lim 
muassasalari 
ularga 
biriktirildi. 
          Respublikadagi  pandemiya  tufayli  karantin  sharoitiga  qaramasdan,  onlayn 
tarzda barcha tayanch maktablari uchun seminarlar tashkil etilib, unda Milliy markaz 
mutaxassislari  tomonidan  o‘qish,  matematik  va  tabiiy  fanlar  bo‘yicha  savodxonlik, 
ijodiy-kreativ  fikrlash  ko‘nikmalarini  baholash  va  rivojlantirish  mavzularida 
taqdimotlar  o‘tkazildi.  Ushbu  seminarlarni  boshqa  maktablar  uchun  davom  ettirish, 
jumladan,  2020-yil  sentyabr  oyidan  boshlab  o‘qituvchilar  uchun  Respublika  ta’lim 
markazi  bilan  hamkorlikda  turkum  seminar-treninglar  va  davra  suhbatlari  tashkil 
etish  vazifalari  belgilab  olindi.Bundan  tashqari,  Milliy  markaz  va  xalq  ta’limi 
tizimidagi  trener  o‘qituvchilar  bilan  hamkorlikda  xalqaro  baholash  dasturlariga 
munosib tayyorgarlik  ko‘rish  uchun  ilg’or  xorijiy tajribalar  o‘rganib chiqilgan  holda 
matematik, tabiiy va o‘qish savodxonliklarini, kreativ fikrlashini rivojlantirish hamda 
dasturlarning  umumiy  jarayonlari  haqida  batafsil  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan  55 
dan ortiq qiziqarli videomahsulotlar yaratildi. 
Mazkur  videomahsulotlar  xalqaro  baholash  dasturlari  haqidagi  umumiy 
nazariy tushunchalar berish bilan birga, uning topshiriqlarini yechish bo‘yicha amaliy 


tavsiyalarni  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Xalqaro  tadqiqotlar  topshiriqlarining  ahamiyatli 
tomoni  shundaki,  u  haqida  ilk  bor  eshitgan  yoki  ko‘rgan  shaxs  uchun  murakkab 
vazifadek  tuyuladi,  lekin  diqqat  bilan  topshiriqni  yechishga  kirishilganida,  undagi 
qiziqarli ma’lumotlardan yangilik olish,  mantiqiy fikrlab, topshiriqlarga javob topish 
orqali  go‘yoki  yangi  marralarni  zabt  etgandek  hissiyot  vujudga  keladi.  Ushbu 
videodarslarni  tayyorlash  jarayonida  asosiy  e’tibor  o‘quvchilarning  maktabda  olgan 
bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qay darajada foydalana olish qobiliyatlarini sinab 
ko‘rishga bog’liq bo‘lgan topshiriqlar tanlandi. 
“Smartfondan  foydalanish”,  “Qaysi  mashina”,  “Navigatsiya”,  “Tomchining 
tushish tezligi”, “Daraja xossalarining go‘zalligi“, ”Har doim, ba’zan, hech qachon”, 
“Plitka  yotqizish”  kabi  mavzulardagi  topshiriqlarning  nomlanishi  ham  ularning 
hayotiy  vaziyatlarga  naqadar  bog’liq  ekanligidan  dalolat  beradi.  Birgina  misol 
sifatida,  “Smartfondan  foydalanish”  topshirig’ini  keltiradigan  bo‘lsak,  ushbu 
topshiriqlarni yechish orqali “Ko‘p sonli aholisi bo‘lgan mamlakatlarda smartfondan 
foydalanuvchilar  kamroqmi?  Yoki  aksincha,  kam  sonli  aholiga  ega  mamlakatlarda 
smartfon  foydalanuvchilari  ko‘proqmi?”  kabi  qiziqarli  ma’lumotlarga  ham  ega 
bo‘lishi mumkin. 

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish